AGRO KIMYO HIMOYA

GOSSYPIUM HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB “ITPITI-101” G‘O‘ZA NAVINING BIRINCHI YILGI URUG‘LIK (0,30 GA) KO‘CHATZORINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Ochildiyev Najmiddin
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining “Birlamchi urug‘chilik va urug‘shunoslik” laboratoriyasi
ORCID: 0009-0008-9615-7585
Hudaynazarov Abdurashid
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0003-2879-0702
Choriyeva Yulduz
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining Termiz nav sinash stansiyasi
Raximov Rustam
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-1945-6304

Annotatsiya

<p>Maqolada Gossypium hirsutum L. turiga mansub “ITPITI-101” g‘o‘za navining birinchi yilgi urug‘lik (0,30 ga) ko‘chatzorini tashkil etish va uning samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi mazkur nav bo‘yicha birlamchi urug‘chilik tizimida nav tozaligini saqlash, morfologik va xo‘jalikka foydali belgilarining barqarorligini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Birinchi yilgi urug‘lik (0,30 ga) ko‘chatzorida agrotexnik tadbirlar belgilangan talablar asosida amalga oshirilib, dala ko‘rigi va aprobatsiya ishlari o‘tkazildi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, nav tozaligi, xosildorlik hamda urug‘lik paxta sifat ko‘rsatkichlari baholandi. Birlamchi urug‘chilik jarayonida individual tanlash, morfologik aprobatsiya va dala ko‘riglarini o‘tkazish tadbirlari amalga oshirildi. Nav tozaligi 98,6-99,2 %, urug‘lik paxta hosildorligi 46,5-47,2 s/gani, urug‘lik paxta chiqimi esa gektaridan 18 sentnerni tashkil etdi. Tola chiqishi 38,5-40,2 %, tola uzunligi 37,2-38,3 mm bo‘ldi. Natijalar navning genetik barqarorligi va yuqori mahsuldorligini tasdiqlaydi. Natijalar “ITPITI-101” navining biologik xususiyatlari barqarorligi, yuqori nav tozaligi va xosildorlik salohiyatini tasdiqladi. Olingan ma’lumotlar ushbu nav bo‘yicha birlamchi urug‘chilik ishlarini samarali tashkil etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [117], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026