2-maqola
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA O‘SADIGAN IGNABARGLI VIRGIN ARCHASI (JUNIPERUS VIRGINIANA) NING EKOLOGIK OMILLARGA VA ZARARKUNANDALARGA CHIDAMLILIK DARAJASI
Utepbergenov Adilbay
Qoraqalpogՙiston qishloq xoՙjaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi
ORCID: 0000-0001-7785-8644
Dauletmuratov Dastan
Qoraqalpogՙiston qishloq xoՙjaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi
ORCID: 0009-0007-0257-5923
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada Juniperus virginiana (Virginiya archasi) turining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi keskin kontinental va sho‘rlangan tuproqli hududlardagi biologik barqarorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda daraxtning abiotik omillarga (yuqori harorat, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish) nisbatan chidamlilik mexanizmlari hamda zararkunandalarga qarshi tabiiy himoya xususiyatlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tur boshqa ignabargli daraxtlarga nisbatan kamroq zararkunandalarga chalinadi, biroq ekologik stress davrida uning ham fitosanitar holatini nazorat qilish dolzarb hisoblanadi.</p> <p> </p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№5 [120], 2026
Chop etilgan: 22.06.2026