Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLARINING KIMYOVIY VA AGROKIMYOVIY XOSSALARI
UMIROVA UMIDA KUSHAK QIZI, QODIROVA DILRABO ABDUKARIMOVNA
Maqolada Xovos tumani “E.Qahhorov” massivida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning kimyoviy hamda agrokimyoviy xossalari o‘rganilgan. Natijalar gumus va oziqa elementlari miqdorining profil bo‘ylab chuqurlashgan sari kamayishini, tuproqlarning gipslashuv va sho‘rlanish jarayonlariga …
-
QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONLARI TUPROQ MA’LUMOTLARINI RAQAMLASHTIRISHNING YER RESURSLARINI BOSHQARISHDAGI ROLI
Dexqonov Jamoliddin Begijonovich, Ruziyev Abror Meylikulovich, Nortosheva Munisa Elbek qizi
Maqolada qishloq xoʻjaligi yer maydonlari tuproq maʼlumotlarini raqamlashtirishning yer resurslarini samarali boshqarishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tuproqning agrokimyoviy, fizik va morfologik xususiyatlarini zamonaviy geoinformatsion tizimlar (GIS), masofadan zondlash …
-
TUPROQDAN ENTOMOPATOGEN NEMATODALARNI AJRATIB OLISH UCHUN TURLI USULLARNI QIYOSIY TAQQOSLASH
Karimova Rixsiniso Miratxamovna
Maqolada tuproqdan entomopatogen nematodalarni (Steinernema va Heterorhabditis avlodlari) ajratib olish uchun maxsus qurilmaning samaradorligi an’anaviy Berman voronkasi va suvli ekstraksiya usullari bilan qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tajribalar mexanik tarkibi jihatidan uch …
-
QORAQALPOG‘ISTON ShAROITIDA ALMAShLAB EKISh TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISh ME’YORLARINING TUPROQNING SUV O‘TKAZUVChANLIGIGA TASIRI
Ismailov Dauletbay Uzaqbaevich, Xalikov Baxodir Meylikovich
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari hamda mineral o‘g‘itlarning turli me’yorlari tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga …
-
TURLI XIL EKOTIZIMLARDA KARBONNING O‘ZGARISHI
Axatov Abdusamat, Buriyev Salimjan Samedjanovich, Baybaeva Nargiza Sayfutdinovna, Mirzaxamdamova Diyora Ulug‘bek qizi
Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonning janubiy qismida, Qashqadaryo viloyatining Hisor tog‘ tizmasidan cho‘l zonasigacha tarqalgan turli ekotizimlarda organik va mineral karbonning tuproq profili bo‘ylab taqsimlanishi, ularning zaxiralari hamda karbonat tarkibidagi karbon miqdori …
-
KARTOSHKANING FUZARIOZ KASALLIGIGA QARSHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Raximov Umid Uktam o‘g‘li, Begimqulova Dilnoza Meyliyevna
Mazkur tadqiqotda bahorgi Kartoshka ekinlarida uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning tarqalish darajasi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Dala kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, kartoshka ko‘chatlarining 10–12% qismi tuproq va urug‘ infeksiyasi sababli nobud bo‘lishi …
-
TURLI SUBSTRAT ARALASHMALARINING SHOLI BARG SATHI KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Xalbayev Akbar Namazovich
Ushbu tadqiqotning maqsadi turli substrat aralashmalarining Iskandar va Sadaf sholi navlari ko'chatlarida barg sathi ko'rsatkichlariga ta'sirini baholashdan iborat. Tadqiqot 2022–2024-yillarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borildi. Tajribada 100% tuproq (nazorat), 50% …
-
MAQBUL CHILPISH MUDDATI MO‘L HOSIL GAROVI
Yusupov Hasan Rustamovich, Raximov Shuxrat Shoxzam o‘g‘li
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida ekilayotgan “Sulton”, “C-8294” g‘o‘za navlarning hosildorligi, o‘sish rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, hosil elementlarining shakillanishi kabi ko‘rsatkichlariga ekish tizimi hamda chilpish muddatlarining ta’siri o‘rganiladi.
-
ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA SHOLINING "ISKANDAR" NAVIGA MINERAL O'G'ITLAR VA BIOSTIMULYATORLARNING TA'SIRI
Darvisheva Xalima Karimjon qizi, Uljaboyev Alijon Abdullajonovich, Qayumova Umida Nayimjon qizi
Maqolada Andijon viloyati Izboskan tumanidagi "Nodirbek sholikor" fermer xo'jaligining o'tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida sholining "Iskandar" navida mineral o'g'itlar (N180P120K90) va biostimulyatorlar (Uzgumin, Biostim) qo'llashning ko'chatlar biometriyasi, hosil elementlari, don hosildorligi, donning …
-
BT VA GT GENLARIGA EGA ISTIQBOLLI G‘O‘ZA TIZMALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI HAMDA O‘SISH DINAMIKASINING QIYOSIY TAHLILI
Bolqiyev Zohid Toshtemirovich
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos, tezpishar, yuqori hosildor, tola sifati yuqori hamda Bt va Gt genlariga ega g‘o‘za navlarini yaratishga qaratilgan amaliy loyiha doirasida o‘rganilgan 1367 ta duragayning …
-
ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING KUZGI BUG‘DOY DALA UNUVCHANLIGI, QISHLAB CHIQISHI VA AMAL DAVRIDA O‘SIMLIKLAR SAQLANIB QOLISHIGA TA’SIRI
Yalgashev Abduvosi Farxodovich
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni dala unuvchanligi, qishlab chiqishi va amal davri oxirida saqlanib qolgan o‘simliklar miqdoriga gerbitsidlar va ildizdan tashqari oziqlantirishning samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.
-
KUNGABOQAR DURAGAYLARIDA BARG SATHINING SHAKLLANISHIGA MA’DANLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI
Nurmetova Manzura Anvarbek qizi, Satipov Gayipnazar Matvapayevich
Maqolada 2024–2026 yillarda Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida kungaboqarning mahalliy «KK-52» F1 hamda xorijiy «Dushko» F1 (Serbiya) va «Svetlana» F1 (Rossiya) duragaylarida barg sathining shakllanishiga ma’danli o‘g‘itlarning to‘rt xil me’yori …
-
EGILUVCHAN QUVURLAR YORDAMIDA G‘O‘ZA NAVLARINI SUG‘ORISHNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
To‘xtayeva Gulshan Po‘lotovna, Eshonqulov Jamoliddin Saporboy o‘g‘li
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida ekilgan ғўza navlarini egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish va sug‘orish oldi tuproq namliklari variantlar kesimida bir dona ko‘sakdagi paxta og‘irligi bo‘yicha dala tajribasida …
-
Toshkent vohasi sharoitida Chimyon (mador) piyozini ko‘paytirish istiqbollari
Yakubov Shamshod Murtozakulovich
Toshkent vohasi iqlim va tuproq sharoitlarida Allium tschimganicum B.Fedtsch o‘simligining ko‘paytirish va yetishtirish usullari ishlab chiqilib. Olib borilgan izlanishlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, mazkur o‘simlikni madaniylashtirish va xo‘jalik tomarqa yerlarida ekib …
-
SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA SILOS MASSA UCHUN YETISHTIRILGAN MAKKAJO‘XORI DURAGAYLARINI FOTOSINTEZ SOF MAHSULDORLIGI
Xalilov Nasriddin, Kosimova Shaxnoza Jabborkulovna
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi tuproqlar sharoitida makkajo‘xorining o‘rtapishar “Узбекистан 601 ЕСВ” va tezpishar “Qorasuv 350AMV” duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish me’yori va tup qalinligining ta’sirini o‘rganish natijalari bayon etilgan. …
-
ALMASHLAB VA NAVBATLAB EKISH DALALARIDA UCHRAYDIGAN BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASHDA GLIFOSATGA CHIDAMLI G‘O‘ZA NAVLARI - YUQORI HOSILDORLIK GAROVI
O‘razmatov Nasibjon Nazirovich
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida almashlab va navbatlab ekish dalalarida uchraydigan bir yillik hamda ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurashda glifosatga chidamli XinLuZao-78 g‘o‘za navining samaradorligi o‘rganildi. Tajribada faol moddasi …
-
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA ORALIQ VA TAKRORIY EKINLARNI ANG‘IZ MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH.
G‘apparov Akmal Uroqovich, Nematov Tulqin Ergashevich
Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda ang‘iz maydonlaridan samarali foydalanib takroriy ekinlar no‘xat, mosh, loviya, soya siderat ekinlar raps, suli, javdar perko kabi keng qamrovli ekinlarni ekilib, …
-
KUZGI BUG‘DOYNI MAQBUL ME’YOR VA MUDDATLARDA OZIQLANTIRISHNING BOSHOQ HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Bobomurotova Mohira Ishmurod qizi
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning oziqa unsurlarini maqbul o‘zlashtirishi uchun N180, P90, K60 kg/ga me’yorda, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni tuproq ichidan qo‘llash natijasida boshoq uzunligi 12,1 …
-
OROL DENGIZINING QURIGAN TUBIDA MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TUPROQ TEKSTURASI, SHO‘RLANISHI VA VEGETATSIYA HOLATINI BAHOLASH
Xasanov Jamshid, Nurjanov Allabergen, Boymurodov Rifat, Shamuratova Nagima, Zinatdinov Nuratdin
Ushbu tadqiqotda masofadan zondlash va GIS texnologiyalari yordamida tadqiqot hududining tuproq teksturasi, sho‘rlanish darajasi va vegetatsiya holati baholandi. Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, SoilGrids va HWSD ma’lumotlaridan foydalanildi. USDA klassifikatsiyasi asosida …
-
SOIL ENZYMATIC ACTIVITY AS A BIOINDICATOR OF MICROELEMENT DYNAMICS IN IRRIGATED SIEROZEM SOILS UNDER SEMI-ARID CONDITIONS
Raupova Nodira, Ummatova Yulduz, Narkulova Ma'mura
Ushbu tadqiqot yarim qurg‘oqchil sharoitlarda sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda mikroelementlar dinamikasining sezgir bioindikatori sifatida tuproq fermentativ faolligini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tuproq mikroorganizmlari faoliyati, ferment tizimlari hamda temir (Fe), rux (Zn) va …