JO‘KA (TILIA PLATYPHYLLOS) DARAXTINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, ULARNING TARQALISHI VA ZARAR YETKAZISH DARAJASI

Mustafayev Xumoyun
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0002-6271-6007

Abstract

Mazkur maqolada jo‘ka daraxti (Tilia platyphyllos)ning asosiy zararkunandalari, ularning tarqalishi va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borilib, zararkunandalar tarkibi hamda ularning nisbiy ulushi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, shira hasharotlari (Aphididae) dominant guruhni tashkil etib, umumiy zararkunandalarning 56 foizini egalladi. Shira zararlanishi natijasida barglarda deformatsiya, fotosintez jarayonining susayishi hamda o‘simlikning umumiy fiziologik holatining yomonlashuvi kuzatildi. Shuningdek, o‘rgimchaksimon kanalar (Tetranychidae), barg o‘ramlovchi (Tortricidae) va qalqonli hasharotlar (Coccoidea) ikkilamchi zararkunandalar sifatida aniqlanib, ularning zarar darajasi nisbatan past bo‘lsa-da, o‘simlikning fitosanitar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi. Olingan natijalar asosida jo‘ka daraxtlarini zararkunandalardan himoya qilishning ilmiy-amaliy choralari ishlab chiqildi.

How to cite

GOSTMustafayev X. JO‘KA (TILIA PLATYPHYLLOS) DARAXTINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, ULARNING TARQALISHI VA ZARAR YETKAZISH DARAJASI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №4 (119). – DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m48.
APAMustafayev X. (2026). JO‘KA (TILIA PLATYPHYLLOS) DARAXTINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, ULARNING TARQALISHI VA ZARAR YETKAZISH DARAJASI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 119(4). https://doi.org/10.63241/akhvvol119y2026iss4m48
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Published: 01.06.2026