Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
PISUM SATIVUM L. MIKROKO‘KATLARINI YETISHTIRISHDA OPTIMAL MUHIT PARAMETRLARINI ANIQLASH
Sayxonov Abdujabbor, Xakimova Gavhar, Jumanazarov G‘ayrat, Tursunaliyeva Mahliyo, Jabbarova Nozima
Mazkur tadqiqotda Pisum sativum L. mikroko‘katlarini yetishtirishda muhit parametrlarining (harorat, yorug‘lik intensivligi va spektri, urug‘ zichligi hamda oziqlanish sharoitlari) o‘sish, rivojlanish va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot laboratoriya va kontrollangan yopiq …
-
KEYL KARAMINI O‘SIB RIVOJLANIShI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISh MUDDATLARINI TA’SIRI
Nizomov Rustam, Abdaliyev Xayitboy
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida keyl karami (Brassica oleracea var. sabellica)ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2025 yillarda Toshkent viloyati sharoitida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot …
-
QOVUNNING ERTA PISHAR NAVlARIDAN YUQORI HOSIL OLISH AGROTEXNOLOGIYASI
Satipov Gaipnazar, Yusupova Azada
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan erta pishar “Bosvoldi” qovun navini turli ekish sxemasi va o‘g‘itlar me’yorlarida toʻgʻri va optimal oziqlantirishga erishish orqali oʻsimliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirish рamda ertaroq …
-
SABZAVOT EKINLARINI YETISHTIRISHDA O‘SISHNI BOSHQARUVCHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Sagdiyev Mirqosim, Alimova Rano
Maqolada o‘sishni boshqaruvchi preparatlardan Rostmoment va Natriy gummat ta’sirida sabzavot ekinlari yetishtirishda qo‘llash samaradorligi o‘rganildi. O‘sishni boshqaruvchi preparatlardan Rostmomentni oqboshkaramga qo‘llash natijasida hosildorlik 81t/ga ortdi. Sabzining “Baraka” navi hosildorligi 73-75 …
-
KUNGABOQAR POYASINING O‘SISHIGA VA BARG HOSIL BO‘LISHIGA BIOSTIMULYATORLARNING TA’SIRI
Yuldasheva Zulfiya, Qarabayeva Dilfuza
Maqolada moyli kungaboqarning Dilbar navi poyasi o‘sishiga va barg hosil bo‘lishiga o‘suv fazalari bo‘yicha biostimulyatorlarning turli me’yorlari ta’siri aniqlandi. Nazorat, (etalon), Biostimulyatorlardan Fitovak 20%, Bioduks, MERS biostimulyatorlari qo‘llanildi va ularga …
-
BATAT (SHIRIN KARTOSHKA) KO‘CHATLARINI IN VITRO SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Bogibekova Faraxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar
Shirin kartoshka (Ipomoea batatas (L.) Lam.) oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim oziqaviy ekin bo‘lib, uning ildiz mevalari uglevodlar, vitaminlar (ayniqsa, to‘q sariq navlarida beta-karotin) va tola bilan boy. An’anaviy usulda tok …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …
-
G‘O‘ZANING G.BARBADENSE L. TURIGA MANSUB ERTAPISHAR, HOSILDORLIGI VA TOLA CHIQIMI YUQORI NAVLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA JUFTLARINI TANLASH
Boyto‘rayeva Maftuna, Islamov Ilxom, Qarshiyeva Umida
Ushbu ishda Gossypium barbadense L. turiga mansub namunalar orasida ertapisharlik, yuqori hosildorlik va tola chiqimi kabi xo‘jalik jihatidan muhim belgilar bo‘yicha istiqbolli ota-ona shakllarni tanlash masalalari o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida …
-
EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA MIKROBIOLOGIK O’G’ITLARNING AHAMIYATI
Muxtorova Madina
Maqolada tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda turli mikroorganizimlar arlashmasidan tayyorlangan mikrobiologik o’g’itlarning paxta va g’alla ekinlarida o’tkazilgan sinov natijalari keltirilgan. O’tkazilgan sinov natijalari asosida paxta hosildorligi nazaoratga nisbatan 8,5 …
-
YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI
Jo‘rayev Mamatqul, Shermatov Kamoliddin, Hoshimov Dilshod
Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi …
-
QORAQALPOG‘ISTONNING SHIMOLIY TUMANLARIDA KUZGI BUG‘DOY HOSILDORLIGIGA BEGONA O‘TLARNING TUR TARKIBI VA FITOSANITAR HOLATINING TA’SIRI
Samixov Ajiniyaz, Bakirova Miyirgul, Ajiniyazova Mexriban
Maqolada Shimoliy Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tabiiyiqlim sharoitiga ega bo‘lgan Chimboy tumani misolida kuzgi bug‘doyzorlarning begona o‘tlar bilan ifloslanish holati tahlil qilingan. Hududning tuproq sho‘rlanish darajasi, samarali harorat yig‘indisi va namlik …
-
ВЛИЯНИЕ СРОКОВ ПОСЕВА СЕМЯН НА УРОЖАЙНОСТЬ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В ОРОШАЕМЫХ ПОЧВАХ
Мирзаева Мутабар, Тешабоев Нодирбек, Мухторова Мадина
Ushbu maqolada Markaziy Farg‘onadagi sug‘oriladigan o‘tloqli saz tuproqlarining unumdorligi, kuzgi bug‘doyning “Davr” navini yetishtirish va ekish vaqtining uning hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha dala tajribalari o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, sentyabr oyi boshida …
-
MINERAL VA ORGANIK OʻGʻITLARNING “AFRIKA TARIGʻI XASHAKI 1” NAVINI HOSILDORLIGIGA TAʻSIRI
Seytekova Miuagul, Namozov Normamat
Tadqiqotda mineral (N80P60K40, N100P75K50, N120P90K60) va organik (10 va 20 t/ga goʻng) oʻgʻitlarning alohida va birgalikda meʻyorlarining “Afrika tarigʻi – Xashaki 1” navi hosildorligiga taʻsiri oʻrganildi. Dala tajribalari 2022-2024 yillarda …
-
KUZGI JAVDAR BOSHOG‘INING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARGA URUG‘ EKISH ME’YORLARI HAMDA MINERAL O’G’ITLAR MIQDORLARINI TA’SIRI
Sapayeva Gulmira, Babadjanova Madina, Ibadullayeva Maftuna
Ushbu maqolada kuzgi javdar boshog‘ining asosiy biometrik ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli ekish me’yorlari va o‘g‘itlash darajalari sharoitida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda …
-
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHOLI (ORYZA SATIVA L.) NING “BILLUR” VA “ZIYNAT” NAVLARI O‘SISHI HAMDA RIVOJLANISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Xojamkulova Yulduzoy, Abdullayev Anvar
Ushbu maqolada sholi (Oryza sativa L.) ning “Billur” va “Ziynat” navlarida suv balansi hamda fiziologik ko‘rsatkichlariga tashqi muhit omillarining ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida navlarning suv saqlash qobiliyati, transpiratsiya intensivligi …
-
NO‘XAT NAVLARI HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA SXEMALARINING TA’SIRI
Jabborov Farrux
Keyingi yillarda dunyo aholisi sonining izchil o‘sib borishi natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash global miqyosdagi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bu esa nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, balki uning samaradorligini …
-
TAKRORIY SOYANING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISH ME’YORI VA MUDDATLARI TA’SIRI
Yodgorov Normumin, Tilakmurodov Jo‘rabek
Mazkur maqolada takroriy ekilgan soyaning o‘suv davri davomiyligiga ekish me’yori va muddatlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda soyaning 25.06-05.07 va 05.07-15.07 muddatlarda ekilishi hamda 200, 250, 300 va 350 ming dona/ga ko‘chat …
-
SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING GALOFIT O‘SIMLIK TARKIBIDAGI MAKRO VA MIKROELEMENTLARIGA TA’SIRI
Bekmirzayev G‘ulom
Ushbu maqolada sho‘rlangan tuproqlarning galofit (Portulaca oleracea L.) o‘simligi tarkibidagi makro-mikroelementlariga, biomassa to‘plashi, hosildorligi, ildiz qatlamining rivojlanishi, tuz to‘plashi hamda o‘simlik va tuproqdagi mineral moddalarning o‘zgarish dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan. Tajriba …
-
KONIMEX TUMANI YER MAYDONLARINING OZUQA MODDALARI BILAN TAʻMINLANISH DARAJASI
Ruziyev Abror, Majidov Mustafo, Temirov Jahongir
Tadqiqotda Konimex tumani sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yer maydoni tuproqlarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi o’rganilgan. Tadqiqot natijalari hudud turoqlarining ozuqa moddalari bilan o’rtachapast darajada ta’minlanganligini ko’rsatdi: tuproqning gumus miqdori ko’rsatkichi …
-
SUV TANQISLIGI SHAROITIDA TAKRORIY EKINLARNI YЕTISHTIRISHDA SUV SARFINI OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI (SOYA MISOLIDA)
Xodjayeva Nodira
Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soyaning "To‘maris" va "Vilana" navlarida resurstejamkor sug‘orish texnologiyalarining suv iste’moli hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Egatlab, egiluvchan quvurlar va tomchilatib sug‘orish usullari …