Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
EKISH TIZIMLARI HAMDA CHILPISH MUDDATLARINING PAXTA TOLASINI TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Yusupov Hasan, Shakirova Dildora
Ushbu maqolada Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida ekilayotgan yangi istiqbolli “Sulton”, “C-8294” g‘o‘za navlarning hosildorligi, 1000-ta chigit vazni va tolaning sifat ko‘rsatkichlariga ekish tizimi hamda chilpish muddatlarining ta’siri o‘rganiladi.
-
G‘O‘ZANING QURUQ MASSA TO‘PLASHIDA MIKROELEMENTLARNING O‘RNI
Davronov Qaxramonjon, Teshaboyev Nodirbek
Ushbu maqolada g‘o‘zanin quruq massa to‘plashida mineral va mikroelementli suyuq kafolon o‘g‘itini g‘o‘zaning bargi orqali qo‘llaganda turli me'yorlar muddatlarida hamda mineral o‘g‘itlarni 3 xil fonida, ya’ni ikkinchi va uchinchi chinbarg …
-
QURUQ MODDA TO‘PLANISHIGA TURLI XIL EKISH MUDDATI, ME’YORI VA STIMULYATORLARNING TA’SIRI
Xalimova Gulshana
Ushbu tadqiqotda qishloq xo‘jaligi ekinlarida quruq modda to‘planishiga ekish muddati, ekish meyori va turli xil hil biologik stimulнatorlarning ta’siri o‘rganilgan. Tajribalarda agronomik omillar o‘simlikning o‘sish dinamikasi, fotosintez faolligi va qurish …
-
SHIMOLIY QORAQALPOGʻISTON SUGʻORILADIGAN TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI (QORAOʻZAK TUMANI, A. DOSNAZAROV MASSIVI MISOLIDA)
Diyana Janibek
Tuproqlarning mexanik tarkibi ularning uzoq yillar davomidagi saqlanadigan xossalaridan biriga kiradi. Mexanik tarkib tuproqga uni hosil qilgan ona jinsdan meros qilib beriladi. Shunisini ham aytish kerakki ko‘pchilik tuproq xossa va …
-
G‘О‘ZA KО‘SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA VA PAXTA HOSILIGA BAYKAL-EM-1 MIKROBIOLOGIK О‘G‘ITI TA’SIRI
Raximova Gulnora
Ushbu maqolada eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida «Baykal-EM-1» mikrobiologik o‘g‘itining g‘o‘za hosildorligi va rivojlanish dinamikasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mineral o‘g‘itlar fonida mikrobiologik preparatni qo‘llash ko‘saklarning ochilishini jadallashtirishi …
-
QIZIL QON BITINING NAMANGAN VILOYATIDAGI YOZGI VA KUZGI MIGRATSIYALARI
Mamatov Maxmudjon, Yoʻldashev Shavkatjon, Davlatov Ilhomjon
Maqolada Namangan viloyatining turli tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarida, xususan Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida joylashgan olma bog‘larining eng xavfli va iqtisodiy zarar keltiruvchi kushandalaridan biri hisoblangan qizil qon bitining mavsumiy …
-
FUNGITSIDLARNI QRIM QARAG‘AYINING URUG‘, MAYSA CHIRISHI, NIHOLLARNI YOTIB QOLISHI VA NOBUD BO‘LISHI KASALLIGI (DAMPING-OFF) QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xakimov Albert, Zuparov Mirakbar, Mamiev Muhiddin, Jumanazarov G‘ayrat, Gulmurodova Shaxnoza
Qrim qarag‘ayi muhim ahamiyatga ega manazarali daraxtlardan bo‘lib, ko‘chatxonalarda uning urug‘i va nihollari turli fitopatogen zamburug‘lar ta’sirida kasallanadi. Ayniqsa, damping-off (urug‘ va maysa chirishi, nihollarning yotib qolishi va nobud bo‘lishi) …
-
UZUM SIRKASINING ZAMBURUG‘LARDAN HIMOYA XUSUSIYATLARI VA MEVALARNI SAQLASHDAGI AHAMIYATI
Xushboqova Shaxnoza, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Azimova Dildoraxon
Uzum sirkasi tabiiy fermentatsiya mahsuloti hisoblanadi. Uzum sirkasining antifungal ta’siri asosan tarkibidagi organik kislotalar hamda turli fenologik birikmalar bilan bog’liq. Bizga ma’lumki zamburug’lar mevalarning saqlashda asosiy buzilish sabablaridan biridir. Tarkibidagi …
-
OCHIQ MAYDONDA KOLRABI KARAM NAVLARINI TURLI EKISH MUDDATLARIDA YETISHTIRISHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI
Sheraliyev Jamshid, Axmedova Munisa
Maqolada kolrabi karamining “Qizil toj” va “Salfer” navlarida turli ekish muddatlarining o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Natijada, ekish muddatlari kolrabi karamining o‘sishi va hosil shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, …
-
ARPANING TUPLANISH-NAYCHALASH FAZALARIDA QURUQ MASSA VA BARG SATHIGA EKISH MUDDATI, ME’YORI HAMDA MINERAL O‘G‘ITLAR ME’YORINING TA’SIRI
Yodgorov Normumin, Ikromova Mexrixon
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida arpa o‘simligining quruq biomassa miqdori va barg sathiga ekish muddati, me’yori hamda mineral o‘g‘itlar me’yorining ta’siri o‘rganilgan va tahlil etilgan. Ushbu …
-
SABZAVOT MAKKAJO‘XORINI O‘SISHI, RIVOJLANISHINI EKISH MUDDATLARI VA MINERAL O‘G‘ITLASH ME’YORLARIGA BOG‘LIQLIGI
Poyonova Gulsanam, Yuldasheva Hilola, Rizayev Shuxrat
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sabzavot makkajo‘xorini Zamon navi va Megaton F1 duragayini qulay ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlash me’yorlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
-
SOYA NAVLARI KO‘K POYASINI KIMYOVIY TARKIBINING AGROTEXNIK TADBIRLAR TA’SIRIDA O‘ZGARISHI
Xamroyeva Marg‘uba, Yormatova Dilorom
Ushbu maqolada soya o‘simligining to‘rtta navi uch xid muddatda nitrofiks P shatammi bilan ishlanib ekilgan va ularning ko‘k poya to‘plash dinamikasi kuzatilgan. O‘rganilgan soya navlari Nitrofiks P bilan ishlanib ekilganda …
-
TUPROQ STURUKTURASIGA TURLI KOMPOSTLARINING TA’SIRI
Abdinazarov Jamshid, Saidova Munisa, Saidova Munisa, Begnayev Bekzod
Ilmiy maqolada taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida ingichka tolali SP-1607 g‘o‘za naviga kamaytirilgan mineral o‘g‘itlar me’yori fonida turli miqdordagi bentonit, fosforit va go‘ng asosidagi tayyorlangan turli kompostlarni xar xil me’yor va muddatlarda …
-
TAKRORIY EKILGAN MAKKAJO‘XORI HOSILDORLIGIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARINING TAʼSIRI
Tursunov Sotvoldi
Maqolada makkajo‘xorini takroriy ekin sifatida ekishning afzalliklari, makkajo‘xori urug‘ini ekish muddatlarini uning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga taʼsiri yoritilgan.
-
KUZGI TRITIKАLE NАVLАRINI YАSHOVCHАNLIGIGА EKISH MUDDАTLАRI VА ME’YORLАRINING TА’SIRI
Ismoilov Voxid, Tursunov Shermuxammad, Xudoyqulov Sarvar
Maqolada kuzgi tritikaleni Davlat reyestriga kiritilgan Normаn hamda Fаrxod navlari unib chiqishi, hosil yig’ishtirishgacha yashovchanligiga ekish muddatlari va me’yorlarini ta’siri natijasida olingan ma’lumotlar bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasida har ikkala navni …
-
ARIMA MODELI YORDAMIDA QISHLOQ VA NOQISHLOQ XOʻJALIKLARIDAN OLINADIGAN DAROMADNI BAHOLASH
Salixov Akmal
Ushbu maqolada qishloq va noqishloq xoʻjaliklari faoliyatidan olinadigan daromadlarni iqtisodiy-statistik jihatdan baholash va prognoz qilishda ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modelidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda vaqt qatorlari asosida daromad …
-
KALIYLI O‘G‘ITNI KUZGI BUG‘DOYDA QO‘LLASHNING UMUMIY NPK MIQDORLARI VA DON HOSILIGA TA’SIRI
Ismayilov Jumanazar
Maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyda turli me’yor, muddat va usullarda qo‘llanilgan mahalliy kaliy o‘g‘itini o‘simliklardagi umumiy NPK miqdorlarining o‘zgarishi va don hosiliga ta‘siri bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan.
-
MONILIOZ ZAMBURUG‘I MITSЕLIYSINING HARORAT VA INKUBATSIYA MUDDATIGA BOG‘LIQ HOLDA O‘SISH DINAMIKASI TAHLILI
Pulatov Azizjon, Umarov Zafar, Qo‘shaqboyev Baxodirjon, Xusanov Ro‘ziboy
Tadqiqotda M. Cydoniae va M. Fructigena fitopatogenlari mitseliysini o‘sishiga turli harorat va inkubatsiya muddatlarini ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, mitseliy o‘sishi 22–24 ℃ harorat va 14 kunlik inkubatsiyada eng yuqori darajada …
-
POREY PIYOZI HOSILINI YETISHTIRISHDA MAQBUL EKISH MUDDATLARINI ANIQLASH
Asatov Shuxrat, Nizanov Janibek
Turli ekish muddatlarida 50 kunlik kо‘chat asosida yetishtirilgan porey piyozining “Karantanskiy” navida eng yuqori umumiy va tovarbop oq soxta poya hosildorligi 10-aprel (25,1 va 13,7 t/ga), aksincha, kam hosildorlik 20-aprel …
-
JANUBIY HUDUDLAR SHAROITIDA KECHPISHAR SOYA NAVLARI DONINING KIMYOVIY TARKIBIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI
Ergasheva Mahfuza
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlari sharoitida kechpishar soya navlari donining kimyoviy tarkibiga ekish muddatlari va qator oralari kengligining ta’siri ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqotlar 2025 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumani …