ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZINING RIVOJLANISHIGA MIKROIQLIM OMILLARINING TA’SIRI

Normatova Diyora
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0009-4159-0872

Abstract

Ushbu tezisda issiqxona sharoitida bodring antraknozining rivojlanishiga mikroiqlim omillarining ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda yuqori namlik, kondensat hosil bo‘lishi, havo almashinuvining yetarli emasligi va o‘simlik qoldiqlarida infeksiya manbalarining saqlanishi kasallik rivojlanishida muhim omillar ekani asoslandi. Biologik preparatlar qo‘llanganda antraknoz bilan zararlanish darajasi nazoratdagi 19,5 % dan Fitosporin M variantida 3,8 % gacha, Fitosporin M + Alirin B variantida esa 0,0 % gacha kamaygani ko‘rsatildi. Natijalar bodring antraknoziga qarshi kurashda mikroiqlimni boshqarish va biologik himoya choralarini uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

How to cite

GOSTNormatova D. ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZINING RIVOJLANISHIGA MIKROIQLIM OMILLARINING TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №4 (119). – DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m63.
APANormatova D. (2026). ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZINING RIVOJLANISHIGA MIKROIQLIM OMILLARINING TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 119(4). https://doi.org/10.63241/akhvvol119y2026iss4m63
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Published: 01.06.2026