Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
OCHIQ MAYDONDA KOLRABI KARAM NAVLARINI TURLI EKISH MUDDATLARIDA YETISHTIRISHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Sheraliyev Jamshid, Axmedova Munisa
Maqolada kolrabi karamining “Qizil toj” va “Salfer” navlarida turli ekish muddatlarining o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Natijada, ekish muddatlari kolrabi karamining o‘sishi va hosil shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, …
-
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHIRIN QALAMPIRNING GETEROZIS DURAGAYLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA SHAKLLARINI TANLASH TAMOYILLARI
Axmedov Baxtiyor
Ushbu maqolada shirin qalampirning istiqbolli geterozis duragaylarini yaratish uchun ota-ona shakllarini tanlash tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda mahalliy («Dar Tashkenta», «Zarya Vostoka», «Tong» va boshqalar) hamda introduksiya qilingan («Anetta F1», «Jemini F1» …
-
МЕХАНИЗМЫ СОЛЕУСТОЙЧИВОСТИ NITRARIA SCHOBERI L., ATRIPLEX CANA C.A. MEY. И LYCIUM RUTHENICUM MURRAY В УСЛОВИЯХ ПРИАРАЛЬЯ: АНАЛИЗ ЛИТЕРАТУРЫ
Муминова Махлиё, Аллабердиев Рустам
Maqolada Orol dengizining qurigan tubida (Orolqum) o'sadigan uch buta galofit tur – Nitraria schoberi L., Atriplex cana C.A. Mey. va Lycium ruthenicum Murray – larning hozirgi zamon o'rganilganlik holati tahlil …
-
ПРОДУКТИВНОСТЬ СЕМЯН ЭКОЛОГО- ГЕОГРАФИЧЕСКИ ОТДАЛЕННЫХ ГИБРИДОВ ЛЮЦЕРНЫ
Амантурдиев Шавкат, Худойбердиев Нурали, Амантурдиев Ботир, Сабиров Алишер, Шарипбаева Гулхаё, Умарова Манзура
Ushbu maqolada 2024 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida barpo etilgan uzoq ekologo-geografik duragaylarining 2025 yilda olingan o‘simliklari bo‘yi va urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA GENOFONDINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Amanturdiyev Botir, Xudoyberdiyev Nurali, Sabirov Alisher, Sharipbayeva Gulxayo, Umarova Manzura
Ushbu maqolada Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025 yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi birinchi yilgi bedaning xorijiy hamda mahalliy kolleksiya nav …
-
GOSSYPIUM HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB “ITPITI-101” G‘O‘ZA NAVINING BIRINCHI YILGI URUG‘LIK (0,30 GA) KO‘CHATZORINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Ochildiyev Najmiddin, Hudaynazarov Abdurashid, Choriyeva Yulduz, Raximov Rustam
Maqolada Gossypium hirsutum L. turiga mansub “ITPITI-101” g‘o‘za navining birinchi yilgi urug‘lik (0,30 ga) ko‘chatzorini tashkil etish va uning samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi mazkur nav bo‘yicha birlamchi urug‘chilik …
-
EKOLOGIK VA MATRIKAL JIHATDAN XILMA-XIL BO‘LGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING 1000 DONASI VAZNI
Mamedov Normuxammad
Maqolada ekologik va matrikal jihatdan xilma xil sifatlarga ega bo‘lgan urug‘lik chigitlarning 1000 donasining vazni bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan. Toshkent, Namangan va Xorazm viloyatlari sharoitida 2023-2025 yillarda yetishtirilgan Sulton, C-6524, …
-
SABZAVOT MAKKAJO‘XORINI O‘SISHI, RIVOJLANISHINI EKISH MUDDATLARI VA MINERAL O‘G‘ITLASH ME’YORLARIGA BOG‘LIQLIGI
Poyonova Gulsanam, Yuldasheva Hilola, Rizayev Shuxrat
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sabzavot makkajo‘xorini Zamon navi va Megaton F1 duragayini qulay ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlash me’yorlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
-
JANUBIY MINTAQALAR SHAROITIDA YETISHTIRILGAN MOSHNING NAV VA TIZMALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARINING HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Shermurodov Sardor
Ushbu masolada Janubiy mintaqalar iqlim sharoitida yetishtirilgan mosh nav va tizmalarining biometrik ko‘rsatkichlari o‘simlik bo‘yi, dukkak uzunligi, bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni kabi ko‘rsatkichlarshsh mahsuldorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tavsiya etilgan …
-
O‘SIMLIKLARDAN OLINGAN POLIPRENOLLARNING SOYA DONIDA OQSIL TO‘PLANISHIGA TA’SIRI
Baxramova Nilufar, To‘raeva Saida, Zakirova Rano, Kurbanova Elvira
Ushbu maqolada o‘simliklardan olingan poliprenollarning ta’siri Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida soyani Hosildor navi urug‘lariga ishlov berib parvarishlangan soya donining oqsil miqdoriga ta’siri natijalari bayon etilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, poliprenollar …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI TUMANLARIDAGI SUG‘ORILADIGAN YERLARNING 1:25000 MASSHTABLI ELEKTRON RAQAMLI TUPROQ XARITALARINI YARATISH
Mengliqulov Erkin, Alimaxamatova Shaxnoza, Zaripboyeva Maftuna
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi sug‘oriladigan yerlar uchun 1:25000 masshtabli elektron raqamli tuproq xaritalarini yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tuproq xaritalari, agrokimyoviy ma’lumotlar, yer kadastri materiallari hamda masofadan zondlash …
-
YER TUZISH LOYIHALARIDA YER TOIFASINI O‘ZGARTIRISH JARAYONINING TAHLILI VA SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH MASALALARI
Safayev Sanjarbek, Qadirov Abduhalil
Mazkur maqolada yer tuzish loyihalarini yuritishda yerlarni boshqa yer toifalariga o‘tkazish jarayonining ilmiy va amaliy jihatlari hamda ushbu jarayonda yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yer toifasini …
-
YER FONDI TARKIBIDAGI O‘ZGARISHLAR VA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING QISQARISH TENDENSIYASINI ILMIY TAHLIL QILISH
Safayev Sanjarbek, Qadirov Abduhalil
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi yer fondi tarkibidagi oʻzgarishlar hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning qisqarish tendensiyasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yer fondining toifalar boʻyicha taqsimlanishi, qishloq xoʻjaligi yerlarining miqdoriy …
-
SIRDARYO VILOYATI MIRZAOBOD TUMANIDA TARQALGAN SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI TUPROQLARINING MORFOLOGIK TUZILISHI VA MEXANIK TARKIBI
Abdushukurova Zamira, Zakirova Salomat
Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Mırzaobod tumanıda tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining mexanik tarkibi tuproq turlari, ularning xususiyatlari va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, tuproqlarning sho‘rlanish jarayonlari, ularning unumdorligini saqlash va …
-
JANUBIY FARG‘ONANING SUG‘ORILADIGAN OCH BO‘Z TUPROQLARI AGROFIZIK XUSUSIYATLARIGA TAKRORIY EKINLAR VA O‘G‘ITLASHNING TA’SIRI
Isaqov Valijon, Iminchayev Raxmatjon
Ushbu maqolada Janubiy Farg‘onaning sug‘oriladigan toshshag‘alli och bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan mosh va loviyaning hamda mineral o‘g‘itlar meyorlarining tuproq hajm zichligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida mosh va …
-
TURLI DARAJADA ERROZIYALANGAN LALMI TUPROQLARNING AROKIMYOVIY XOSSALARI
Qorayev Aliyor, Abdurasulov Hamza
Maqolada tadqiqot olib borilgan tog‘ va tog‘ oldi hudud tuproqlarining nishabligiga bog‘liq holda, yomg‘ir suv oqimlarining ta’siri natijasida tuproqlari turli darajada eroziyaga uchragan va lalmi tipik bo‘z tuproqlarda eroziyalanish holati, …
-
QURIGAN DENGIZ TUBI FLORASINI INVENTARIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN AMALDAGI METODLAR TAHLILI
Bektashov Behroʻz, Samatov Nuriddin, To‘layev Jo‘rabek
Ushbu maqolada Orol dengizi qurigan tubining florasini inventarizatsiya qilishda qo‘llaniladigan amaldagi metodlar tahlil qilinadi. Flora global ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik va inson hayotiy faoliyatining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. …
-
QO‘SHTEPA TUMANIDA GIDROGRAFIK OBYEKTLARNI YO‘QLAMADAN O‘TKAZISH VA XARITASINI TUZISH ISHLARI
Ruzmetov Maksud, Xojimurodov Nuriddin
Ushbu maqolada gidrografik obyektlarni yo‘qlama (inventarizatsiya)dan o‘tkazish, ArcGIS dasturiy ta’minoti yordamida geoma’lumotlar bazasini shakillantirish hamda elektron raqamli xaritalarini yaratish va suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish bo‘yicha tajribalar to‘g‘risida o‘rganishlar bayon etilgan.
-
KUZGI TRITIKАLE NАVLАRINI YАSHOVCHАNLIGIGА EKISH MUDDАTLАRI VА ME’YORLАRINING TА’SIRI
Ismoilov Voxid, Tursunov Shermuxammad, Xudoyqulov Sarvar
Maqolada kuzgi tritikaleni Davlat reyestriga kiritilgan Normаn hamda Fаrxod navlari unib chiqishi, hosil yig’ishtirishgacha yashovchanligiga ekish muddatlari va me’yorlarini ta’siri natijasida olingan ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasida har ikkala navni …
-
QUMLI-CHOʻL TUPROQLAR MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING AYRIM IMKONIYATLARI
Saidova Munisa, Tursinbayev Mirzabek
Ushbu maqolada Navoiy viloyati Nurota tumani qumli-cho‘l tuproqlarining degradatsiyaga moyilligini tizimli ravishda aniqlash, ushbu tuproqlarning unumdorligini tiklash imkoniyatlarini zamonaviy usullar asosida baholashdan bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Qaysiki, cho‘l …