Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
TAQIR-O‘TLOQI TUPROQLARGA ORGANOMINERAL O’G’ITLAR QO’LLASH TUPROQNING SUV-FIZIK XOSSALARI TA’SIRI
Abdinazarov Jamshid, Abdurahmonova Yulduz
Ilmiy maqolada Termiz tumanida tarqalgan taqir-o‘tloqi tuproqlarning suv-fizikaviy xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilingan. Shuningdek tuproqlarning suv o’tkazuvchanlik xossalari bayon etilgan.
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI
Ismailov Dauletbay, Xalikov Baxodir
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi almashlab ekish tizimlari hamda turli mineral o‘g‘it me’yorlarining tuproq g‘ovakligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 2023-2024 yillarda olib …
-
АГРОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ, ГЕОМОРФОЛОГИЧЕСКИЕ И АГРОХИМИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМОВ ОРОШАЕМЫХ ЗЕМЕЛЬ ФЕРГАНСКОГО РАЙОНА
Баходирова Маржонахон
Maqolada Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarining geomorfologik va agrokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Litologik-geomorfologik sharoitlar, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar hamda tuproqlarning gumus holati ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tuproqlarda gumus, …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI
Xojiyev Kuchkor, Aliyev Azizjon
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlarning 1:25 000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratish bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda raqamli tuproq xaritalashning nazariy va metodologik asoslari, jumladan …
-
OROL DENGIZINING QURIGAN TUBIDA MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TUPROQ TEKSTURASI, SHO‘RLANISHI VA VEGETATSIYA HOLATINI BAHOLASH
Xasanov Jamshid, Nurjanov Allabergen, Boymurodov Rifat, Shamuratova Nagima, Zinatdinov Nuratdin
Ushbu tadqiqotda masofadan zondlash va GIS texnologiyalari yordamida tadqiqot hududining tuproq teksturasi, sho‘rlanish darajasi va vegetatsiya holati baholandi. Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, SoilGrids va HWSD ma’lumotlaridan foydalanildi. USDA klassifikatsiyasi asosida …
-
O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)
Mirabidova Dildora, Berdiyeva Feruza
Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab …
-
БИОЛОГИЧЕСКИЕ И ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТРОСТНИКА ОБЫКНОВЕННОГО (PHRAGMITES AUSTRALIS)
Курамбаев Ойбек
Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida keng tarqalgan oddiy qamish (Phragmites australis) ning biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish natijalari hamda uning bug‘doyzorlarda tarqalishi tahlili keltirilgan. Tadqiqot davomida qamish ildizpoyalari orqali tez …
-
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SABZAVOT EKINLARINING TUPROQ OSTKI ZARARKUNANDALARI VA ULARNING ZARAR KELTIRISH DARAJASI
Rajabova Gulhayo, Qalandarova Ruxshona
Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida sabzavot ekinlarida uchraydigan asosiy tuproq ostki zararkunandalari — kuzgi tunlam, simqurtlar hamda fitoparazit nematodalarning tarqalishi va zarar keltirish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2024-yillarda Buxoro davlat universiteti …
-
TOL BIOTSENOZIDA ENTOMOFAGLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
To‘laboyev Bobir, Shukurov Xushvaqt
Tolzorlar tabiatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tuproq eroziyasini kamaytirish va suv resurslarini saqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. So‘ngi yillarda respublikamizda o‘rmon biotsenozlarida zararkunandalardan himoya qilishda ko‘p hollarda kimyoviy kurash olib borilmoqda. …
-
QOVUNNING ERTA PISHAR NAVlARIDAN YUQORI HOSIL OLISH AGROTEXNOLOGIYASI
Satipov Gaipnazar, Yusupova Azada
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan erta pishar “Bosvoldi” qovun navini turli ekish sxemasi va o‘g‘itlar me’yorlarida toʻgʻri va optimal oziqlantirishga erishish orqali oʻsimliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirish рamda ertaroq …
-
INDIGOFERA O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI ILMIY TAHLIL QILISH
Islomov Usmonqul, Hoshimova Shaxlo, Nazarova Laziza, Ulug‘bekova Gulchehra
Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Indigofera turkumiga kiruvchi o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ko‘p qirrali ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqotda o‘simlikning to‘qimachilik sanoatida tabiiy bo‘yoq (indigo) olishdagi o‘rni, chorvachilikda yuqori oqsilli …
-
XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI
Xasanova Firyuza, Qarabayev Ikromjon, Atabayeva Ma’mura, Saydaliyev Begijon
Maqolada, Xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% va entojan preparati 6 marotaba 10:15:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘chatlarning saqlanishi …
-
EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA MIKROBIOLOGIK O’G’ITLARNING AHAMIYATI
Muxtorova Madina
Maqolada tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda turli mikroorganizimlar arlashmasidan tayyorlangan mikrobiologik o’g’itlarning paxta va g’alla ekinlarida o’tkazilgan sinov natijalari keltirilgan. O’tkazilgan sinov natijalari asosida paxta hosildorligi nazaoratga nisbatan 8,5 …
-
GʻOʻZA YЕTISHTIRISHDA SUGʻORISH TARTIBI VA MAVSUMIY SUGʻORISH ME'YORLARINING AHAMIYATI
Mamataliyev Ikrom, Shadmanov Djamaliddin, Amonov Nurbek, Mamarasulov Shoxrux
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati oʻrtacha shoʻrlangan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida gʻoʻzaning suvga boʻlgan ehtiyoji uning rivojlanish fazalariga qarab oʻzgarishi boʻyichama'lumotlar keltirilgan.
-
SIRDARYO VILOYATI SHAROITIDA G‘O‘ZANI TOMCHILATIB SUG‘ORISH ME’YORINI ANIQLASH METODIKASI
Xakimova Diyora, Raxmonov Ikrom
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati sharoitida tomchilatib sug’orish usulini qo‘llash me’yorini aniqlash uchun zarur bo‘ladigan barcha jarayonlar tartibi va usullari haqida batafsil yoritib berilgan. Bunda Sirdaryo viloyati iqlim sharoiti, tuproq sharoiti …
-
QORAQALPOG‘ISTONNING SHIMOLIY TUMANLARIDA KUZGI BUG‘DOY HOSILDORLIGIGA BEGONA O‘TLARNING TUR TARKIBI VA FITOSANITAR HOLATINING TA’SIRI
Samixov Ajiniyaz, Bakirova Miyirgul, Ajiniyazova Mexriban
Maqolada Shimoliy Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tabiiyiqlim sharoitiga ega bo‘lgan Chimboy tumani misolida kuzgi bug‘doyzorlarning begona o‘tlar bilan ifloslanish holati tahlil qilingan. Hududning tuproq sho‘rlanish darajasi, samarali harorat yig‘indisi va namlik …
-
ВЛИЯНИЕ СРОКОВ ПОСЕВА СЕМЯН НА УРОЖАЙНОСТЬ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В ОРОШАЕМЫХ ПОЧВАХ
Мирзаева Мутабар, Тешабоев Нодирбек, Мухторова Мадина
Ushbu maqolada Markaziy Farg‘onadagi sug‘oriladigan o‘tloqli saz tuproqlarining unumdorligi, kuzgi bug‘doyning “Davr” navini yetishtirish va ekish vaqtining uning hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha dala tajribalari o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, sentyabr oyi boshida …
-
MOSH YETISHTIRISHDA URUG’ EKISH HAMDA MA’DANLI O’G’ITLAR ME’YORLARINING KO’CHATLAR SAQLANUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Shoymuradov Abror, Abdisolomova Iroda
Maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekish hamda mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishni Durdona va Barqaror navlari uchun 76x5 ekish tizimi va N45P60K45 o’g’itlash me’yori eng samarali variant …
-
KUZGI TRITIKALE NAVLARINING KO‘CHAT SONIGA EKISH ME’YORLARI VA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI
Baxramova Nilufar, Azimova Muxayyo, Ergashev Rustam
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida kuzgi tritikalening “Sardor” va “Odisey” navlarida turli ekish hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining dala unuvchanligi, qishga kirish oldi va qishdan keyingi ko‘chat soniga ta’siri o‘rganildi. …
-
ДИНАМИКА МЕЛИОРАТИВНОГО СОСТОЯНИЯ ОРОШАЕМЫХ ЗЕМЕЛЬ БАССЕЙНА РЕКИ СЫРДАРЬИ И ЭФФЕКТИВНОСТЬ ВНЕДРЕНИЯ ВОДОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ ОРОШЕНИЯ
Хамраев Шавкат, Усманов Шавкат
Maqolada 2005–2024 yillar davomida Sirdaryo daryosi havzasidagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati dinamikasi suv resurslari tanqisligi va suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish sharoitida tahlil qilingan. Tuproq sho‘rlanish darajasi, sizot suvlarining …