AGRO KIMYO HIMOYA

MAYMUNJONNING (RUBUS CAESIUS, RUBUS FRUTICOSUS) NAVLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISHDA ME’YOR VA MUDDATLARNI HOSILDORLIKKA TA’SIRI

Atabayev Ma’ruf
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0001-9879-5002
Qurbonnazarova Sarvinoz
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0009-8382-2918

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada maymunjonning Rubus caesius va Rubus fruticosus navlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda o‘g‘it me’yorlari hamda qo‘llash muddatlarining hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning turli me’yorlari qo‘llanilib, ularning o‘simlikning o‘sishi, vegetativ rivojlanishi va hosil miqdoriga ta’siri tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, mineral o‘g‘itlarni optimal me’yorda va agrotexnik muddatlarda qo‘llash maymunjon hosildorligini sezilarli oshirishi aniqlandi. Ayniqsa, azotli o‘g‘itlarni erta bahorda, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarni esa gullashdan oldin qo‘llash samarali natija berdi.Ushbu maqolada 2021–2024 yillar davomida O'zbekiston sharoitida Rubus caesius (o'rmon maymunjonu) va Rubus fruticosus (bog' maymunjonu) navlarida mineral o'g'itlarning turli me'yorlari va qo'llash muddatlarining hosildorlik, meva sifati hamda o'simliklarning vegetativ rivojlanishiga ta'siri o'rganilgan.&nbsp;</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026