ANJIRNING AHAMIYATI, ULARNING ZAMBURUG‘LAR QO‘ZG‘ATADIGAN ASOSIY KASALLIKLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH USULLARI

Mamatkulova Zuxra
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0000-2346-7189
Xakimova Nigora
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0009-0878-4691

Abstract

Maqolada anjir (Ficus carica L.) o‘simligining oziq-ovqat, iqtisodiy va shifobaxsh ahamiyati, uning dunyo va O‘zbekiston miqyosida yetishtirilishi hamda zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Antraknoz, un-shudring, zang, meva va ildiz chirish kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari, biologik xususiyatlari, zararlanish belgilari va tarqalish sharoitlari yoritilgan. Shuningdek, anjir kasalliklarini marshrutli kuzatuv, diagonal usul va ballli shkalalar asosida hisobga olish usullari keltirilgan. Kasallik tarqalishi va rivojlanish darajasini aniqlash formulalari bayon qilingan. Tadqiqot natijalari anjir plantatsiyalarining fitosanitar holatini baholash va kasalliklarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

How to cite

GOSTMamatkulova Z., Xakimova N. ANJIRNING AHAMIYATI, ULARNING ZAMBURUG‘LAR QO‘ZG‘ATADIGAN ASOSIY KASALLIKLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH USULLARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №4 (119). – DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m69.
APAMamatkulova Z., Xakimova N. (2026). ANJIRNING AHAMIYATI, ULARNING ZAMBURUG‘LAR QO‘ZG‘ATADIGAN ASOSIY KASALLIKLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH USULLARI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 119(4). https://doi.org/10.63241/akhvvol119y2026iss4m69
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Published: 01.06.2026