2-maqola

TAKRORIY EKINLARDA ENTOMOFAGLARNING SHAKLLANISHI MONITORINGI

Sattorov Asqar
O‘simliklar karantini va himoyasi ITI Surxondaryo mintaqaviy filiali
ORCID: 0009-0007-9823-2406
Xalimov Raxmatilla
O‘simliklar karantini va himoyasi ITI Surxondaryo mintaqaviy filiali

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida oltinkoʼz entomоfagining takroriy ekin sifatida ekilayotgan yeryongʼoq maydonlariga migratsiyasi (koʼchishi), rivojlanishi va zichligini oʼrganish boʼyicha olib borilgan monitoring natijalari keltirilgan. Unga asosan oltinkoʼz entomofagi populyatsiyalari iyul oyining uchinchi oʼn kunligidan boshlab takroriy ekilgan yeryongʼoq biotipiga koʼchishi boshlanib, avgust oyidan, yaʼni, o’simliklarning shonalash davrida miqdoriy jihatdan sonining sezilarli darajada koʼpayishi va oʼsimlikning gullashdukkaklash fazalarida yaʼni, butun sentyabr oyi davomida uning zichligi yuqori darajada saqlanib qolishi aniqlandi. Bu esa oʼz navbatida takroriy muddatda ekilgan yeryongʼoq oʼsimligi oltinkoʼz entomofagining tabiiy koʼpayish manbasi ekanligini koʼrsatdi.

How to cite

GOSTSattorov A., Xalimov R. TAKRORIY EKINLARDA ENTOMOFAGLARNING SHAKLLANISHI MONITORINGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1635/.
APASattorov A., Xalimov R. (2026). TAKRORIY EKINLARDA ENTOMOFAGLARNING SHAKLLANISHI MONITORINGI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1635/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026