AGRO KIMYO HIMOYA

KUZGI JAVDAR BOSHOG‘INING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARGA URUG‘ EKISH ME’YORLARI HAMDA MINERAL O’G’ITLAR MIQDORLARINI TA’SIRI

Sapayeva Gulmira
Urganch davlat universiteti
ORCID: 0000-0001-7057-6062
Babadjanova Madina
Urganch davlat universiteti
ORCID: 0009-0008-0494-1285
Ibadullayeva Maftuna
Urganch davlat universiteti
ORCID: 0009-0003-6113-6534

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada kuzgi javdar boshog‘ining asosiy biometrik ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli ekish me’yorlari va o‘g‘itlash darajalari sharoitida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda boshok elementlarining shakllanishi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, urug‘ ekish me’yorining optimal darajada tanlanishi o‘simliklar orasidagi oziqlanish maydonini muvozanatlashtirib, boshok uzunligi, donlar soni va don massasi kabi biometrik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib keladi. Mineral o‘g‘itlar me’yorining ilmiy asosda qo‘llanilishi esa o‘simliklarning oziqlanish rejimini yaxshilab, yuqori hosildorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari asosida kuzgi javdar yetishtirishda optimal agrotexnik tadbirlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026