Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
G‘O‘ZANING G.BARBADENSE L. TURIGA MANSUB ERTAPISHAR, HOSILDORLIGI VA TOLA CHIQIMI YUQORI NAVLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA JUFTLARINI TANLASH
Boyto‘rayeva Maftuna, Islamov Ilxom, Qarshiyeva Umida
Ushbu ishda Gossypium barbadense L. turiga mansub namunalar orasida ertapisharlik, yuqori hosildorlik va tola chiqimi kabi xo‘jalik jihatidan muhim belgilar bo‘yicha istiqbolli ota-ona shakllarni tanlash masalalari o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida …
-
YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI
Jo‘rayev Mamatqul, Shermatov Kamoliddin, Hoshimov Dilshod
Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi …
-
MINERAL VA ORGANIK OʻGʻITLARNING “AFRIKA TARIGʻI XASHAKI 1” NAVINI HOSILDORLIGIGA TAʻSIRI
Seytekova Miuagul, Namozov Normamat
Tadqiqotda mineral (N80P60K40, N100P75K50, N120P90K60) va organik (10 va 20 t/ga goʻng) oʻgʻitlarning alohida va birgalikda meʻyorlarining “Afrika tarigʻi – Xashaki 1” navi hosildorligiga taʻsiri oʻrganildi. Dala tajribalari 2022-2024 yillarda …
-
KUZGI JAVDAR BOSHOG‘INING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARGA URUG‘ EKISH ME’YORLARI HAMDA MINERAL O’G’ITLAR MIQDORLARINI TA’SIRI
Sapayeva Gulmira, Babadjanova Madina, Ibadullayeva Maftuna
Ushbu maqolada kuzgi javdar boshog‘ining asosiy biometrik ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli ekish me’yorlari va o‘g‘itlash darajalari sharoitida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda …
-
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHOLI (ORYZA SATIVA L.) NING “BILLUR” VA “ZIYNAT” NAVLARI O‘SISHI HAMDA RIVOJLANISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Xojamkulova Yulduzoy, Abdullayev Anvar
Ushbu maqolada sholi (Oryza sativa L.) ning “Billur” va “Ziynat” navlarida suv balansi hamda fiziologik ko‘rsatkichlariga tashqi muhit omillarining ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida navlarning suv saqlash qobiliyati, transpiratsiya intensivligi …
-
SUV TANQISLIGI SHAROITIDA TAKRORIY EKINLARNI YЕTISHTIRISHDA SUV SARFINI OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI (SOYA MISOLIDA)
Xodjayeva Nodira
Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soyaning "To‘maris" va "Vilana" navlarida resurstejamkor sug‘orish texnologiyalarining suv iste’moli hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Egatlab, egiluvchan quvurlar va tomchilatib sug‘orish usullari …
-
ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI
Malikov Dilshod
Ushbu maqolada Zarafshon milliy tabiat bog‘i sharoitida chakandaning (Hippophae rhamnoides L.) tabiiy populyatsiyalarini asosiy zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy yuklamani kamaytirish va himoya tizimini ekologizatsiyalash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda Rossiyaning Sibir …
-
KALIFORNIYA QALQONDORINING QORAG‘AT BUTASI HOSILDORLIGIGA KELTIRADIGAN ZARARI
Abduhalilova Zarnigor
Maqolada, Toshkеnt viloyati sharoitida qorag'at o'simligining asosiy so'ruvchi hashorarlaridan biri Kaliforniya qalqondorining rivojlanish xususiyatlari hamda hosildorlikka keltiradigan zarari bayon etilgan.
-
ВЛИЯНИЕ БИОМОДИФИЦИРОВАННЫХ ФОСФОРНЫХ УДОБРЕНИЙ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ ПОМИДОРА (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.)
Юлдошев Шокир, Асатова Саодат
Ushbu maqolada karbonatli bo‘z tuproq sharoitida (Toshkent viloyati) pomidor (Solanum lycopersicum L., «Yusupovskiy» navi) o‘simligi misolida fosfatmobillashtiruvchi Bacillus subtilis BS-26 shtammi bilan biomodifikatsiya qilingan «BM–AMMAFOS» fosforli o‘g‘itining tuproqning agrokimyoviy xossalari, …
-
YAROVIZATSIYA USULI ASOSIDA G‘ALLA YETISHTIRISH VA UNDA KECHADIGAN BIOKIMYOVIY O‘ZGARISHLARNING AGROTEXNIK HAMDA FIZIOLOGIK TAHLILI
Ergashev Abdimuxtor, Xayitov Shaxrux, Xikmatov Shaxruz
Yarovizatsiya usuli g‘alla ekinlarida vegetatsiya davrini qisqartirish, hosildorlikni oshirish va biokimyoviy reaksiyalarni faollashtirish orqali g‘alla yetishtirish natijalarini yaxshilaydi. Maqolada yarovizatsiyaning ilmiy asoslari, fiziologik va biokimyoviy mexanizmlari, hosildorlikka ta’siri hamda agrotexnik …
-
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA TRITIKALE (TRITICOSECALE) YETISHTIRISH DAVOMIDA HOSILDORLIKKA SHILIMSHIQ QURT (OULEMA MELANOPUS) ZARARKUNANDASINI ZARARLANISH DARAJALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA TAJRIBALAR
Sharipov San’at
Mazkur tadqiqot Oulema melanopus zararkunandasining Buxoro viloyati sharoitida tritikale hosildorligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida dala tajribalari o‘tkazilib, zararkunandaning turli zararlanish darajalarida o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholandi. …
-
KUNJUT OʻSIMLIGINING FENOLOGIK KOʻRSATKICHLARI VA HOSILDORLIKNI OSHIRISHDA OʻG‘ITLASH TIZIMINING ROLI
Karlibaev Sultanbay, Shadiyeva Nilufar, Erkinboyeva Shahribonu, Majidova Sarvinoz, Abidinova Laylo
Mazkur tadqiqotda kunjut (Sesamum indicum L.)ning “Qora shahzoda” navida mineral oʻgʻitlar fonida bioo‘g‘it qoʻllashda tuproq unumdorligi va hosildorlikning shakllanishi agrokimyoviy jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalari o‘simlikning azot, fosfor va kaliy elementlariga …
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)
Nizamov Sobirjon, Umarov Muhammad, Yusupboyeva Sevinchoy, Saidahmedova Zuhra, Martavaliyeva Sevinch
Mazkur maqolada Toshkent viloyati hududida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy va ekologik holati tahlil qilingan. Tuproqlarning gumus miqdori, makro va mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sho‘rlanish, degradatsiya jarayonlari hamda ularning …
-
ВЛАЖНОСТЬ И ТЕПЛОВЫЕ СВОЙСТВА ДЕРНОВО-ПОДЗОЛИСТОЙ ПОЧВЫ ПОД НАСЖДЕНИЯМИ ЗЕМЛЯНИКИ
Холикулов Шоди, Патрушев Владимир
Maqolada qulupnay yetishtirishda chimli-kulrang qumloq tuproqlarning namlik dinamikasi va issiqlik-fizikaviy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ixtiyoriy me’yor bilan tizimsiz sug‘orish tuproq profilining me’yordan ortiq namlanishiga olib keladi va …
-
MASOFAVIY ZONDLASH VA DALA TAHLILLARI YORDAMIDA TUPROQ UNUMDORLIGINI BAHOLASHDA O‘G‘ITLASH SAMARADORLIGI
Xakberdiyev Obid, Kuchkarova Nodira, Abdurahmonov Zoirjon
So‘nggi yillarda masofaviy zondlash (MZ) va geografik axborotlar tizimi (GAT) asosida ekin maydonlarining holatini kuzatish, o‘g‘itlash tizimini optimallashtirish hamda hosildorlikni bashorat qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, tuproq unumdorligini …
-
KUZGI BUG‘DOYNING SARIQ ZANG KASALLIGIGA QARSHI QO‘LLANILGAN KIMYOVIY KURASH CHORALARINI HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Oripov Doniyor, Murodjonova Yulduz, Ziyoboyeva Go‘zal
Maqolada kuzgi bug‘doy ekinida turli fungitsid preparatlari va ularni IFO PZN 3,0 l/ga bilan birgalikda qo‘llashning o‘simlikning asosiy biometrik hamda hosildorlik elementlariga ta’siri o‘rganildi. Unga ko‘ra, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, …
-
LIMON TUPIDAGI GUL, NOVDA VA MEVALAR MIQDORI HAMDA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI
Utaganov Xusan, Agzamxodjaev Jamshid
Maqolada limonning an’anaviy navlari va yangi istiqbolli duragaylarining biologik rivojlanish xususiyatlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gullar sonining haddan ziyod ko‘pligi har …
-
OCHIQ MAYDONDA KOLRABI KARAM NAVLARINI TURLI EKISH MUDDATLARIDA YETISHTIRISHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Sheraliyev Jamshid, Axmedova Munisa
Maqolada kolrabi karamining “Qizil toj” va “Salfer” navlarida turli ekish muddatlarining o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Natijada, ekish muddatlari kolrabi karamining o‘sishi va hosil shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, …
-
JANUBIY MINTAQALAR SHAROITIDA YETISHTIRILGAN MOSHNING NAV VA TIZMALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARINING HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Shermurodov Sardor
Ushbu masolada Janubiy mintaqalar iqlim sharoitida yetishtirilgan mosh nav va tizmalarining biometrik ko‘rsatkichlari o‘simlik bo‘yi, dukkak uzunligi, bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni kabi ko‘rsatkichlarshsh mahsuldorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tavsiya etilgan …
-
BUXORO VILOYATIDA РOMIDOR YETISHTIRISHDA UCHRAYDIGAN SO‘RUVCHI ZARARKUNANDA – O‘RGIMCHAKKANAGA QARSHI ABAMEKTIN РREРARATINING SAMARADORLIGI
Sharipov San’at, Karimov Botir, Xayrullayev Muhriddin
Ushbu maqolada insoniyatning eng ko‘р iste’mol qiladigan asosiy sabzavoti hisoblangan рomidor (Solanum lycoрersicum) o‘simligida uchraydigan xavfli so‘ruvchi zararkunanda o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) hamda unga qarshi kimyoviy kurash haqida so‘z boradi. …