AGRO KIMYO HIMOYA

SOIL ENZYMATIC ACTIVITY AS A BIOINDICATOR OF MICROELEMENT DYNAMICS IN IRRIGATED SIEROZEM SOILS UNDER SEMI-ARID CONDITIONS

Raupova Nodira
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0002-3737-4594
Ummatova Yulduz
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0000-9690-9849
Narkulova Ma'mura
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0006-0678-7483

Annotatsiya

<p>Ushbu tadqiqot yarim qurg‘oqchil sharoitlarda sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda mikroelementlar dinamikasining sezgir bioindikatori sifatida tuproq fermentativ faolligini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tuproq mikroorganizmlari faoliyati, ferment tizimlari hamda temir (Fe), rux (Zn) va mis (Cu) kabi mikroelementlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilindi.Tuproq namunalari 0–20, 20–50, 50–100 va 100–200 sm chuqurliklardan olinib, fizikkimyoviy hamda biokimyoviy usullar asosida tahlil qilindi. Dehidrogenaza, ureaza, fosfataza va katalaza fermentlari faolligi tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar intensivligini ko‘rsatuvchi indikator sifatida baholandi.Natijalar tuproqning yuqori qatlamida fermentativ faollik eng yuqori ekanligini, chuqurlashgan sari esa keskin kamayishini ko‘rsatdi. Mikroelementlar miqdori ham xuddi shunday vertikal kamayish qonuniyatiga ega ekanligi aniqlandi. Fermentlar faolligi va mikroelementlar o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya mavjudligi qayd etildi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026