2-maqola
DOI: 10.63241/akhvvol117y2026iss2m24
LIMON TUPIDAGI GUL, NOVDA VA MEVALAR MIQDORI HAMDA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI
Utaganov Xusan
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-3406-8895
Agzamxodjaev Jamshid
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0002-0497-9917
Annotatsiya
<p>Maqolada limonning an’anaviy navlari va yangi istiqbolli duragaylarining biologik rivojlanish xususiyatlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gullar sonining haddan ziyod ko‘pligi har doim ham yuqori hosildorlikni kafolatlamaydi; aksincha, vegetativ va generativ organlar o‘rtasidagi muvozanat muhim ahamiyat kasb etadi. Seleksiya natijasida olingan №1-11-5 duragayi o‘zining yirik mevaliligi (186 g) va yuqori hosildorligi (150,4 s/ga) bilan nazorat navlaridan bir necha barobar ustunligini namoyon etdi.</p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№2 [117], 2026
Chop etilgan: 01.04.2026