ВЛИЯНИЕ БИОМОДИФИЦИРОВАННЫХ ФОСФОРНЫХ УДОБРЕНИЙ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ ПОМИДОРА (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.)
Annotatsiya
<p>Ushbu maqolada karbonatli bo‘z tuproq sharoitida (Toshkent viloyati) pomidor (Solanum lycopersicum L., «Yusupovskiy» navi) o‘simligi misolida fosfatmobillashtiruvchi Bacillus subtilis BS-26 shtammi bilan biomodifikatsiya qilingan «BM–AMMAFOS» fosforli o‘g‘itining tuproqning agrokimyoviy xossalari, fermentativ faolligi va o‘simlik hosildorligiga ta’siri bo‘yicha kompleks tadqiqot natijalari keltirilgan.</p> <p>Aniqlanishicha, «BM–AMMAFOS» qo‘llanilishi tuproqda fosforning biologik faol shakllari miqdorini uzoq muddat saqlanishi hisobidan fosforning mavjudligini sezilarli oshiradi. 30 kundan so‘ng o‘tkazilgan o‘lchovlarda erishilgan fosfor miqdori 90–98 mg/kg ni tashkil etib, bu oddiy «AMMAFOS» variantiga (36–38 mg/kg) nisbatan 2 barobardan yuqori ko‘rsatkichni namoyon qildi. Shu bilan birga tuproq fosfatazalarining faolligi 1,5–1,7 barobar oshgani kuzatildi, bu esa mikrobiologik jarayonlarning faollashganini va fosforning qiyin eriydigan shakllarining transformatsiyasi kuchayganini ko‘rsatadi.</p> <p>Fosforli ozuqa rejimi yaxshilanishi natijasida pomidor o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi sezilarli darajada kuchaydi: o‘simlik balandligi, barglar soni, shingillar, gullar va tugunlar miqdori oshdi. Eng yuqori samara «BM–AMMAFOS» 50 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda kuzatilib, hosildorlik 39,4 s/ga ni tashkil etdi va nazoratga nisbatan 49,2 % ga yuqori bo‘ldi.</p> <p>Olingan natijalar mineral fosforli o‘g‘itlarni biomodifikatsiya qilish fosfordan foydalanish koeffisiyentini oshirish, uning tuproqda fiksatsiyasini kamaytirish va qishloq xo‘jaligi ekinlari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan samarali agrotexnologik usul ekanligini tasdiqlaydi.</p>