Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
YUQORI VIRULENTLIKKA EGA ENTOMOPATOGEN ZAMBURUG`LARNING SHTAMMLARINI TANLASH MEZONLARI
Zuparov Mirakbar, Ablazova Moxichexra, Saparova Aynura
Ushbu maqolada yuqori virulentlikka ega entomopatogen zamburug`larning shtammlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Shtammlar orasidan yuqori virulentlikka ega bo`lganlarini ajratib olish, ulardan zararkunanda hasharotlarga qarshi qo`llash hamda atrof-muhitga salbiy ta`siri yo`q samarali …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASHNING ISTIQBOLLARI
Toreniyazov Elmurat, Rozımova Amangul, Amaniyazov Islambek
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida qishloq xo‘jaligi ekinlarida tarqalgan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida entomoakarifaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari …
-
DEVELOPMENT OF A LABORATORY REARING SYSTEM FOR WHITEFLY AS A HOST FOR ENCARSIA FORMOSA
Jumaev Rasul, Tog‘ayev Sukhrobjon, Saidova Zukhra, Musurmonqulova Maftuna, Norbekov Asadbek
Mazkur maqolada oqkanotlar (Aleyrodidae), xususan Bemisia tabaci Genn. ni laboratoriya sharoitida samarali ko‘paytirish texnologiyasi hamda ularning biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida oqkanot populyatsiyasining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida optimal mikroiqlim sharoitlari …
-
SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING BUG’DOYDAGI ZARARI VA BIOEKOLOGIYASI
Muminova Ra’no, Ro’ziqulov Davlatbek
Ushbu maqolada bug’doyning so‘ruvchi zararkunandalari zarari, hayot kechirishi va qarshi kurash choralari, respublikamiz ga’llazorlarida uchraydigan turlari hamda ushbu zararkunanda hasharotlarni hayot kechirish va qarshi kurash choralari haqida ma’lumotlar berilgan.
-
QORAG‘AT O‘SIMLIGIDA UCHRAYDIGAN SHIRALARGA QARSHI MIKROBIOLOGIK PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Abduhalilova Zarnigor
Maqolada Toshkеnt viloyati sharoitida qorag'at o'simligining asosiy so'ruvchi hashorotlaridan biri shiralarning rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib ularga qarshi mikrobiologik preparatlarni qo'llash orqali tabiatga zarar keltirmagan holda ekologik toza mahsulot olish bayon …
-
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA DORIVOR SASSIQ KAVRAK (FERULA ASSA-FOETIDA L.) O‘SIMLIGINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI VA AHAMIYATI
Bekbergenova Zaxira, Beknazarova Perizat, Jangabaeva Aygul
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida tabiiy holda o‘suvchi dorivor sassiq kavrak (Ferula assa-foetida L.) o‘simligida uchraydigan asosiy zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida zararkunandalarning turkumlar bo‘yicha …
-
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SABZAVOT EKINLARINING TUPROQ OSTKI ZARARKUNANDALARI VA ULARNING ZARAR KELTIRISH DARAJASI
Rajabova Gulhayo, Qalandarova Ruxshona
Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida sabzavot ekinlarida uchraydigan asosiy tuproq ostki zararkunandalari — kuzgi tunlam, simqurtlar hamda fitoparazit nematodalarning tarqalishi va zarar keltirish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2024-yillarda Buxoro davlat universiteti …
-
ВРЕДИТЕЛИ ЗЕРНОБОБОВЫХ КУЛЬТУР И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ
Нематиллаева Гуландом, Кожевникова Алевтина
Maqolada donli loviya ekinlarining asosiy zararli organizmlari, ularning biologik xususiyatlari, zararli ta’siri va hosilga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi kurash usullari, jumladan, agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarga e’tibor qaratilgan. …
-
JO‘KA (TILIA PLATYPHYLLOS) DARAXTINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, ULARNING TARQALISHI VA ZARAR YETKAZISH DARAJASI
Mustafayev Xumoyun
Mazkur maqolada jo‘ka daraxti (Tilia platyphyllos)ning asosiy zararkunandalari, ularning tarqalishi va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, zararkunandalar tarkibi hamda ularning nisbiy ulushi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, shira …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM SHAROITIDA O‘RIK DARAXTI ZARARKUNANDALARINING TURLARI VA RIVOJLANISH BIOEKOLOGIYASIGA QARSHI KURASH
Toreniyazov Tileumurat
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroiqlim sharoitidagi o‘rik daraxtlari agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zararkunandalar tarkibi, ularning tarqalishi hamda zarar yetkazish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida o‘rik-qamish shirasi, katta shaftoli tana shirasi, yashil olma …
-
AYRIM XORIJIY G‘O‘ZA NAVLARIDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING RIVOJLANISH HOLATI
Anorbayev Azimjon, Imomaliev Erali, Djumaev Shukur
Maqolada xorijiy g‘o‘za navlarining so‘ruvchi zararkunandalarning uchrash darajasi keltirilgan. Ushbu zararkunandalar asosan shiralar (Aphis gossypii), trips (Thrips tabaci), o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae), beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus) zararkunandalarining monitoringi olib borilgan va …
-
ОПТИМИЗАЦИЯ МЕТОДА КУЛЬТИВИРОВАНИЯ GALLERIA MELLONELLA КАК ТЕСТ-ОБЪЕКТА ДЛЯ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ МИКОПЕСТИЦИДОВ
Балтаев Ботир, Мирзалиева Хукуматхон
Galleria mellonella hasharotini yetishtirish bo'yicha birinchi batafsil tadqiqot 53 yil oldin Marston N va boshqalar tomonidan 1973 (18) nashr etilgan va lichinka hozirda turli sohalarda tadqiqot maqsadlarida model sifatida keng …
-
KAVRAK O‘SIMLIGIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR TUR TARKIBI
Tufliyev Nodirbek, Saidganiyeva Shahodatxon, Abduraxmonov O‘tkirbek
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Tog‘aytemir, Darxon, Gumbo‘loq hududlari, 2025-2026 yillarda kavrak o‘simligi entomofaunasining tur tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 4 ta turkumga mansub 21 tur hasharot aniqlangan. Aniqlangan …
-
TOKDA ANTRAKNOZ KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Rahmonov Ubaydillo, Xodjamqulova Sitora, Razakova Ro‘zigul
Mazkur tadqiqotda Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va uning qo‘zg‘atuvchisi Elsinoë ampelina zamburug‘ining biologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida uzumning turli navlarida kasallikning tarqalishi, rivojlanishi va zarari baholanib, unga qarshi …
-
BEDANI BARG FILCHASIDAN (PHYTONOMUS VARIABILIS HBST) HIMOYA QILISH
Boltayev Botir, Ablazova Moxichexra, Maxmudova Shaxnoza, Ibragimova Munira
Bedazorlarda kuzda agrotexnik tadbirlar (yerlarni boronalash, o‘simlik qoldiqlarini yo‘q qilish va h.k.) ni qo‘llash bilan bir qatorda zichlovchi ekin (g‘alla va b.) urug‘ini ekish bedaga fitonomus va boshqa zararkunandalarni (tugunak …
-
ISSIQXONA SHAROITIDA BODRING ANTRAKNOZI: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ VA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA (SHARH)
Normatova Diyora, Sodiqov Baxrom
Bodring antraknozi issiqxona sharoitida keng tarqaladigan va yuqori iqtisodiy zarar yetkazuvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. U asosan Colletotrichum orbiculare tomonidan qo‘zg‘atilib, barg, poya, band va mevalarda nekrotik shikastlanishlarni keltirib chiqaradi hamda …
-
VODIY SHAROITIDA QOVOQ EKINLARIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘apporov Islomjon, Shomirzoyev Asliddin, Hamdamova Zaxroxon
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida qovoq ekinlarida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar, ularning bioekologik xususiyatlari, zararlanish darajasi hamda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili bayon etilgan. Tadqiqotlarda unshudring, …
-
MAYMUNJONNING (RUBUS CAESIUS, RUBUS FRUTICOSUS) NAVLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISHDA ME’YOR VA MUDDATLARNI HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Atabayev Ma’ruf, Qurbonnazarova Sarvinoz
Ushbu maqolada maymunjonning Rubus caesius va Rubus fruticosus navlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda o‘g‘it me’yorlari hamda qo‘llash muddatlarining hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning turli me’yorlari …
-
REDISKA (RAPHANUS SATIVUS) YETISHTIRISH AGROTEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Adxamov Nodirbek, Abdiev Zafarali
Bahorgi mavsumda isitilmaydigan issiqxonada rediska yetishtirishda nav-duragaylarni sovuqqa chidamliligini oshirib borishni muntazam tekshirib borish nazarda tutilgan. Mavsumdan tashqari vaqtlarda baqlajonni issiqxonalarda yetishtirish agrotexnologiyasi yoritib berilgan.
-
XASHAKI QOVOQ NAVLARINI O’SISH VA RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI, SXEMASI VA OZIQLANTIRISH USULLARINING TA’SIRI
Umurzoqova Umida
Maqolada Samarqand viloyati sharoitida yirik mevali xashaki qovoqning (Cucurbita mixima Duchense) agrotexnologik jarayonlarini – ekish muddati, sxemasi va mineral o’g’itlash fonida biostimulyatorlarni o’simlikni o’sish va rivojlanishiga ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.