Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI
Imomaliyev Erali, Jamolov Axadjon, Abdurahimov Diyorbek
Ushbu tadqiqotda Bt asosidagi g‘o‘za ekinlarining turli zararkunandalarga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilingan. Bt g‘o‘za Helicoverpa armigeraga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatib, insektitsidlar qo‘llanilishini sezilarli darajada kamaytirib agrotexnik jihatdan samarali yechim …
-
NOK MEVAXO‘RINING (CYDIA PYRIVORA) DARAXT KRONASI BO‘YICHA TARQALISH XUSUSIYATLARI
Abdumuminova Muqaddam
Tadqiqotda nok bog‘larida zararkunandalar populyatsiyasining vertikal yaruslar bo‘yicha taqsimlanishi o‘rganildi. Olingan natijalarga ko‘ra, 2025-yilda yuqori yarusda 50,1 birlik, o‘rta yarusda 35,8 birlik, pastki yarusda 14,1 birlik zararkunanda qayd etilgan. 2026-yilda …
-
SHIRIN QALAMPIR AGROBIOTSENOZIDAGI SHIRALARNING BIOEKOLOGIYASI, RIVOJLANISHI VA ZARARI
Qosimova Muxarramxon, Raximov Ixtiyorjon
Ushbu maqolada shirin qalampir (Capsicum annuum) agrobiotsenozida uchraydigan shiralar (Aphididae)ning bioekologik xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va o‘simlikka yetkazadigan zarari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida shiralar populyatsiyasining mavsumiy o‘zgarishi, ularning tarqalish omillari hamda o‘simlikning …
-
TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
Anorbayev Azimjon, Qurbonova Nafosat, Karimova Rixsiniso
Mazkur tadqiqotda tuproq entomopatogen nematodalarini dala va laboratoriya sharoitida samarali aniqlash hamda ajratib olish uchun ishlab chiqilgan portativ qurilmaning texnologik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida turli agrobiotsenozlardan tuproq namunalari yig‘ilib, ulardan …
-
AYRIM ICHKI KARANTIN OBYEKTLARIGA QARSHI YANGI INSEKTITSIDLARNI SINASH NATIJALARI
Xo‘jayev Shomil, Xusenova Nodira
Maqolada respublikamizda ichki karantin ob’ektlari bo‘lib turgan 2 ta hasharot: pomidor kuyasi hamda tut parvonasiga qarshi yangi analog insektitsidlarni sinash natijalari keltirilgan. Tajribalar asosida pomidor kuyasiga qarshi: Roklim Duo va …
-
ВОЗМОЖНОСТЬ РАСПРОСТРАНЕНИЯ БАКТЕРИАЛЬНОГО ОЖОГА ERWINIA AMYLOVORA В УЗБЕКИСТАНЕ
Учаров Артём, Рахматов Асрор, Акбаров Миржамол, Туропов Нодиржон
Erwinia amylovora bakteriyasining xo‘jayin o‘simliklari O‘zbekiston hududida keng tarqalgan. Bakterial kuyish kasalligi yuqori zarar yetkazish xususiyatiga ega bo‘lgani sababli pilot monitoring obyekti sifatida tanlandi. Kasallikning tarqalishida zararlangan ko‘chat materiallaridan tashqari …
-
SURXONDARYO VILOYATIDA ERWINIA AMYLOVORA (BAKTERIAL KUYISH) KASALLIGINING TARQALISHI VA ZARARI
Akbarov Mirjamol, Turopov Nodirjon
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida urug‘li mevali daraxtlarda uchraydigan Erwinia amylovora bakteriyasi qo‘zg‘atadigan bakterial kuyish kasalligining biologiyasi, tarqalish xususiyatlari, ekologik omillari, iqtisodiy zarari hamda unga qarshi kurashning zamonaviy usullari ilmiy …
-
ZARARLI XASVA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) NING ZARARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI FENOLOGIYASI
Raxmonova Guljamol, Mamatqulov O‘lmasbek
Ushbu maqolada zararli hasharot — zararli toshbaqasimon qandala (Eurygaster integriceps)ning kelib chiqishi, tarqalishi, biologiyasi va qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari ko‘rib chiqilgan. Ilmiy manbalar asosida hasharotning rivojlanish bosqichlari va faolligining …
-
KUZGI BUG‘DOYDA ZARARLI XASVA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) GA QARSHI KURASH VOSITALARI SAMARADORLIGI
Ergashev Shavkat, Bababekov Qalandar, Suyunov Matlabjon, Bashirov Utkir
Ushbu maqolada kuzgi bugʻdoyning so‘ruvchi zararkunandasi zararli xasva uning ko‘payishi, rivojlanishi, tarqalishi, tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabi, kuzgi bug‘doyga zarar keltirish muddati, qishlash shakli va joyi, zararkunandaga qarshi o‘tkaziladigan kurash …
-
XORAZM VILOYATI SHAROITIDA G‘O‘ZA MAYDONLARIDA TARQALGAN BEGONA O’TLAR TURLARI VA ULARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kurambayev Oybek, Yusupova Mahliyo
Ushbu ilmiy ishda begona o‘tlarning biologik rivojlanish mexanizmlari va ekologik moslashuv omillari o‘rganildi. Begona o‘tlarning ko‘payish yo‘llari, tashqi morfologik belgilarining agrotsenoz sharoitida namoyon bo‘lishi hamda g’o’za hosildorligiga ta’siri tahlil qilindi. …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA O‘SADIGAN IGNABARGLI VIRGIN ARCHASI (JUNIPERUS VIRGINIANA) NING EKOLOGIK OMILLARGA VA ZARARKUNANDALARGA CHIDAMLILIK DARAJASI
Utepbergenov Adilbay, Dauletmuratov Dastan
Mazkur maqolada Juniperus virginiana (Virginiya archasi) turining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi keskin kontinental va sho‘rlangan tuproqli hududlardagi biologik barqarorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda daraxtning abiotik omillarga (yuqori harorat, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish) nisbatan chidamlilik …
-
O‘RINDOSH MAKKAJO‘XORINI HIMOYA QILISHNING GʻO‘ZA UCHUN AHAMIYATI
Xo‘jayev Shomil, Yuldashev Farrux
Mazkur maqolada gʻoʻza–bugʻdoy–oʻrindosh ekinlar tizimida makkajoʻxori va boshqa baland boʻyli oʻrindosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishning gʻoʻza agrotsenozidagi fitosanitar holatga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqotlar davomida makkajoʻxori poya parvonasi (Ostrinia nubilalis Hübner), leukaniya …
-
FORISH TUMANI CHO‘L AGROEKOTIZIMLARIDA YAYLOV HOSILDORLIGINING IQLIM OMILLARI TA’SIRIDA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Oʻralova Nilufar
Mazkur tadqiqotda Jizzax viloyati Forish tumani cho‘l agroekotizimlarida o‘simlik qoplami tarkibi va yaylov hosildorligining iqlim omillari ta’sirida shakllanish xususiyatlari baholangan. Transekt va kvadrat namuna olish usullari asosida 3 ta 1 …
-
G‘O‘ZADA FIZIOLOGIK JARAYONLAR REGULYATSIYASI VA DEFOLIATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH
Musayeva Gulbaxor, Abduraxmonov Diyorjon, Isroilov Dostonbek
Ushbu maqolada g‘o‘zada fiziologik jarayonlar regulyatsiyasi va defoliatsiyani optimallashtirish masalalari o‘rganildi. Dala tajribalari asosida defoliatsiya jarayonining o‘simlikning fiziologik holati va ko‘saklarning ochilishiga ta’siri tahlil qilindi. Defoliatsiyani optimal muddat va me’yorlarda …
-
KUZGI YUMSHOQ BUGʼDOY NAVLARINING SUT PISHISH DAVRLARIGA MINTAQA SHAROITI TAʼSIRI
Ishankulova Gavxar
Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining sut pishish davriga mintaqa sharoitlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harorat va boshqa agroiqlim omillari sut pishish davrining davomiyligi hamda navlarning rivojlanish xususiyatlariga sezilarli …
-
MOSH NAVLARINING QURUQ MASSA TOʻPLASH JADALLIGIGA EKISH TIZIMLARI HAMDA MA'DANLI OʻGʻITLAR QOʻLLASH ME'YORLARINING TA'SIRI
Shoymuradov Abror, Adisolomova Iroda
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekish tizimi hamda mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishni Durdona va Barqaror navlari uchun eng yuqori biologik quruq massa toʻplash bir tup …
-
O‘ZBEKISTONDAGI LALMI TUPROQLAR UNUMDORLIGINI ASRASH VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA SAMARALI FOYDALANISH
Shamsiddinov To‘lqin, Ruziyev Raxmatjon, Nurullayeva Baxora, Sagatova Barno
Mazkur maqolada O‘zbekistonning lalmi hududlarida tarqalgan tuproqlarning agroekologik holati, ularning unumdorligini belgilovchi asosiy omillar hamda tuproq degradatsiyasini oldini olishning ilmiy-amaliy jihatlari tahlil qilingan. Lalmi tuproqlardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish, suv …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBASI
Xojiyev Kuchkor, Aliyev Azizjon
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlarning 1:25 000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratish bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda raqamli tuproq xaritalashning nazariy va metodologik asoslari, jumladan …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
MASS REARING, STORAGE TECHNOLOGY AND BIOLOGICAL EFFICIENCY OF GREEN LACEWING (CHRYSOPERLA CARNEA) IN AGROBIOCENOSES
Jumaev Rasul, Javliyev Sunnat
Mazkur tadqiqotda Chrysoperla carnea (Stephens) va Chrysopa septempunctata (Neuroptera: Chrysopidae) entomofaglarini laboratoriya va agrobiotsenoz sharoitida ommaviy ko‘paytirish, saqlash texnologiyasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Sitotroga cerealella (Olivier) asosida ko‘paytirish …