2-maqola
DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m32
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA DORIVOR SASSIQ KAVRAK (FERULA ASSA-FOETIDA L.) O‘SIMLIGINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI VA AHAMIYATI
Bekbergenova Zaxira
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0005-4941-6976
Beknazarova Perizat
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0000-2723-661X
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida tabiiy holda o‘suvchi dorivor sassiq kavrak (Ferula assa-foetida L.) o‘simligida uchraydigan asosiy zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida zararkunandalarning turkumlar bo‘yicha tarkibi aniqlanib, ularning o‘simlikning ildiz, poya, barg va gul qismlariga yetkazadigan zarari baholangan. Olingan natijalar asosida dorivor o‘simliklarni biologik usulda himoya qilishning ahamiyati asoslab berilgan.</p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№4 [119], 2026
Chop etilgan: 01.06.2026