O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHIRIN QALAMPIRNING GETEROZIS DURAGAYLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA SHAKLLARINI TANLASH TAMOYILLARI

Axmedov Baxtiyor
“GREEN VALLEY SEEDS”xususiy korxonasi

Abstract

Ushbu maqolada shirin qalampirning istiqbolli geterozis duragaylarini yaratish uchun ota-ona shakllarini tanlash tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda mahalliy («Dar Tashkenta», «Zarya Vostoka», «Tong» va boshqalar) hamda introduksiya qilingan («Anetta F1», «Jemini F1» va boshqalar) namunalar oʻzaro chatishtirildi. Ekologo-geografik va qimmatli xoʻjalik belgilari tamoyillari asosida 50 ta duragay kombinatsiyasi olinib, ularning texnik va biologik pishish davridagi mahsuldorligi tahlil qilindi. Natijada mahalliy iqlimga moslashgan, yuqori hosildor va ekologik barqaror eng istiqbolli duragaylar ajratib olindi.

How to cite

GOSTAxmedov B. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHIRIN QALAMPIRNING GETEROZIS DURAGAYLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA SHAKLLARINI TANLASH TAMOYILLARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №2 (117). – DOI: 10.63241/akhvvol117y2026iss2m28.
APAAxmedov B. (2026). O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SHIRIN QALAMPIRNING GETEROZIS DURAGAYLARINI YARATISH UCHUN OTA-ONA SHAKLLARINI TANLASH TAMOYILLARI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 117(2). https://doi.org/10.63241/akhvvol117y2026iss2m28
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [117], 2026 Published: 01.04.2026