2-maqola

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDAGI ZARARKUNANDALARI

Murodov Baqojon
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Eshmurzayev Jasur
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0009-9189-5818
Shaymanov Mashrab
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0003-6427-1440
Qodirov Nodir
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Abstract

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash jarayonida uchraydigan asosiy ombor zararkunandalarining tur tarkibi, biologik xususiyatlari va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Omborlarda saqlanayotgan don, don-dukkakli ekinlar hamda quritilgan mevalarga zarar yetkazuvchi qo‘ng‘izlar, parvonalar va kanalar tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida qattiqqanotlilar (Coleoptera) turkumi vakillari son jihatidan ustunlik qilishi aniqlandi. Shuningdek, janubiy ombor parvonasiga qarshi Habrobracon hebetor va turli ombor zararkunandalariga qarshi Chrysoperla carnea entomofaglarining biologik samaradorligi baholandi. Brakon entomofagi 1:10 va 1:5 nisbatlarda qo‘llanilganda 90–100 % biologik samaradorlikka erishildi. Olingan natijalar ombor zararkunandalariga qarshi ekologik xavfsiz biologik himoya usullarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini ko‘rsatadi.

How to cite

GOSTMurodov B., Eshmurzayev J., Shaymanov M., Qodirov N. QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDAGI ZARARKUNANDALARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1644/.
APAMurodov B., Eshmurzayev J., Shaymanov M., Qodirov N. (2026). QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDAGI ZARARKUNANDALARI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1644/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026