Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
VODIY SHAROITIDA QOVOQ EKINLARIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘apporov Islomjon, Shomirzoyev Asliddin, Hamdamova Zaxroxon
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida qovoq ekinlarida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar, ularning bioekologik xususiyatlari, zararlanish darajasi hamda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili bayon etilgan. Tadqiqotlarda unshudring, …
-
MAYMUNJONNING (RUBUS CAESIUS, RUBUS FRUTICOSUS) NAVLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISHDA ME’YOR VA MUDDATLARNI HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Atabayev Ma’ruf, Qurbonnazarova Sarvinoz
Ushbu maqolada maymunjonning Rubus caesius va Rubus fruticosus navlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda o‘g‘it me’yorlari hamda qo‘llash muddatlarining hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning turli me’yorlari …
-
UZUM SIRKASINING ANTIFUNGAL XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH METODLARI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Ushbu maqolada uzum sirkasining antifungal xususiyatlarini o‘rganishning zamonaviy laboratoriya metodlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda uzum sirkasining turli konsentratsiyalari (10–100 %) in vitro sharoitda patogen zamburug‘lar — Candida albicans, Aspergillus …
-
KEYL KARAMINI O‘SIB RIVOJLANIShI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISh MUDDATLARINI TA’SIRI
Nizomov Rustam, Abdaliyev Xayitboy
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida keyl karami (Brassica oleracea var. sabellica)ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar 2023–2025 yillarda Toshkent viloyati sharoitida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot …
-
SABZAVOT EKINLARINI YETISHTIRISHDA O‘SISHNI BOSHQARUVCHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Sagdiyev Mirqosim, Alimova Rano
Maqolada o‘sishni boshqaruvchi preparatlardan Rostmoment va Natriy gummat ta’sirida sabzavot ekinlari yetishtirishda qo‘llash samaradorligi o‘rganildi. O‘sishni boshqaruvchi preparatlardan Rostmomentni oqboshkaramga qo‘llash natijasida hosildorlik 81t/ga ortdi. Sabzining “Baraka” navi hosildorligi 73-75 …
-
URUG‘ MEVALI BOG‘ EKINLARI KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI MAVZUSIDA TA’LIM BERISHDA PEDTEXNOLOGIYA USULLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Qo‘chqorov Astonaqul
Ushbu maqolada talabalarga bugungi kunda oliy ta‘lim jarayonida urug‘ mevali bog‘ ekinlarining katta iqtisodiy zarar yetkazish ehtimolligi yuqori bo‘lgan asosiy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari mavzusini o‘tishda interfaol usul …
-
KUNGABOQAR POYASINING O‘SISHIGA VA BARG HOSIL BO‘LISHIGA BIOSTIMULYATORLARNING TA’SIRI
Yuldasheva Zulfiya, Qarabayeva Dilfuza
Maqolada moyli kungaboqarning Dilbar navi poyasi o‘sishiga va barg hosil bo‘lishiga o‘suv fazalari bo‘yicha biostimulyatorlarning turli me’yorlari ta’siri aniqlandi. Nazorat, (etalon), Biostimulyatorlardan Fitovak 20%, Bioduks, MERS biostimulyatorlari qo‘llanildi va ularga …
-
BATAT (SHIRIN KARTOSHKA) KO‘CHATLARINI IN VITRO SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Bogibekova Faraxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar
Shirin kartoshka (Ipomoea batatas (L.) Lam.) oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim oziqaviy ekin bo‘lib, uning ildiz mevalari uglevodlar, vitaminlar (ayniqsa, to‘q sariq navlarida beta-karotin) va tola bilan boy. An’anaviy usulda tok …
-
MOYLI ZIG‘IR NAVLARI URUG‘INING SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA EKISH ME’YORLARINING TA’SIRI
Yuldasheva Zulfiya, Ismatullaeva Azizaxon
Ushbu maqolada moyli zig‘ir navlari urug‘ining sifat ko‘rsatkichlariga эkish me’yorlarining ta’siri o‘rganilib, gektariga 5,0 mln.dona miqdorida urug‘ ekilgan variantda Bahorikor nazorat navida 785,3 l/gramm urug‘ naturasi bo‘lib, Fliz naviga nisbatan …
-
KRIJOVNIK NAVINING YASHIL VA YOGʻOCHLANGAN QALAMCHALAR TAYYORLAB KO‘CHATLARINI KO‘PAYTIRISH USULLARINI ANIQLASH
Qosimov Axmadjon, Tursunov Jamshidbek
Mazkur tadqiqotda krijovnik (Invikta navi)ni yashil va yog‘ochlangan qalamchalar orqali ko‘paytirish o‘rganildi. Eng yuqori ko‘karish iyul oyidagi yashil qalamchalarda (88,0%) kuzatildi. Yog‘ochlangan qalamchalarda esa natija pastroq bo‘lib, noyabrda 62,6% ni …
-
TURLI KUZGI EKISH MUDDAT VA ME'YORLARIDA QASHQARBEDA VA BOSHOQLI EKINLARDAN TAYYORLANGAN KOʻK MASSA TARKIBIGI KUL MIQDORINING TAHLILLARI
Beknayev Ulugʻbek, Mamarahimov Bunyod
Ushbu maqolada 2022–2024-yillarda qashqarbeda va boshoqli ekinlar (suli, javdar va tritikale) aralashmalarini turli ekish muddatlari va me’yorlarida yetishtirish natijasida olingan ko‘k massa tarkibidagi azot miqdori laboratoriya sharoitida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga …
-
INDIGOFERA O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATINI ILMIY TAHLIL QILISH
Islomov Usmonqul, Hoshimova Shaxlo, Nazarova Laziza, Ulug‘bekova Gulchehra
Ushbu maqolada mualliflar tomonidan Indigofera turkumiga kiruvchi o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ko‘p qirrali ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, tadqiqotda o‘simlikning to‘qimachilik sanoatida tabiiy bo‘yoq (indigo) olishdagi o‘rni, chorvachilikda yuqori oqsilli …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …
-
TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN G‘O‘ZA TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Rashidova Dilbar, Mamedov Normuxammad
Maqolada o‘rta tolali g‘o‘za navlari tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan natijalarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotlarda Toshkent, Namangan va Xorazm viloyati sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning Sulton, S-6524, Xorazm-127, S-5707, S-6575, S-6580, …
-
ВЛИЯНИЕ СРОКОВ ПОСЕВА СЕМЯН НА УРОЖАЙНОСТЬ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В ОРОШАЕМЫХ ПОЧВАХ
Мирзаева Мутабар, Тешабоев Нодирбек, Мухторова Мадина
Ushbu maqolada Markaziy Farg‘onadagi sug‘oriladigan o‘tloqli saz tuproqlarining unumdorligi, kuzgi bug‘doyning “Davr” navini yetishtirish va ekish vaqtining uning hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha dala tajribalari o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, sentyabr oyi boshida …
-
MOSH YETISHTIRISHDA URUG’ EKISH HAMDA MA’DANLI O’G’ITLAR ME’YORLARINING KO’CHATLAR SAQLANUVCHANLIGIGA TA’SIRI
Shoymuradov Abror, Abdisolomova Iroda
Maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh ekish hamda mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishni Durdona va Barqaror navlari uchun 76x5 ekish tizimi va N45P60K45 o’g’itlash me’yori eng samarali variant …
-
SOYA URUG‘LARIDAN OLINGAN SOYA SUTI VA TOFU MAHSULOTLARINING FIZIK-KIMYOVIY VA ORGANOLEPTIK KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY BAHOLASH
Ishniyazova Shaxista
Ushbu tadqiqotda soya urug‘laridan olingan soya suti va tofu mahsulotlarining fizik-kimyoviy, teksturaviy hamda organoleptik ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Ilhom-6 va Fora soya navlari tanlandi va 2023-2025 yillar ma’lumotlari …
-
БИОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ВОССТАНОВЛЕНИЮ ЗАСОЛЁННЫХ ПОЧВ
Гузалова Анаида, Артикова Рано, Замалетдинов Минзахид, Новичкова Алина, Новичкова Анна
Tuproqlarning sho‘rlanishi qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi unumdorligini cheklovchi muhim ekologik va agroiqtisodiy omillardan biridir. Maqolada sho‘rlangan tuproqlarni tiklashda galofit o‘simliklar, foydali tuproq mikroorganizmlari va fitoremediatsiya texnologiyalaridan foydalanishga …
-
FARGʻONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI SUGʻORILADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONI TUPROQLARI UNUMDORLIGINI BAHOLASH
Dexqonov Jamoliddin, Ruziyev Abror, Abdullayev Abdumajit
Ushbu maqolada Farg’ona viloyati Dang’ara tumanidagi eskidan sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yer maydoni tuproqlarini o’rganishning asosiy natijalari hamda o’rganilayotgan tuproqlarning xossalari va ularni sifat jihatidan baholash bo’yicha yangi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot …
-
TUPROQ ORGANIK UGLERODI DINAMIKASI: IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA JARAYONLAR VA ASOSIY OMILLAR
Akramova M, Majidova Sarvinoz, Abidinova Laylo
Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq organik uglerodi dinamikasi, unga ta’sir etuvchi asosiy tabiiy va antropogen omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda, ayniqsa arid hududlar, jumladan Sirdaryo viloyati sharoitida tuproq …