Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
BEDA KOLLEKSIYA NAMUNALARINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Ushbu maqolada PSUYeAITI “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025-yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi xorijiy hamda mahalliy nav namunalarining birinchi yilgi beda uchinchi o‘rimi o‘simliklari bo‘yi va yashil massa mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA DURAGAYLARINING YASHIL MASSA MAHSULDORLIGI KOʻRSATKICHLARI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Ushbu maqolada 2025 yilda PSUYeAITI markaziy tajriba xoʻjaligida barpo etilgan birinchi yilgi beda duragay koʻchatzoridagi namunalarning oʻsimliklari boʻyi va uch oʻrim boʻyicha yashil massa mahsuldorligi boʻyicha olingan ma'lumotlar keltirilgan. Ikki …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …
-
TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN G‘O‘ZA TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Rashidova Dilbar, Mamedov Normuxammad
Maqolada o‘rta tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan natijalarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotlarda Toshkent, Namangan va Xorazm viloyati sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning Sulton, S-6524, Xorazm-127, S-5707, S-6575, S-6580, …
-
G‘O‘ZANING G.BARBADENSE L. TURIGA MANSUB ERTAPISHAR, HOSILDORLIGI VA TOLA CHIQIMI YUQORI NAVLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA JUFTLARINI TANLASH
Boyto‘rayeva Maftuna, Islamov Ilxom, Qarshiyeva Umida
Ushbu ishda Gossypium barbadense L. turiga mansub namunalar orasida ertapisharlik, yuqori hosildorlik va tola chiqimi kabi xo‘jalik jihatidan muhim belgilar bo‘yicha istiqbolli ota-ona shakllarni tanlash masalalari o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida …
-
GʻOʻZA YЕTISHTIRISHDA SUGʻORISH TARTIBI VA MAVSUMIY SUGʻORISH ME'YORLARINING AHAMIYATI
Mamataliyev Ikrom, Shadmanov Djamaliddin, Amonov Nurbek, Mamarasulov Shoxrux
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati oʻrtacha shoʻrlangan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida gʻoʻzaning suvga boʻlgan ehtiyoji uning rivojlanish fazalariga qarab oʻzgarishi boʻyichama'lumotlar keltirilgan.
-
YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI
Jo‘rayev Mamatqul, Shermatov Kamoliddin, Hoshimov Dilshod
Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi …
-
G‘O‘ZA KOLLEKSIYASI (G. BARBADENSE L.) TURIGA MANSUB NAVLARIDAN BOSHLANG‘ICH MANBA SIFATIDA UZUN TOLALI VA TOLA CHIQIMI YUQORI BO‘LGAN NAVLARNI TANLASH
Islamov Ilxom, Mustofoqulov Abror, Qarshiyeva Umida
Mazkur maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub g‘o‘za kolleksiya namunalari iqtisodiy qimmatli belgilar – tola chiqimi va tola uzunligi bo‘yicha baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra kolleksiya namunalari ichidan andoza navga nisbatan …
-
URUG‘LIK CHIGIT TARKIBIDAGI OQSIL MIQDORI VA AHAMIYATI
Rashidova Dilbar, Mamedov Normuxammad, Sharipov Shuxrat, Yakubov Muzaffar
Maqolada Toshkent, Namangan va Xorazm viloyatlari sharoitida yetishtirilgan Sulton, C-6524, Xorazm-127, C-5707, C-6575, C-6580, C-8295, C-8296 hamda C-8297 gʻoʻza navlarining turli hosil shoxlaridagi bosh poyaga nisbatan joylashgan I-III tartib ko‘saklardagi …
-
BIRINCHI YILGI SELEKSIYA KO‘CHATZORIDA F4 DURAGAY KOMBINATSIYALAR QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINING TAHLILI
Xakimov Shaxbozbek
Maqolada beshta F4 duragay kombinatsiyaning birinchi yilgi seleksiya ko‘chatzoridagi qimmatli xo‘jalik belgilari tahlil qilingan. “Andijon-36 × Omad” va “Andijon-35 × Omad” kombinatsiyalari ertapisharlik, ko‘sak vazni, mahsuldorlik va tola sifati bo‘yicha …
-
TURLARARO BIRINCHI AVLOD DURAGAY KOMBINATSIYASIDA 1000 DONA DON VAZNI BELGISINING IRSIYLANISHI
Nortojiyev Sunnatillo, Amanov Amir
Ilk maratoba janubiy mintaqa sharoitida bug‘doy seleksiyasi uchun turlararo duragaylash asosida yaratilgan birinchi avlod duragay kobinatsiyasida 1000 dona don vazni o‘rganilganda kombinatsiyalar bo‘yicha KR23-PW-ON-22 x Doʻstlik-29 duragay kombinatsiyada 1000 dona …
-
SURXONDARYO VILOYATINING SUG‘ORILADIGAN TAQIR-O‘TLOQI TUPROQLARINI GRANULOMETRIK TARKIBI
Imamov Foziljon, Boltayev Saydulla, G‘ofurova Mashhura
Maqolada Surxondaryo viloyati Zafarobod massividagi tarqalgan sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra ushbu massivdagi sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqning granulometrik tarkibi: yuqori qatlamlarda o‘rta qumoq, o‘rta …
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YOR VA NISBATLARINING G‘O‘ZANI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Yusupova Yulduz
Toshkent viloyatining tuproq unumdorligi past bo‘lgan, sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaga ma’dan o‘g‘itlarni turli me’yor va nisbatlarda qo‘llashning uni o‘sib rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
-
SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZA (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.) GENOTIPLARINING MORFO-FIZIOLOGIK VA MOLEKULYAR-GENETIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
Shavqiyev Jaloliddin, Azimov Abdulaxat, Mamarasulov O‘rozbek
Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini cheklovchi asosiy ekologik omillardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda g‘o‘za (Gossypium hirsutum L.) genotiplarining sho‘rlanish sharoitida morfo-fiziologik va molekulyar-genetik xususiyatlari baholandi. Genotiplarning sho‘r stressga bardoshliligini …
-
O‘RIK NAVLARINI SUN’IY CHATISHTIRISH ORQALI YANGI DURAGAYLAR OLISH
Ro‘zimurodov Musurmon, Xamidov Akbar
Ushbu maqolada Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi seleksiya bo‘limida 2025-yilda o‘rik navlarini navlararo sun’iy chatishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar yoritilgan. Tadqiqotda “Yubeliyniy Navoiy” va “Shalaq” navlari onalik, mahalliy “Subxoniy” navi esa otalik …
-
LIMON TUPIDAGI GUL, NOVDA VA MEVALAR MIQDORI HAMDA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI
Utaganov Xusan, Agzamxodjaev Jamshid
Maqolada limonning an’anaviy navlari va yangi istiqbolli duragaylarining biologik rivojlanish xususiyatlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gullar sonining haddan ziyod ko‘pligi har …
-
ПРОДУКТИВНОСТЬ СЕМЯН ЭКОЛОГО- ГЕОГРАФИЧЕСКИ ОТДАЛЕННЫХ ГИБРИДОВ ЛЮЦЕРНЫ
Амантурдиев Шавкат, Худойбердиев Нурали, Амантурдиев Ботир, Сабиров Алишер, Шарипбаева Гулхаё, Умарова Манзура
Ushbu maqolada 2024 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida barpo etilgan uzoq ekologo-geografik duragaylarining 2025 yilda olingan o‘simliklari bo‘yi va urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA GENOFONDINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Amanturdiyev Botir, Xudoyberdiyev Nurali, Sabirov Alisher, Sharipbayeva Gulxayo, Umarova Manzura
Ushbu maqolada Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025 yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi birinchi yilgi bedaning xorijiy hamda mahalliy kolleksiya nav …
-
EKOLOGIK VA MATRIKAL JIHATDAN XILMA-XIL BO‘LGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING 1000 DONASI VAZNI
Mamedov Normuxammad
Maqolada ekologik va matrikal jihatdan xilma xil sifatlarga ega bo‘lgan urug‘lik chigitlarning 1000 donasining vazni bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan. Toshkent, Namangan va Xorazm viloyatlari sharoitida 2023-2025 yillarda yetishtirilgan Sulton, C-6524, …
-
KALIYLI O‘G‘ITNI KUZGI BUG‘DOYDA QO‘LLASHNING UMUMIY NPK MIQDORLARI VA DON HOSILIGA TA’SIRI
Ismayilov Jumanazar
Maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyda turli me’yor, muddat va usullarda qo‘llanilgan mahalliy kaliy o‘g‘itini o‘simliklardagi umumiy NPK miqdorlarining o‘zgarishi va don hosiliga ta‘siri bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan.