AGRO KIMYO HIMOYA

QORAQALPOG‘ISTONNING SHIMOLIY TUMANLARIDA KUZGI BUG‘DOY HOSILDORLIGIGA BEGONA O‘TLARNING TUR TARKIBI VA FITOSANITAR HOLATINING TA’SIRI

Samixov Ajiniyaz
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0002-5666-2364
Bakirova Miyirgul
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0005-2986-9193
Ajiniyazova Mexriban
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0007-5451-2676

Annotatsiya

<p>Maqolada Shimoliy Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tabiiyiqlim sharoitiga ega bo‘lgan Chimboy tumani misolida kuzgi bug‘doyzorlarning begona o‘tlar bilan ifloslanish holati tahlil qilingan. Hududning tuproq sho‘rlanish darajasi, samarali harorat yig‘indisi va namlik ko‘rsatkichlari Markaziy hamda Janubiy mintaqalardan farq qilishi begona o‘tlar populyatsiyasining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida tuman g‘alla maydonlarida 15 oila va 47 turkumga mansub 52 turdagi begona o‘tlar qayd etildi. Bu ko‘rsatkich respublikaning janubiy mintaqalariga nisbatan turlar xilma-xilligi bo‘yicha 1–11 taga kamdir. Shuningdek, aniqlangan begona o‘tlarning biologik guruhlar bo‘yicha taqsimotida bir yillik o‘simliklar ustunlik qilib (59,6%), ko‘p yilliklar 34,6% va ikki yilliklar 5,8% ni tashkil etishi kuzatildi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026