ARIMA MODELI YORDAMIDA QISHLOQ VA NOQISHLOQ XOʻJALIKLARIDAN OLINADIGAN DAROMADNI BAHOLASH
Annotatsiya
<p>Ushbu maqolada qishloq va noqishloq xoʻjaliklari faoliyatidan olinadigan daromadlarni iqtisodiy-statistik jihatdan baholash va prognoz qilishda ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modelidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda vaqt qatorlari asosida daromad koʻrsatkichlarining dinamikasi oʻrganilib, stasionarlikni taʻminlash, parametrlarni tanlash hamda modelning adekvatligi baholangan. ARIMA modeli orqali qishloq xoʻjaligi va noqishloq sohalaridan olinadigan daromadlarni qisqa va oʻrta muddatli prognoz qilish imkoniyatlari koʻrsatib berilgan. Olingan natijalar qishloq aholisi daromadlarini tahlil qilish, iqtisodiy qarorlar qabul qilish va tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.</p>