AGRO KIMYO HIMOYA

BEDA DURAGAYLARINING YASHIL MASSA MAHSULDORLIGI KOʻRSATKICHLARI

Amanturdiyev Shavkat
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0002-7347-267X
Karimov Ravshan
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm viloyati ITS
ORCID: 0009-0007-5407-5146
Amanturdiyev Botir
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0008-5653-9212
Sabirov Alisher
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0003-2755-214X
Muhammadiyev Bahrom
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm viloyati ITS
Umarova Manzura
Toshkent davlat agrar universiteti

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada 2025 yilda PSUYeAITI markaziy tajriba xoʻjaligida barpo etilgan birinchi yilgi beda duragay koʻchatzoridagi namunalarning oʻsimliklari boʻyi va uch oʻrim boʻyicha yashil massa mahsuldorligi boʻyicha olingan ma'lumotlar keltirilgan. Ikki oʻrim boʻyicha S-3791, S-3793, S-3794, S-3795, S-3796, S-3797, S-3798, S-3799, S-3800, S-3801, S-3804 va S-3805 duragaylar kombinasiyalari oʻsimliklarining oʻrtacha boʻyi andoza Toshkent-1navi (65,3 sm) koʻrsatkichidan 0,7-8,7 sm ga baland ekanligi namoyon boʻldi. Uch oʻrim boʻyicha yashil massa mahsuldorligi yigʻindisi andoza Toshkent-1 navida 338,0 g/oʻsimlik, duragay kombinasiyalarida esa 293,0 g/oʻsimlikdan 430,0 g/oʻsimlikkachani tashkil etdi. S-3794 (k-1222 Parkent – s/o), S-3796 (k-1170 Kurganskaya x k-1289 GeokTepe), S-3799 (k-1227 Zarkant x k-1113 Kzil Ardinskiy r-n), S-3800 (k-1227 Zarkant – s/o), S-3803 (k-1175 Noviy Urganch x k-1349, Nuxur) va S-3806 (k-1349 Nuxur – s/o.) duragaylarining ushbu belgi boʻyicha koʻrsatkichlari andoza navidan 12,4-27,2 % ga ustun ekanligi aniqlandi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Chop etilgan: 01.06.2026