Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
BEDA KOLLEKSIYA NAMUNALARINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Ushbu maqolada PSUYeAITI “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025-yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi xorijiy hamda mahalliy nav namunalarining birinchi yilgi beda uchinchi o‘rimi o‘simliklari bo‘yi va yashil massa mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA DURAGAYLARINING YASHIL MASSA MAHSULDORLIGI KOʻRSATKICHLARI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Ushbu maqolada 2025 yilda PSUYeAITI markaziy tajriba xoʻjaligida barpo etilgan birinchi yilgi beda duragay koʻchatzoridagi namunalarning oʻsimliklari boʻyi va uch oʻrim boʻyicha yashil massa mahsuldorligi boʻyicha olingan ma'lumotlar keltirilgan. Ikki …
-
INDIGOFERA O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI ILMIY TAHLIL QILISH
Islomov Usmonqul, Hoshimova Shaxlo, Nazarova Laziza, Ulug‘bekova Gulchehra
Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Indigofera turkumiga kiruvchi o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ko‘p qirrali ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqotda o‘simlikning to‘qimachilik sanoatida tabiiy bo‘yoq (indigo) olishdagi o‘rni, chorvachilikda yuqori oqsilli …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …
-
G‘O‘ZA BARG SATHI VA HUJAYRA SHIRASI KONSENTRATSIYASIGA BENTONIT GILLARI KUKUNINING TA’SIRI
Davronova Zohida, Boltayev Saydulla
Maqolada bentonit gillari kukunidan foydalanishning g‘o‘za o‘simligining barg sathi shakllanishi hamda hujayra shirasi konsentratsiyasiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, bentonitning turli me’yorlarda qo‘llanilishi o‘simlikning fiziologik holati, suv almashinuvi …
-
YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI
Jo‘rayev Mamatqul, Shermatov Kamoliddin, Hoshimov Dilshod
Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi …
-
SUYUQ AZOTLI O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH ME’YOR VA MUDDATLARINI KUZGI BUG‘DOYNING POYA BALANDLIGIGA TA’SIRI
Saminov Avazbek
Maqolada suyuq azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yor va muddatlarini kuzgi bug‘doyga berilgan suspenziyalarni o‘simlikni o‘sib rivojlanishda, hamda ontogenez jarayonlarining ijobiy kechishi, o‘simlikda poya balandligi suyuq azotli o‘g‘itlar qo‘llanilmagan maydonlarga nisbatan …
-
QORAQALPOG‘ISTONNING SHIMOLIY TUMANLARIDA KUZGI BUG‘DOY HOSILDORLIGIGA BEGONA O‘TLARNING TUR TARKIBI VA FITOSANITAR HOLATINING TA’SIRI
Samixov Ajiniyaz, Bakirova Miyirgul, Ajiniyazova Mexriban
Maqolada Shimoliy Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tabiiyiqlim sharoitiga ega bo‘lgan Chimboy tumani misolida kuzgi bug‘doyzorlarning begona o‘tlar bilan ifloslanish holati tahlil qilingan. Hududning tuproq sho‘rlanish darajasi, samarali harorat yig‘indisi va namlik …
-
KUZGI JAVDAR BOSHOG‘INING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARGA URUG‘ EKISH ME’YORLARI HAMDA MINERAL O’G’ITLAR MIQDORLARINI TA’SIRI
Sapayeva Gulmira, Babadjanova Madina, Ibadullayeva Maftuna
Ushbu maqolada kuzgi javdar boshog‘ining asosiy biometrik ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli ekish me’yorlari va o‘g‘itlash darajalari sharoitida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda …
-
ПРИМЕНЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИ БЕЗОПАСНЫХ ПРИРОДНЫХ БИОСТИМУЛЯТОРОВ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ УРОЖАЙНОСТИ РИСА
Закиров Салахутдин, Мухидова Зулфия
Ushbu maqolada Asteraceae oilasiga mansub Artemisia turkumi o‘simliklarini ikki turini seskviterpen laktonlarini fitokimyoviy o‘rganish natijalari keltirilgan. Dala sharoitida sholi urug‘ini unib chiqishi va xosildorligiga Artemisia tenuisecta va A. sogdiana o‘simliklaridan …
-
TAKRORIY SOYANING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISH ME’YORI VA MUDDATLARI TA’SIRI
Yodgorov Normumin, Tilakmurodov Jo‘rabek
Mazkur maqolada takroriy ekilgan soyaning o‘suv davri davomiyligiga ekish me’yori va muddatlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda soyaning 25.06-05.07 va 05.07-15.07 muddatlarda ekilishi hamda 200, 250, 300 va 350 ming dona/ga ko‘chat …
-
БИОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ВОССТАНОВЛЕНИЮ ЗАСОЛЁННЫХ ПОЧВ
Гузалова Анаида, Артикова Рано, Замалетдинов Минзахид, Новичкова Алина, Новичкова Анна
Tuproqlarning sho‘rlanishi qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi unumdorligini cheklovchi muhim ekologik va agroiqtisodiy omillardan biridir. Maqolada sho‘rlangan tuproqlarni tiklashda galofit o‘simliklar, foydali tuproq mikroorganizmlari va fitoremediatsiya texnologiyalaridan foydalanishga …
-
SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING GALOFIT O‘SIMLIK TARKIBIDAGI MAKRO VA MIKROELEMENTLARIGA TA’SIRI
Bekmirzayev G‘ulom
Ushbu maqolada sho‘rlangan tuproqlarning galofit (Portulaca oleracea L.) o‘simligi tarkibidagi makro-mikroelementlariga, biomassa to‘plashi, hosildorligi, ildiz qatlamining rivojlanishi, tuz to‘plashi hamda o‘simlik va tuproqdagi mineral moddalarning o‘zgarish dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan. Tajriba …
-
RESURS TEJAMKOR VA “YASHIL” INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SUG’ORILADIGAN TUPROQLARNI GUMUSGA BOYITISH
Sidikov Saidjon, Ermatova Munojat
Maqolada madaniy o‘simliklar qoldiqlaridan noan’anaviy o‘g‘itlar tayyorlash, noan’anaviy o‘g‘itlarning avzalliklari va ularni sug‘oriladigan tuproqlar gumusining miqdoriga ta’siri bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
-
СОСТАВ ПОЧВЕННЫХ ГРИБОВ ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ ГРИБНЫХ БОЛЕЗНЕЙ РАСТЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Камилов Шухрат, Нуралиев Хамра
Ushbu maqolada tuproq zamburug‘larining tur tarkibi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ular 2 oila, 49 turkum va 277 turdan iborat bo‘lib, barchasi anamorf gifali zamburug‘larning rasmiy guruhiga kiradi. Aniqlangan zamburug‘lar turlarining asosiy …
-
ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA CHAKANDA (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASHDA PESTITSIDLAR YUKLAMASINI KAMAYTIRISHNING EKOLOGIK XAVFSIZ USULLARI
Malikov Dilshod
Ushbu maqolada Zarafshon milliy tabiat bog‘i sharoitida chakandaning (Hippophae rhamnoides L.) tabiiy populyatsiyalarini asosiy zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy yuklamani kamaytirish va himoya tizimini ekologizatsiyalash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda Rossiyaning Sibir …
-
SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA O‘SIMLIKLARNING ABIOTIC STRESSLARGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISHDA PGPR VA ENDOFITLARNING ROLI: SCOPUS ASOSIDAGI BIBLIOMETRIK TAHLIL (2016–2025)
Xaydarova Ozoda, Sodiqova Gulchexra, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Sanaqulov Suxrob
Ushbu maqola Scopus bazasidagi 2016–2025 yillarga oid maqolalarga asoslanib, o‘simliklarning sho‘rlik, qurg‘oqchilik va boshqa abiotic stresslarga chidamliligini oshirishda Plant Growth Promoting Rhizobacteria (PGPR), endofit bakteriyalar va rizosfera mikrobiomining rolini chuqurlashtirilgan …
-
HISOR DAVLAT QO‘RIQXONASINING TABIIY SHAROITI, EKOTIZIM XUSUSIYATLARI HAMDA IQLIM O‘ZGARISHINING HUDUD EKOTIZIMIGA TA’SIRI
Shamsiyev M, Juliyev M, G‘afforova H
Ushbu maqolada Hisor davlat qo‘riqxonasining tabiiy sharoiti, ekotizim xususiyatlari hamda iqlim o‘zgarishining hudud ekotizimiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik o‘zgarishlar, xususan muzliklarning qisqarishi, suv …
-
URUG‘LIK VA QURITILGAN MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN SURINAM UNXO‘RINING ZARARLILIK DARAJASI
Avazov Sanjar, Obidjanov Dilshod
Ushbu maqolada zahiradagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanayotgan quritilgan mevalar (magiz, turshak, olma qoqilari), g‘alla, donlilar, poliz ekini urug‘larda uchraydigan ombor zararkunandalarining tur-tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar davomida respublika boylab zaxira …
-
SAMBUCUS TURKUMIGA MANSUB OʻSIMLIKLAR BARGLARIGA ZARARKUNANDALARNING TA’SIRI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
Akbarova Muslima
Mazkur maqolada Sambucus turkumiga mansub o‘simliklarning fitosanitar holati yoritildi. O‘simliklarda shira (Aphis sambuci), o‘rgimchakkana (Epitrimerus trilobus) va barg kemiruvchi hasharotlar (Helicoverpa armigera, Spodoptera exigua, Agrotis segetum) keng tarqalgan bo‘lib, ular …