Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
BIOLABORATORIYALARDA ENCARSIA PARTENOPEA YETISHTIRISH VA UNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI TA’SIRI
Xolliyev Asamiddin Turaevich, Elmurodov Maqsudjon Ziyodullo o‘g‘li
Ushbu maqolada Aleyrodidae (oq qanotlilar) oilasiga mansub zararkunandalarga qarshi biologik kurashda Encarsia partenopea (Hymenoptera) entomofagidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi biolaboratoriya sharoitida ushbu parazitoidni ko‘paytirishning samarali usullarini ishlab …
-
TRIXOGRAMMA PARAZITINI ZARARKUNANDA TUXUMLARIGA QARSHI QO‘LLASHNING TURLI USULLARI
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Anorbayev Azimjon Raimkulovich
Ushbu maqolada g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) tuxumlariga qarshi trixogrammani tarqatishning ikki xil usulining biologik samaradorligi qiyosiy baholandi. Tajribalarda Trichogramma chilonis Ishii turi an’anaviy imago holatida qog‘oz qiyqimlarda va yangi usul …
-
SESAMUM INDICUM L. EKINIDA ASOSIY ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULLARINING SAMARADORLIGI VA EKOLOGIK XAVFSIZLIGI
Erkinov Xolbek, Sulaymonova Nargiza
Ushbu maqolada kunjut ekinida keng uchraydigan issiqxona oqqanotiga qarshi kurashishda kunjut urug‘ini Kruizer Ekstra, 36,2% sus.k. urug‘dorilagichi bilan kunjut urug’lariga qayta ishlov berilib biologik samaradorligini o‘rganish va pereparatning urug’lar unuvchanligiga …
-
EKSPORTBOP GILOS BOG‘LARIDA ZARARKUNANDALARGA AN’ANAVIY VA INNOVATSION QARSHI KURASH USULLARI
Xolmirzayeva Zulfizarxon, Raximov Ixtiyorjon
Ushbu maqolada eksportbop gilos bog‘larida uchraydigan asosiy zararkunandalar va ularga qarshi kurashning an’anaviy hamda innovatsion usullari tahlil qilinadi. Kimyoviy pestitsidlarning samaradorligi bilan bir qatorda ularning ekologik va iqtisodiy cheklovlari yoritilgan. …
-
TUPROQ ENTOMOPATOGEN NEMATODALARINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
Anorbayev Azimjon, Qurbonova Nafosat, Karimova Rixsiniso
Mazkur tadqiqotda tuproq entomopatogen nematodalarini dala va laboratoriya sharoitida samarali aniqlash hamda ajratib olish uchun ishlab chiqilgan portativ qurilmaning texnologik imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida turli agrobiotsenozlardan tuproq namunalari yig‘ilib, ulardan …
-
TAMAKI AGROSENOZIDA ZARARKUNANDA TUNLAMLARNING TURLAR TARKIBI VA ULARGA QARShI BIOLOGIK VA KIMYOVIY KURASH SAMARADORLIGI
Ergashev Shavkat, Bababekov Qalandar, Xursanov Xayrullo, Omonqulov Dilmurod
Samarqand viloyati Urgut tumani sharoitida tamaki ekiniga gʻoʻza tunlamining zarar keltirish darajasi va unga qarshi biologik va kimyoviy kurash usullarining samaradorligi boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot olib borilgan yillarda gʻoʻza tunlami …
-
PAVLOVNIYA DARAXTINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH USULLARI
Artikov Orifjon
Ushbu maqolada pavlovniya daraxtining asosiy zararkunandalari keltirilgan bo‘lib asosan o‘rgimchakkan zararkunandasining marfologiyasi keng yoritilgan, ushbu so‘ruvchi zararkunandaga qarshi samarali kimyoviy kurash olib borilgan. Bunda o‘rgimchakkanaga qarshi Rimon Fast,10% s.k. va …
-
O‘ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ANACANTOTERMES AVLODI TERMITLARI, ULARNING ZARARLI FAOLIYATIGA QARSHI KURASHISH USULLARI
Axmedov Voxidjon, Ganieva Zumrad, Rustamov Kahraman, Xashimova Muhabbat, Turgunboev Ozodbek
Maqola Anacanthotermes turkumiga mansub termitlar muammosiga bag‘ishlangan. Unda anitermit primankalarni ishlab chiqish va ularni termitlarning vayronkor faoliyatiga qarshi kurashda qo‘llash xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Termitlarga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda dastlab …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZI SHAROITIDA SHAFTOLI DARAXTLARINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrobiotsenozi sharoitida shaftoli daraxtlarida uchraydigan asosiy zararkunandalarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida shaftoli shirasi (Myzodes persicae Sulzer) va katta shaftoli tana …
-
SURXONDARYO VILOYATIDA ERWINIA AMYLOVORA (BAKTERIAL KUYISH) KASALLIGINING TARQALISHI VA ZARARI
Akbarov Mirjamol, Turopov Nodirjon
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida urug‘li mevali daraxtlarda uchraydigan Erwinia amylovora bakteriyasi qo‘zg‘atadigan bakterial kuyish kasalligining biologiyasi, tarqalish xususiyatlari, ekologik omillari, iqtisodiy zarari hamda unga qarshi kurashning zamonaviy usullari ilmiy …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)
Mirabidova Dildora, Berdiyeva Feruza
Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASHNING ISTIQBOLLARI
Toreniyazov Elmurat, Rozımova Amangul, Amaniyazov Islambek
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida qishloq xo‘jaligi ekinlarida tarqalgan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida entomoakarifaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari …
-
NOK BOG‘LARIDA UCHRAYDIGAN SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALAR BIOEKOLOGIYASI HAMDA ULARNING AHAMIYATI
Nazarov Shaxzod, Ummatov Laziz
Ushbu maqolada Toshkent viloyatining Qibray tumanlari sharoitida nokzorlarida uchraydigan asosiy so‘ruvchi zararkunandalarning biologiyasi va ekologiyasi o‘rganildi. Ularga qarshi ekologik toza va integratsiyalashgan kurash usullari joriy etildi. Tadqiqotlar natijasida nok daraxtlarining …
-
ISSIQXONA VA OCHIQ MAYDONLARDAGI POMIDOR VA BULGʻOR QALAMPIRI EKINLARINI TUTA ABSOLUTA ZARARKUNANDASIDAN HIMOYA QILISHNING SAMARALI USULLARI
Rahmonov Ahliddin, Raximov Uchqun
Ushbu sharh maqolada pomidor va bulg‘or qalampiri ekinlarining eng xavfli zararkunandasi bo‘lgan pomidor kuyasi (Tuta absoluta Meyrick) ga qarshi kurashning zamonaviy strategiyalari tahlil qilinadi. Maqolada zararkunandaning global tarqalishi, biologik adaptatsiyasi …
-
ВРЕДИТЕЛИ ЗЕРНОБОБОВЫХ КУЛЬТУР И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ
Нематиллаева Гуландом, Кожевникова Алевтина
Maqolada donli loviya ekinlarining asosiy zararli organizmlari, ularning biologik xususiyatlari, zararli ta’siri va hosilga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi kurash usullari, jumladan, agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarga e’tibor qaratilgan. …
-
EFFECTIVENESS OF THE METHOD OF BIOLOGICAL CONTROL AGAINST PESTS FOUND ON BAMIYA VEGETABLE CROPS
Kholliyev Asamiddin, Jurayev Jakhongir, Tinchlikova Shafoat
Mazkur maqolada bamiya (Hibiscus esculentus L.) sabzavot ekinida uchraydigan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida poliz shirasi va g‘o‘za tunlamiga qarshi oltinko‘z hamda Bracon hebetor entomofaglarining …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM SHAROITIDA O‘RIK DARAXTI ZARARKUNANDALARINING TURLARI VA RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASIGA QARSHI KURASH
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroiqlim sharoitidagi o‘rik daraxtlari agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalar tarkibi, ularning tarqalishi hamda zarar yetkazish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida o‘rik-qamish shirasi, katta shaftoli tana shirasi, yashil olma …
-
VODIY SHAROITIDA QOVOQ EKINLARIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘apporov Islomjon, Shomirzoyev Asliddin, Hamdamova Zaxroxon
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida qovoq ekinlarida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar, ularning bioekologik xususiyatlari, zararlanish darajasi hamda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili bayon etilgan. Tadqiqotlarda unshudring, …
-
ANJIRNING AHAMIYATI, ULARNING ZAMBURUG‘LAR QO‘ZG‘ATADIGAN ASOSIY KASALLIKLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH USULLARI
Mamatkulova Zuxra, Xakimova Nigora
Maqolada anjir (Ficus carica L.) o‘simligining oziq-ovqat, iqtisodiy va shifobaxsh ahamiyati, uning dunyo va O‘zbekiston miqyosida yetishtirilishi hamda zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Antraknoz, un-shudring, zang, meva va …