AGRO KIMYO HIMOYA

KEYL KARAMINI O‘SIB RIVOJLANIShI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISh MUDDATLARINI TA’SIRI

Nizomov Rustam
Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti
ORCID: 0009-0002-1288-8273
Abdaliyev Xayitboy
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0006-4287-068X

Annotatsiya

<p>O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida keyl karami (Brassica oleracea var. sabellica)ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2025 yillarda Toshkent viloyati sharoitida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonida olib borildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida keyl karamining «Juravushka» va «Oliver» navlari tanlandi.</p> <p>Aniqlanishicha, ekish muddatlari o‘simliklarning fenologik rivojlanishiga, morfologik ko‘rsatkichlariga (poya balandligi, barglar soni, barg massasi) hamda hosildorlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Eng yuqori o‘sish va hosildorlik ko‘rsatkichlari mart oyining ikkinchi o‘n kunligida (10 mart) ekishda kuzatildi. Olingan natijalar Toshkent viloyati sharoitida keyl karamini еtishtirishning maqbul ekish muddatlarini belgilashda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026