Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
TRANSGEN BACILLUS THURINGIENSIS (BT) G‘O‘ZA JORIY ETILISHIDA IKKILAMCHI ZARARKUNANDALARNING KO‘PAYISHI VA AGROEKOLOGIK XAVF TAHLILI
Imomaliyev Erali, Jamolov Axadjon, Abdurahimov Diyorbek
Ushbu tadqiqotda Bt asosidagi g‘o‘za ekinlarining turli zararkunandalarga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilingan. Bt g‘o‘za Helicoverpa armigeraga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatib, insektitsidlar qo‘llanilishini sezilarli darajada kamaytirib agrotexnik jihatdan samarali yechim …
-
ОЦЕНКА БИОЛОГИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНСЕКТИЦИДА ALLCHUNGKILL C.К. ПРОТИВ ТРИПСОВ (THYSANOPTERA) НА ПОСЕВАХ ТОМАТА В УСЛОВИЯХ ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ
Сулаймонов Отабек, Каримов Фаррух
Maqolada pomidorda tripslarga qarshi kurashishda «Allchungkill s.k.» preparatining (ta’sir etuvchi modda: emamektin benzoat) dala sinovlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, …
-
PIYOZ VA SARIMSOQ EKINLARIDA UCHRAYDIGAN ENTOMOFAG TURLARI
Akromov Bahtiyor, Ro’ziqulov Davlatbek, Nurjonov Fozilbek
Maqolada O‘zbekistonning turli hududlaridagi piyoz va sarimsoq piyoz agroekotizimlarida olib borilgan monitoring tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida piyoz va sarimsoq dalalarida entomofag artropodalarning jami 63 turi aniqlangan.
-
SUG‘ORILADIGAN BOSHOQLI DON EKINLARIDA UCHRAYDIGAN QANDALALARNING TURLARI, AREALI VA UCHRASH DARAJASI
Bekchanov Zokirjon, Nurumova Nilufar, Ruzmetov Shaxnazar
Boshoqli don ekinlarida uchraydigan qandalalarning ko‘pgina turlari ma’lum, lekin ular hayot kechirish sharoiti bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrim tur qandalalar faqat boshoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar bilan oziqlansa, boshqalari mavsum davomida …
-
PARAZIT TRICHOGRAMMA PRITIOSUM ENTOMOFAGINI INTRODUKSIYA QILISH VA IQILIMLASHTIRISH KO‘RSATKICHLARI
Orziqulov Boboqul, Usmonov Muhriddin
Trichogramma pritiosum parazit entomofaini introduksiya qilish respublikamiz qishloq xo’jaligi ekinlarini zararkunandalardan biologik himoya qilishda ta’biiy entomofag va zararkunandalar muvozanatini yaxshilashga olib keladi. Bu entomofag boshqa trixogrammalarga qaraganda issiqlikka nisbatan chidamliroq …
-
ISSIQXONA OQQANOTIGA QARSHI BIOLOGIK KURASHDA ENKARZIYADAN FOYDALANISH
Saidova Zuxra, Buronov Yusuf, Ismailova Fotima, Tangriyeva Shahnoza
Issiqxona oqqanoti - Trialeurodes vaporariorum West.-issiqxona sharoitida yetishtiriladigan sabzavot ekinlarining eng xavfli zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston sharoitida ushbu zararkunanda nafaqat issiqxona, balki ochiq maydon sabzavotchiligiga ham katta iqtisodiy zarar yetkazadi. …
-
QULUPNAY AGROBIOTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR VA ULAR SONINI BOSHQARISHDAGI SAMARALI USULLAR
Saypiyeva Dildora
Bugungi kunda qulupnay (Fragaria spp.) yuqori iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan rezavor meva ekinlaridan biri bo‘lib, uning agrobiotsenozida zararkunanda hasharotlar hosildorlik va sifatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Toshkent viloyati sharoitida 2022–2024-yillarda olib …
-
TAKRORIY EKINLARDA ENTOMOFAGLARNING SHAKLLANISHI MONITORINGI
Sattorov Asqar, Xalimov Raxmatilla
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida oltinkoʼz entomоfagining takroriy ekin sifatida ekilayotgan yeryongʼoq maydonlariga migratsiyasi (koʼchishi), rivojlanishi va zichligini oʼrganish boʼyicha olib borilgan monitoring natijalari keltirilgan. Unga asosan oltinkoʼz entomofagi populyatsiyalari …
-
TAKRORIY EKINLARDA ZARARKUNANDALARNI ANIQLASH USULLARI
Sattorov Asqar, Xalimov Raxmatilla
Ushbu maqolada chamalash (marshrut) va doimiy (statsionar) usullardan foydalanib Surxondaryo mintaqasi sharoitida takroriy ekin sifatida ekilayotgan yeryongʼoq biotipida uchraydigan zararkunandalarning tur tarkibini va tarqalish darajasini oʼrganish boʼyicha olib borilgan tadqiqot …
-
QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDAGI ZARARKUNANDALARI
Murodov Baqojon, Eshmurzayev Jasur, Shaymanov Mashrab, Qodirov Nodir
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash jarayonida uchraydigan asosiy ombor zararkunandalarining tur tarkibi, biologik xususiyatlari va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Omborlarda saqlanayotgan don, don-dukkakli ekinlar hamda quritilgan mevalarga zarar yetkazuvchi …
-
TAKRORIY VA O‘TMISHDOSH EKINLARDAN KEYINGI MUDDATDA EKILGAN SABZAVOT VA KARTOSHKA EKIN MAYDONLARIDA TUPROQ OSTI ZARARKUNANDALARINING ZICHLIGINI ANIQLASH
Xudoyqulov A’zamjon, Qilichova Munisa
Ushbu maqolada takroriy va o‘tmishdosh ekinlardan keyingi muddatda ekilgan sabzavot va kartoshka ekin maydonlarida tuproq osti zararkunandalarining zichligini aniqlash maqsadida Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida laboratoriya sharoitida 2023-2025 yillarda tadqiqotlar …
-
BODRINGNING FUZARIOZ KASALLIKLARIGA QARSHI MIKROB-ANTAGONISTLARNI QO‘LLASH
Xalmuminova Gulchexra, G‘oibov Baxrullo
Bodring (Cucumis sativus L.) dunyoda va Oʻzbekistonda eng muhim sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Biroq, uning hosildorligi va sifati zamburugʻli kasalliklar tufayli sezilarli darajada pasayishi mumkin. Ushbu maqolada bodringning fuzarioz kasalliklariga …
-
ZARARLI XASVA (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) NING ZARARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI FENOLOGIYASI
Raxmonova Guljamol, Mamatqulov O‘lmasbek
Ushbu maqolada zararli hasharot — zararli toshbaqasimon qandala (Eurygaster integriceps)ning kelib chiqishi, tarqalishi, biologiyasi va qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari ko‘rib chiqilgan. Ilmiy manbalar asosida hasharotning rivojlanish bosqichlari va faolligining …
-
OLMANING MONILIOZ KASALLIGIGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH CHORALARINI OLIB BORISH HAMDA ISHLAB CHIQISH
Abdurahimov Diyorbek, Imomaliyev Erali, To‘ychiyev Hojimurod
Ushbu tadqiqotda Farg‘ona viloyati sharoitida olma (Malus domestica) ekinlarida monilioz (Monilia fructigena) kasalligiga qarshi kimyoviy kurash vositalarining samaradorligi o‘rganildi. Intensiv bog‘larda Golden navli olma daraxtlarida kasallikning rivojlanishi va tarqalishi tahlil …
-
O‘RINDOSH MAKKAJO‘XORINI HIMOYA QILISHNING GʻO‘ZA UCHUN AHAMIYATI
Xo‘jayev Shomil, Yuldashev Farrux
Mazkur maqolada gʻoʻza–bugʻdoy–oʻrindosh ekinlar tizimida makkajoʻxori va boshqa baland boʻyli oʻrindosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishning gʻoʻza agrotsenozidagi fitosanitar holatga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqotlar davomida makkajoʻxori poya parvonasi (Ostrinia nubilalis Hübner), leukaniya …
-
KUZGI BUG‘DOYNING CHANG VA QATTIQ QORAKUYA KASALLIKLARIGA QARSHI “GRANDSIL 6% SUS.K.” PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Karimov Nurbek, Uzaqov Fazlidin
Ushbu tadqiqotda kuzgi bug‘doyda keng tarqalgan chang qorakuya (Ustilago tritici) va qattiq qorakuya (Tilletia spp.) kasalliklariga qarshi “Grandsil 6% sus.k.” fungitsid preparatining biologik samaradorligi ilmiy asosda baholandi. Tajribalar natijasida preparat …
-
POMIDOR VA SHIRIN QALAMPIR KO‘CHATLARIDA UCHRAYDIGAN MIKROORGANIZMLARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Toshtemirov Aminjon, Abdillayev Marat, Murodov Inomjon
Maqolada sabzavot ekinlaridan pomidor va shirin qalampir ko‘chatlarida saqlanadigan mikroorganizmlarning zarari va ularning oldini olish usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalarida keltirilgan ma’lumotlarda pomidor va shirin qalampir ekinlarining har biridan …
-
TARVUZ O‘SIMLIGI AGROBIOTSENOZIDA KASALLIKLARNI QO‘ZG‘ATUVCHI ZAMBURUG‘ TURLARI VA UCHRASH DARAJASI
Mirzaakbarova Yorqinoy
Mazkur maqolada tarvuz (Citrullus lanatus Tunb.) o‘simligi agrobiotsenozida uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklar va ularning tarqalish darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “So‘qoq Zuhra Lola” fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan “Xazar” navli …
-
LOVIYA (PHASEOLUS VULGARIS) ORASIDA UCHRAYDIGAN BIR YILLIK IKKI PALLALI BEGONA O‘TLAR TASNIFI
Turdiyeva Nilufar, Raimiova Feruza, Qalandarova Maftuna, Murtazaev Qobil, Yo‘ldoshev Abdulaziz
Tadqiqotda begona o‘tlarning agroekologik sharoitga moslashuvi, gullash va urug‘lanish davri, shuningdek, ularning loviya ekinlari bilan raqobati tahlil qilingan. Olingan ma’lumotlar begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va hosildorlikni oshirishda …
-
TAKRORIY MUDDATDA SHIRIN QALAMPIR YETISHTIRISHDA FENOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA SUG‘ORISH TARTIBOTI VA O‘G‘ITLASH ME’YORINING TA’SIRI
Rasulov Faxriddin
Ushbu maqolada takroriy muddatda shirin qalampir yetishtirishda fenologik ko‘rsatkichlariga sug‘orish tartibotini va o‘g‘itlash me’yorini mahalliy Dar Tashkenta va Zarya Vostoka navlari misolida ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirlgan.