QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQLARINING SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINDIRILGAN KATIONLAR TARKIBI

Shadiyeva Nilufar
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0000-0002-7612-9017
Toshkanova Xulkar
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0000-6809-9498
Abidinova Laylo
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0006-2638-2475
Majidova Sarvinoz
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0001-9213-0798

Abstract

Maqolada lalmi tipik bo‘z tuproqlarda an’anaviy ishlov berish va No-Till texnologiyasi sharoitida singdirish sig‘imi va singdirilgan kationlar tarkibiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Singdirish sig‘imi 10,5–12,7 mg/ekv/100 g oralig‘ida bo‘lib, No-Till sharoitida nisbatan yuqori qiymatlar kuzatilgan. Tuproq quyi qatlamlar bo‘ylab chuqurlashgan sari bu ko‘rsatkich kamayib borgan. Singdirilgan kationlar tarkibida Ca²⁺ yetakchi o‘rinni egallab, uning ulushi 53–64 % ni tashkil etgan. Bu tuproq strukturasi va agregatlarning barqarorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Mg²⁺ ulushi 29–40 % oralig‘ida bo‘lib, Ca²⁺ bilan muvozanatda mavjudligi qayd etilgan. K⁺ miqdori past darajada (2–4 %) bo‘lib, tuproqning mineral tarkibi bilan izohlanadi. Na⁺ ulushi 3–5 % ni tashkil etib, tadqiqi etilgan tuproqning sho‘rlanmagan. No-Till texnologiyasi joriy etilgan maydonlarda singdirish sig‘imini oshirib, tuproqning fizik-kimyoviy barqarorligini yaxshilagan. Natijada ushbu usul lalmi yerlarda unumdorlikni saqlash va barqaror dehqonchilikni rivojlantirishda samarali ekanligi aniqlangan.

How to cite

GOSTShadiyeva N., Toshkanova X., Abidinova L., Majidova S. QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQLARINING SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINDIRILGAN KATIONLAR TARKIBI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №3 (118). – DOI: 10.63241/akhvvol118y2026iss3m2.
APAShadiyeva N., Toshkanova X., Abidinova L., Majidova S. (2026). QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQLARINING SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINDIRILGAN KATIONLAR TARKIBI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 118(3). https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m2
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Published: 23.04.2026