Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
ISSIQXONA SHAROITIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARIDA ALMASHINUVCHI KALIY (K₂O) DINAMIKASIGA O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Sanakulov Akmal, Islomov Asqarjon
Ushbu maqolada issiqxona sharoitida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda almashinuvchi kaliy (K₂O) miqdorining vegetatsiya davomida o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar uch yillik tajribalar asosida olib borilib, turli o‘g‘it tizimlarining kaliy rejimiga ta’siri …
-
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQ G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI
Ismailov Dauletbay, Xalikov Baxodir
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi almashlab ekish tizimlari hamda turli mineral o‘g‘it me’yorlarining tuproq g‘ovakligiga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 2023-2024 yillarda olib …
-
SOYA EKINIDA UCHRAYDIGAN SHIRALARGA QARSHI PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Xolliyev Asamiddin, Xoliqova Marjona
Ushbu maqolada Toshkent viloyati sharoitida soya ekinida uchraydigan shiralar zararkunandasiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida Mekar, Asetaplan 200 SL va Agroplan neo preparatlarining turli me’yorlarda qo‘llanishi …
-
MAYMUNJONNING (RUBUS CAESIUS, RUBUS FRUTICOSUS) NAVLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISHDA ME’YOR VA MUDDATLARNI HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Atabayev Ma’ruf, Qurbonnazarova Sarvinoz
Ushbu maqolada maymunjonning Rubus caesius va Rubus fruticosus navlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda o‘g‘it me’yorlari hamda qo‘llash muddatlarining hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning turli me’yorlari …
-
QOVUNNING ERTA PISHAR NAVlARIDAN YUQORI HOSIL OLISH AGROTEXNOLOGIYASI
Satipov Gaipnazar, Yusupova Azada
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan erta pishar “Bosvoldi” qovun navini turli ekish sxemasi va o‘g‘itlar me’yorlarida toʻgʻri va optimal oziqlantirishga erishish orqali oʻsimliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirish рamda ertaroq …
-
KUNGABOQAR POYASINING O‘SISHIGA VA BARG HOSIL BO‘LISHIGA BIOSTIMULYATORLARNING TA’SIRI
Yuldasheva Zulfiya, Qarabayeva Dilfuza
Maqolada moyli kungaboqarning Dilbar navi poyasi o‘sishiga va barg hosil bo‘lishiga o‘suv fazalari bo‘yicha biostimulyatorlarning turli me’yorlari ta’siri aniqlandi. Nazorat, (etalon), Biostimulyatorlardan Fitovak 20%, Bioduks, MERS biostimulyatorlari qo‘llanildi va ularga …
-
MOYLI ZIG‘IR NAVLARI URUG‘INING SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA EKISH ME’YORLARINING TA’SIRI
Yuldasheva Zulfiya, Ismatullaeva Azizaxon
Ushbu maqolada moyli zig‘ir navlari urug‘ining sifat ko‘rsatkichlariga эkish me’yorlarining ta’siri o‘rganilib, gektariga 5,0 mln.dona miqdorida urug‘ ekilgan variantda Bahorikor nazorat navida 785,3 l/gramm urug‘ naturasi bo‘lib, Fliz naviga nisbatan …
-
TURLI KUZGI EKISH MUDDAT VA ME'YORLARIDA QASHQARBEDA VA BOSHOQLI EKINLARDAN TAYYORLANGAN KOʻK MASSA TARKIBIGI KUL MIQDORINING TAHLILLARI
Beknayev Ulugʻbek, Mamarahimov Bunyod
Ushbu maqolada 2022–2024-yillarda qashqarbeda va boshoqli ekinlar (suli, javdar va tritikale) aralashmalarini turli ekish muddatlari va me’yorlarida yetishtirish natijasida olingan ko‘k massa tarkibidagi azot miqdori laboratoriya sharoitida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga …
-
QASHQARBEDA VA BOSHOQLI DON EKINLARNI OʻRTACHA SHOʻRLANGAN MAYDONLARDA KUZGI EKISH MUDDAT VA ME'YORLARIDA BARGDORLIK KOʻRSATKICHLARI
Beknayev Ulugʻbek, Mamarahimov Bunyod
Qashqarbeda va suli, javdar, tritikale ekinlarini aralash holda turli muddat va me'yorlarda 2022-2024 yillardagi bargdorlik koʻrsatkichi boʻyicha shuni xulosa qilish mumkinki, 30 sentyabrda ekilgan qashqarbeda 12 kg+tritikale 80 kg variantda …
-
XORIJIY G‘O‘ZA NAVIDA RETARDANT QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARI HAMDA SUG‘ORISH TARTIBINING KO‘CHAT QALINLIGIGA TA’SIRI
Xasanova Firyuza, Qarabayev Ikromjon, Atabayeva Ma’mura, Saydaliyev Begijon
Maqolada, Xorijiy g‘o‘za navini yetishtirishda nazariy ko‘chat qalinligi 220–240 ming tup/ga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70–75–65% va entojan preparati 6 marotaba 10:15:45:90:90:120 g/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘chatlarning saqlanishi …
-
G‘O‘ZA BARG SATHI VA HUJAYRA SHIRASI KONSENTRATSIYASIGA BENTONIT GILLARI KUKUNINING TA’SIRI
Davronova Zohida, Boltayev Saydulla
Maqolada bentonit gillari kukunidan foydalanishning g‘o‘za o‘simligining barg sathi shakllanishi hamda hujayra shirasi konsentratsiyasiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, bentonitning turli me’yorlarda qo‘llanilishi o‘simlikning fiziologik holati, suv almashinuvi …
-
GʻOʻZA YЕTISHTIRISHDA SUGʻORISH TARTIBI VA MAVSUMIY SUGʻORISH ME'YORLARINING AHAMIYATI
Mamataliyev Ikrom, Shadmanov Djamaliddin, Amonov Nurbek, Mamarasulov Shoxrux
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati oʻrtacha shoʻrlangan och tusli boʻz tuproqlari sharoitida gʻoʻzaning suvga boʻlgan ehtiyoji uning rivojlanish fazalariga qarab oʻzgarishi boʻyichama'lumotlar keltirilgan.
-
MINERAL VA ORGANIK OʻGʻITLARNING “AFRIKA TARIGʻI XASHAKI 1” NAVINI HOSILDORLIGIGA TAʻSIRI
Seytekova Miuagul, Namozov Normamat
Tadqiqotda mineral (N80P60K40, N100P75K50, N120P90K60) va organik (10 va 20 t/ga goʻng) oʻgʻitlarning alohida va birgalikda meʻyorlarining “Afrika tarigʻi – Xashaki 1” navi hosildorligiga taʻsiri oʻrganildi. Dala tajribalari 2022-2024 yillarda …
-
KUZGI JAVDAR BOSHOG‘INING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARGA URUG‘ EKISH ME’YORLARI HAMDA MINERAL O’G’ITLAR MIQDORLARINI TA’SIRI
Sapayeva Gulmira, Babadjanova Madina, Ibadullayeva Maftuna
Ushbu maqolada kuzgi javdar boshog‘ining asosiy biometrik ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli ekish me’yorlari va o‘g‘itlash darajalari sharoitida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda …
-
MOSH YETISHTIRISHDA URUG’ EKISH HAMDA MA’DANLI O’G’ITLAR ME’YORLARINING KO’CHATLAR SAQLANUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Shoymuradov Abror, Abdisolomova Iroda
Maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekish hamda mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishni Durdona va Barqaror navlari uchun 76x5 ekish tizimi va N45P60K45 o’g’itlash me’yori eng samarali variant …
-
KUZGI TRITIKALE NAVLARINING KO‘CHAT SONIGA EKISH ME’YORLARI VA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI
Baxramova Nilufar, Azimova Muxayyo, Ergashev Rustam
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida kuzgi tritikalening “Sardor” va “Odisey” navlarida turli ekish hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining dala unuvchanligi, qishga kirish oldi va qishdan keyingi ko‘chat soniga ta’siri o‘rganildi. …
-
TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA AFRIKA TARIG‘INING O‘SISHI VA HOSILDORLIGIGA TUPROQDAGI HARAKATCHAN FOSFOR MIQDORINING O‘ZGARISH DINAMIKASI SEZILARLI TA’SIR KO‘RSATADI
Kasimov Botir, Odilova Nilufar
Bugungi kunda jahon miqyosida yetishtirilayotgan donli qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda chorvachilik uchun yashil massa beradigan mahsulotlar bilan bog‘liq bozor muammolarini bartaraf etish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Olib borilgan tajribalarda …
-
TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA ECOGUMIN ORGANIK O‘G‘ITI VA MA’DANLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING G‘O‘ZANI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ahmadjonova Gulnoza, Asatova Saodat
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida g‘o‘zaning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi, yuqori va sifatli hosil to‘plashi uchun mineral o‘g‘itlar bilan birga organic Ecogumin o‘g‘itini qo‘llash orqali oziqlantirish zarurligi aniqlangan.G‘o‘za ekiniga mineral o‘g‘itlar N-200, …
-
G‘O‘ZANING QURUQ MASSA TO‘PLASHIDA MIKROELEMENTLARNING O‘RNI
Davronov Qaxramonjon, Teshaboyev Nodirbek
Ushbu maqolada g‘o‘zanin quruq massa to‘plashida mineral va mikroelementli suyuq kafolon o‘g‘itini g‘o‘zaning bargi orqali qo‘llaganda turli me'yorlar muddatlarida hamda mineral o‘g‘itlarni 3 xil fonida, ya’ni ikkinchi va uchinchi chinbarg …
-
ИЗМЕНЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ ПОДВИЖНЫХ ФОРМ АЗОТА ФОСФОРА И СЕРЫ В ПОЧВЕ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ РЕЖИМА СЕРНОГО ПИТАНИЯ ХЛОПЧАТНИКА
Махмудова Миясар
Maqolada odatiy bo’z tuproqda turli ozuqlantirish darajasida g’ozaga oltingugurtni tadbiq etish hamda oltingugurt va turli azot me’yorlarini qo’llashda tuproqda transformatsiyasi va g’o’zaning azotdan foydalanishi samaradorligini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tajribada barqaror …