Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
FUNGITSIDLARNI QRIM QARAG‘AYINING URUG‘, MAYSA CHIRISHI, NIHOLLARNI YOTIB QOLISHI VA NOBUD BO‘LISHI KASALLIGI (DAMPING-OFF) QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xakimov Albert, Zuparov Mirakbar, Mamiev Muhiddin, Jumanazarov G‘ayrat, Gulmurodova Shaxnoza
Qrim qarag‘ayi muhim ahamiyatga ega manazarali daraxtlardan bo‘lib, ko‘chatxonalarda uning urug‘i va nihollari turli fitopatogen zamburug‘lar ta’sirida kasallanadi. Ayniqsa, damping-off (urug‘ va maysa chirishi, nihollarning yotib qolishi va nobud bo‘lishi) …
-
UZUM SIRKASINING ZAMBURUG‘LARDAN HIMOYA XUSUSIYATLARI VA MEVALARNI SAQLASHDAGI AHAMIYATI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Uzum sirkasi tabiiy fermentatsiya mahsuloti hisoblanadi. Uzum sirkasining antifungal ta’siri asosan tarkibidagi organik kislotalar hamda turli fenologik birikmalar bilan bog’liq. Bizga ma’lumki zamburug’lar mevalarning saqlashda asosiy buzilish sabablaridan biridir. Tarkibidagi …
-
POMIDOR ILDIZIDAN ENDOFIT BAKTERIYALARNI AJRATISH, ANIQLASH VA ULARNING FUSARIUM PATOGENLARIGA QARSHI ANTOGONISTIK FAOLLIGINI O’RGANISH
Satimova Shahlo
Ushbu tadqiqotda endofit bakteriyalar pomidor o'simlik ildiz to'qimalaridan ajratib olindi va ularning pathogen zamburug’lar (Fusarium solani, Fusarium oxysporum)ga qarshi antagonistik faolligi tekshirildi. Ajratilgan bakterial shtammlar tozalandi va MALDI-TOF MS (matrix-assisted …
-
OLMANING PAKANA VA YARIM M9 VA MM106 PAYVANDTAGLARI QALAMCHALARINI TURLI SUBSTRATLARDA ILDIZ OTTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Amonov Shohboz, Qurbonov Fazliddin
Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-yilda meva va uzum agrotexnikasi bo‘limi tomonidan urug‘ va danak mevalilar uchun pakana (M9) va yarim pakana (MM106) olma payvandtaglarini ko‘paytirish maqsadida qalamchalarni turli substratlarda ildiz ottirish …
-
ПРОДУКТИВНОСТЬ СЕМЯН ЭКОЛОГО- ГЕОГРАФИЧЕСКИ ОТДАЛЕННЫХ ГИБРИДОВ ЛЮЦЕРНЫ
Амантурдиев Шавкат, Худойбердиев Нурали, Амантурдиев Ботир, Сабиров Алишер, Шарипбаева Гулхаё, Умарова Манзура
Ushbu maqolada 2024 yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida barpo etilgan uzoq ekologo-geografik duragaylarining 2025 yilda olingan o‘simliklari bo‘yi va urug‘ mahsuldorligi bo‘yicha …
-
BEDA GENOFONDINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Amanturdiyev Botir, Xudoyberdiyev Nurali, Sabirov Alisher, Sharipbayeva Gulxayo, Umarova Manzura
Ushbu maqolada Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025 yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi birinchi yilgi bedaning xorijiy hamda mahalliy kolleksiya nav …
-
MIKROKOʻKATLARNING OZUQAVIY QIYMATI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Qodirov Elbek, Qodirov Jaxongir, Oltiboyeva Shaxina
Ushbu maqolada mikroko‘katlar yetishtirishning biologik, agrotexnik va ekologik asoslari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mikroko‘katlarning o‘sish va rivojlanish bosqichlari, ularning ozuqaviy va biologik faolligi, vitaminlar, mineral moddalar hamda antioksidantlarga boyligi …
-
GOSSYPIUM HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB “ITPITI-101” G‘O‘ZA NAVINING BIRINCHI YILGI URUG‘LIK (0,30 GA) KO‘CHATZORINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Ochildiyev Najmiddin, Hudaynazarov Abdurashid, Choriyeva Yulduz, Raximov Rustam
Maqolada Gossypium hirsutum L. turiga mansub “ITPITI-101” g‘o‘za navining birinchi yilgi urug‘lik (0,30 ga) ko‘chatzorini tashkil etish va uning samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi mazkur nav bo‘yicha birlamchi urug‘chilik …
-
EKOLOGIK VA MATRIKAL JIHATDAN XILMA-XIL BO‘LGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING 1000 DONASI VAZNI
Mamedov Normuxammad
Maqolada ekologik va matrikal jihatdan xilma xil sifatlarga ega bo‘lgan urug‘lik chigitlarning 1000 donasining vazni bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan. Toshkent, Namangan va Xorazm viloyatlari sharoitida 2023-2025 yillarda yetishtirilgan Sulton, C-6524, …
-
LABORATORIYA SHAROITIDA JAVDAR URUG‘LARINING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH
Xasanov Bobur, Mo‘minov Fayruz, Xalilova Sabina
Ushbu maqolada javdarning «Shalola» navi urug‘larini 1,8; 2,0; 2,2 va 2,5 mm o‘lchamdagi elaklarda saralab, ularning 1000 dona don massasi, unib chiqish energiyasi, unuvchanligi, kaleoptile uzunligi, ildizlar soni va uzunligi …
-
O‘SIMLIKLARDAN OLINGAN POLIPRENOLLARNING SOYA DONIDA OQSIL TO‘PLANISHIGA TA’SIRI
Baxramova Nilufar, To‘raeva Saida, Zakirova Rano, Kurbanova Elvira
Ushbu maqolada o‘simliklardan olingan poliprenollarning ta’siri Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida soyani Hosildor navi urug‘lariga ishlov berib parvarishlangan soya donining oqsil miqdoriga ta’siri natijalari bayon etilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, poliprenollar …
-
TAKRORIY EKILGAN MAKKAJO‘XORI HOSILDORLIGIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARINING TAʼSIRI
Tursunov Sotvoldi
Maqolada makkajo‘xorini takroriy ekin sifatida ekishning afzalliklari, makkajo‘xori urug‘ini ekish muddatlarini uning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga taʼsiri yoritilgan.
-
KUZGI TRITIKАLE NАVLАRINI YАSHOVCHАNLIGIGА EKISH MUDDАTLАRI VА ME’YORLАRINING TА’SIRI
Ismoilov Voxid, Tursunov Shermuxammad, Xudoyqulov Sarvar
Maqolada kuzgi tritikaleni Davlat reyestriga kiritilgan Normаn hamda Fаrxod navlari unib chiqishi, hosil yig’ishtirishgacha yashovchanligiga ekish muddatlari va me’yorlarini ta’siri natijasida olingan ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasida har ikkala navni …
-
DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YAYLOVLARNI TIKLASHDA CHO‘L OZUQABOP O‘SIMLIKLAR URUG‘CHILIGINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Xamroyeva Gulnoz
Mazkur maqolada degradatsiyaga uchragan yaylov ekotizimlarini tiklashda mahalliy va iqlimlashtirilgan cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirishning ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida cho‘l o‘simliklarning biologik xususiyatlari, urug‘ hosildorligi hamda tuproq unumdorligiga ta’siri baholandi. …
-
KALIYLI O‘G‘ITNI KUZGI BUG‘DOYDA QO‘LLASHNING UMUMIY NPK MIQDORLARI VA DON HOSILIGA TA’SIRI
Ismayilov Jumanazar
Maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyda turli me’yor, muddat va usullarda qo‘llanilgan mahalliy kaliy o‘g‘itini o‘simliklardagi umumiy NPK miqdorlarining o‘zgarishi va don hosiliga ta‘siri bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan.
-
MONILIOZ ZAMBURUG‘I MITSЕLIYSINING HARORAT VA INKUBATSIYA MUDDATIGA BOG‘LIQ HOLDA O‘SISH DINAMIKASI TAHLILI
Pulatov Azizjon, Umarov Zafar, Qo‘shaqboyev Baxodirjon, Xusanov Ro‘ziboy
Tadqiqotda M. Cydoniae va M. Fructigena fitopatogenlari mitseliysini o‘sishiga turli harorat va inkubatsiya muddatlarini ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, mitseliy o‘sishi 22–24 ℃ harorat va 14 kunlik inkubatsiyada eng yuqori darajada …
-
KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASH (SHARH)
Yuldashova Zebo
Alternaria turkumiga mansub zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklar butun dunyo bo‘ylab ko‘plab o‘simliklarning eng keng tarqalgan va havfli kasalliklaridan biri hisoblanadi. Mazkur zamburug‘lar birinchi navbatda bir yillik o‘simliklarni, ayniqsa sabzavot ekinlarini, …
-
SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKANING ZAMBURUGʻLI KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
Xalmuminova Gulchexra, Soxibova Xadichabonu
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida kartoshkaning keng tarqalgan zamburug‘li kasalliklari, ularning rivojlanish omillari va biologik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, agrotexnik, biologik va kimyoviy usullarni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan …
-
KUNGABOQAR O’SIMLIGIDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Xolmurodova Zubayda, Saidov Abdi, Xoliqov Zuxriddin
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida yetishtiriladigan kungaboqar Bakhmal, Shodlik navlarida uchraydigan asosiy zamburug‘li, bakterial va virusli kasalliklar, ularning biologik xususiyatlari, tarqalish omillari hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan usullari tahlil qilindi. …
-
TOSHKENT VILOYATINING TIPIK BO‘Z TUPROQ SHAROITIDA MOSH VA LOVIYA EKINLARINI YETISHTIRISHDA BEGONA O‘TLARGA QARSHI GERBITSIDLAR QO‘LLASHNING TUPROQNING AGROFIZIKAVIY XOSSALARIGA TA’SIRI
Sattorov Shoximardon, Xalikov Baxodir
Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproq sharoitida mosh va loviya ekinlarini yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan gerbitsidlarning tuproqning agrofizikaviy xossalariga ta’siri to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Tadqiqotda tuproqning hajm massasi gerbitsidlar qo‘llanilishi …