AGRO KIMYO HIMOYA

TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN G‘O‘ZA TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI

Rashidova Dilbar
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0003-0959-8347
Mamedov Normuxammad
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya

<p>Maqolada o‘rta tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan natijalarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotlarda Toshkent, Namangan va Xorazm viloyati sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning Sulton, S-6524, Xorazm-127, S-5707, S-6575, S-6580, S-8295, S-8296 va S-8297 seleksion navlaridan olingan tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari navlar bo‘yicha ip yigiruvchanlik koeffisiyenti 125-148, mikroneyri 4,2-4,9 ni, yuqori o‘rtacha uzunlik 1,09-1,22 dyum, solishtirma uzilish kuchi 27,6-31,3 gkuch/teks hamda uzilishdagi uzayish 6,5-8,4 % ni tashkil etishi aniqlangan. Tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari yetishtirilgan navlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan viloyati sharoitida kuzatilganligi va bu ekologik hududlar orasida Namangan viloyati bu navlarni yetishtirish uchun eng qulay mintaqah ekanligi bayon etilgan.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026