Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
QORAG‘AT O‘SIMLIGIDA UCHRAYDIGAN SHIRALARGA QARSHI MIKROBIOLOGIK PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Abduhalilova Zarnigor
Maqolada Toshkеnt viloyati sharoitida qorag'at o'simligining asosiy so'ruvchi hashorotlaridan biri shiralarning rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib ularga qarshi mikrobiologik preparatlarni qo'llash orqali tabiatga zarar keltirmagan holda ekologik toza mahsulot olish bayon …
-
ВИДЫ РОДА EUSCELIS BRULLE` ПОВРЕЖДАЮЩИЕ ЛЮЦЕРНУ В УЗБЕКИСТАНЕ
Кожевникова Алевтина
Maqolada O‘zbekistonda bedani zararlovchi zararkunanda vakillari, ularni tur tarkibini Euscelis Brulle` avlodiga mansub eng xavfli turlarini, ularni ozuqlanish zanjiri, biologik xususiyatlari, zarari,xavfli rivojlanishi bosqichlarini, ularni tabiiy kushandalarini o‘rganish natijalari berilgan.
-
BRACON HEBETOR SAY ENTOMOFAGINI OMMAVIY KO‘PAYTIRISHDA MUM KUYASI (GALLERIA MELLONELLA L.) QURTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Sodiqova Nigora, Jumaev Rasul
Maqolada Bracon hebetor Say entomofagini laboratoriya sharoitida ommaviy ko‘paytirish uchun Galleria mellonella qurtlarini yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi va uning biologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotlar laboratoriya sharoitida 28-32°C harorat, 60-75% nisbiy havo …
-
КЛОПЫ ФИТОФАГИ ИЗ СЕМЕЙСТВА MIRIDAE ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ
Кожевникова Алевтина, Узакбаева Наргиза
Maqolada Miridae qandalalarini o‘rganish materiallari Toshkent viloyatidagi g‘o‘za va boshqa ekinlarning eng zararli turlari, ularning oziq-ovqat a’loqalari, morfologik, biologik xususiyatlari, zarari, rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari qayd etilgan va ularga qarshi kurash …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM SHAROITIDA O‘RIK DARAXTI ZARARKUNANDALARINING TURLARI VA RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASIGA QARSHI KURASH
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroiqlim sharoitidagi o‘rik daraxtlari agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalar tarkibi, ularning tarqalishi hamda zarar yetkazish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida o‘rik-qamish shirasi, katta shaftoli tana shirasi, yashil olma …
-
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA TAKRORIY EKILGAN QIZIL FASOL (FASEOLUS VULGARIS L) NAVLARINING BIOFIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA O‘RGIMCHAKKANA (TETRANYCHUS URTICAE) ZARARKUNANDASINING SALBIY TA’SIRI VA KIMYOVIY KURASH CHORALARI (DENOV TUMANI MISO
Xudayberdiyeva Mohinur, Yormatova Dilorom, Hamroyeva Marg‘uba
Mazkur maqolada o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae) zararkunandasining takroriy ekilgan qizil fasol (Phaseolus vulgaris L.) o‘simligining o‘sish, rivojlanish va hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri Surxondaryo viloyati Denov tumani agroiqlim sharoitida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida …
-
AYRIM XORIJIY G‘O‘ZA NAVLARIDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING RIVOJLANISH HOLATI
Anorbayev Azimjon, Imomaliev Erali, Djumaev Shukur
Maqolada xorijiy g‘o‘za navlarining so‘ruvchi zararkunandalarning uchrash darajasi keltirilgan. Ushbu zararkunandalar asosan shiralar (Aphis gossypii), trips (Thrips tabaci), o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae), beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus) zararkunandalarining monitoringi olib borilgan va …
-
ОПТИМИЗАЦИЯ МЕТОДА КУЛЬТИВИРОВАНИЯ GALLERIA MELLONELLA КАК ТЕСТ-ОБЪЕКТА ДЛЯ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ МИКОПЕСТИЦИДОВ
Балтаев Ботир, Мирзалиева Хукуматхон
Galleria mellonella hasharotini yetishtirish bo'yicha birinchi batafsil tadqiqot 53 yil oldin Marston N va boshqalar tomonidan 1973 (18) nashr etilgan va lichinka hozirda turli sohalarda tadqiqot maqsadlarida model sifatida keng …
-
TOKDA ANTRAKNOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Rahmonov Ubaydillo, Xodjamqulova Sitora, Razakova Ro‘zigul
Mazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va uning qo‘zg‘atuvchisi Elsinoë ampelina zamburug‘ining biologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida uzumning turli navlarida kasallikning tarqalishi, rivojlanishi va zarari baholanib, unga qarshi …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA POMIDOR O‘SIMLIGIDA FITOFTOROZ KASALLIGI BO‘YICHA ANALITIK SHARH
Raximov Uchqun, Sodiqov Baxrom
Mazkur sharhda issiqxona sharoitida pomidor o‘simligida fitoftoroz kasalligining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atuvchisi, kasallik belgilari hamda epidemiologik qonuniyatlari zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasallik P.infestans tomonidan qo‘zg‘atiladi va …
-
BAQLAJONNING NAV VA DURAGAYLARINI FUZARIOZ SO‘LISH KASALLIGIGA QARSHI CHIDAMLILIGI BAHOLASH
Utaganov Samad
Maqolada baqlajon nav va duragaylarining fuzarioz vilti qo‘zg‘atuvchisiga chidamliligi baholashga tegishli bo‘lgan tajriba natijalari keltirilgan. Tajribalar sun’iy infeksion fon sharoitida o‘tkazilib, unda 3 ta nav (Karlikovyy ranniy 921, Almaz, Avrora) …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZINING RIVOJLANISHIGA MIKROIQLIM OMILLARINING TA’SIRI
Normatova Diyora
Ushbu tezisda issiqxona sharoitida bodring antraknozining rivojlanishiga mikroiqlim omillarining ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda yuqori namlik, kondensat hosil bo‘lishi, havo almashinuvining yetarli emasligi va o‘simlik qoldiqlarida infeksiya manbalarining saqlanishi kasallik rivojlanishida …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA (SHARH)
Normatova Diyora, Sodiqov Baxrom
Bodring antraknozi issiqxona sharoitida keng tarqaladigan va yuqori iqtisodiy zarar yetkazuvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. U asosan Colletotrichum orbiculare tomonidan qo‘zg‘atilib, barg, poya, band va mevalarda nekrotik shikastlanishlarni keltirib chiqaradi hamda …
-
NOKDA MONILIOZ KASALLIGINING TARQALISH XUSUSIYATLARI VA UNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI
Mirzaanvarova Aziza, Xakimova Nigora
Ushbu maqolada nokda keng tarqalgan monilioz kasalligining tarqalish xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilingan. Kasallikning paydo bo‘lishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar — iqlim sharoiti, namlik, harorat, infektsiya manbalari va mevaga …
-
MAYMUNJONNING (RUBUS CAESIUS, RUBUS FRUTICOSUS) NAVLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISHDA ME’YOR VA MUDDATLARNI HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Atabayev Ma’ruf, Qurbonnazarova Sarvinoz
Ushbu maqolada maymunjonning Rubus caesius va Rubus fruticosus navlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda o‘g‘it me’yorlari hamda qo‘llash muddatlarining hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning turli me’yorlari …
-
ANJIRNING AHAMIYATI, ULARNING ZAMBURUG‘LAR QO‘ZG‘ATADIGAN ASOSIY KASALLIKLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH USULLARI
Mamatkulova Zuxra, Xakimova Nigora
Maqolada anjir (Ficus carica L.) o‘simligining oziq-ovqat, iqtisodiy va shifobaxsh ahamiyati, uning dunyo va O‘zbekiston miqyosida yetishtirilishi hamda zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Antraknoz, un-shudring, zang, meva va …
-
PISUM SATIVUM L. MIKROKO‘KATLARINI YETISHTIRISHDA OPTIMAL MUHIT PARAMETRLARINI ANIQLASH
Sayxonov Abdujabbor, Xakimova Gavhar, Jumanazarov G‘ayrat, Tursunaliyeva Mahliyo, Jabbarova Nozima
Mazkur tadqiqotda Pisum sativum L. mikroko‘katlarini yetishtirishda muhit parametrlarining (harorat, yorug‘lik intensivligi va spektri, urug‘ zichligi hamda oziqlanish sharoitlari) o‘sish, rivojlanish va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot laboratoriya va kontrollangan yopiq …
-
KEYL KARAMINI O‘SIB RIVOJLANIShI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISh MUDDATLARINI TA’SIRI
Nizomov Rustam, Abdaliyev Xayitboy
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida keyl karami (Brassica oleracea var. sabellica)ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2025 yillarda Toshkent viloyati sharoitida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot …
-
XASHAKI QOVOQ NAVLARINI O’SISH VA RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI, SXEMASI VA OZIQLANTIRISH USULLARINING TA’SIRI
Umurzoqova Umida
Maqolada Samarqand viloyati sharoitida yirik mevali xashaki qovoqning (Cucurbita mixima Duchense) agrotexnologik jarayonlarini – ekish muddati, sxemasi va mineral o’g’itlash fonida biostimulyatorlarni o’simlikni o’sish va rivojlanishiga ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
-
QOVUNNING ERTA PISHAR NAVlARIDAN YUQORI HOSIL OLISH AGROTEXNOLOGIYASI
Satipov Gaipnazar, Yusupova Azada
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan erta pishar “Bosvoldi” qovun navini turli ekish sxemasi va o‘g‘itlar me’yorlarida toʻgʻri va optimal oziqlantirishga erishish orqali oʻsimliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirish рamda ertaroq …