BUXORO VILOYATI SHAROITIDA TRITIKALE (TRITICOSECALE) YETISHTIRISH DAVOMIDA HOSILDORLIKKA SHILIMSHIQ QURT (OULEMA MELANOPUS) ZARARKUNANDASINI ZARARLANISH DARAJALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA TAJRIBALAR

Sharipov San’at
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy tajriba stansiyasi

Abstract

Mazkur tadqiqot Oulema melanopus zararkunandasining Buxoro viloyati sharoitida tritikale hosildorligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida dala tajribalari o‘tkazilib, zararkunandaning turli zararlanish darajalarida o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Oulema melanopus lichinkalari tomonidan barglarning zararlanishi fotosintez jarayonini susaytirib, o‘simlikning vegetativ va generativ organlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, boshoqlanish va don to‘lish davrida zararlanish hosildorlikning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zararlanish darajasiga qarab hosil yo‘qotishlari 15–45% gacha yetishi mumkinligi aniqlandi. Olingan natijalar Oulema melanopusga qarshi samarali kurash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

How to cite

GOSTSharipov S. BUXORO VILOYATI SHAROITIDA TRITIKALE (TRITICOSECALE) YETISHTIRISH DAVOMIDA HOSILDORLIKKA SHILIMSHIQ QURT (OULEMA MELANOPUS) ZARARKUNANDASINI ZARARLANISH DARAJALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA TAJRIBALAR // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №3 (118). – DOI: 10.63241/akhvvol118y2026iss3m56.
APASharipov S. (2026). BUXORO VILOYATI SHAROITIDA TRITIKALE (TRITICOSECALE) YETISHTIRISH DAVOMIDA HOSILDORLIKKA SHILIMSHIQ QURT (OULEMA MELANOPUS) ZARARKUNANDASINI ZARARLANISH DARAJALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA TAJRIBALAR. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 118(3). https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m56
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Published: 23.04.2026