AGRO KIMYO HIMOYA

G‘О‘ZA KО‘SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA VA PAXTA HOSILIGA BAYKAL-EM-1 MIKROBIOLOGIK О‘G‘ITI TA’SIRI

Raximova Gulnora
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0002-0772-2316

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida «Baykal-EM-1» mikrobiologik o‘g‘itining g‘o‘za hosildorligi va rivojlanish dinamikasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mineral o‘g‘itlar fonida mikrobiologik preparatni qo‘llash ko‘saklarning ochilishini jadallashtirishi hamda o‘simlikning vegetatsiya davridagi biometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi aniqlangan.</p> <p>Eng muhim ilmiy natija shundan iboratki, «Baykal-EM-1» o‘g‘itini maqbul meyor va muddatlarda qo‘llash orqali olingan qo‘shimcha hosil mineral o‘g‘itlar miqdorini sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Bu esa qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish va ekologik toza mahsulot yetishtirishning samarali yo‘li ekanligini isbotlaydi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026