Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
MURAKKAB RELYEFLI HUDUDLARDA YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING KOMPLEKS YONDASHUVI
Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich, Musurmankulova Shaxlo Axmedovna
Maqolada murakkab relyefli qishloq xo‘jaligi hududlarida yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan kompleks yondashuv asosida ichki yer tuzish loyihasi taklif etilgan. Loyiha Ohangaron tumani “Yakka chorva yuksalish” fermer xo‘jaligi misolida ishlab …
-
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR MONITORINGINI YURITISHNING HUQUQIY VA ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Toxirov Kozim Najim o‘g‘li
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asoslari, ilmiy-uslubiy yondashuvlari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Yer monitoringining mazmuni, vazifalari va tamoyillari tahlil qilinib, yer resurslaridan oqilona …
-
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YAYLOV YERLARIDA GEOBOTANIK TADQIQOT JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘aniyev Ochilbek Orifjon o‘g‘li
Yaylov yerlaridan oqilona va samarali foydalanishda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish hamda monitoring jarayonlarini tizimli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada yaylov yer maydonlarida geobotanik tadqiqotlarni raqamli texnologiyalar asosida amalga …
-
OROLBO‘YI YAYLOVLARI BIOXILMA-XILLIGINI BAHOLASHNING ILMIY VA HUQUQIY ASOSLARI.
Oteniyazov Dauletbay Orinbay uli, Norqulov Musurmon Norbayivich
Maqolada Orolbo‘yi yaylovlari bioxilma-xilligini saqlash va baholashning nazariy hamda huquqiy asoslari tahlil qilingan. Orol dengizining qurishi, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, sho‘rlanish va antropogen bosim natijasida yaylov ekotizimlarida yuzaga kelayotgan degradatsiya jarayonlarining …
-
ITALIYA CHIGIRTKASI (CALLIPTAMUS ITALICUS L.) GA QARSHI CYPERCHEM 50% EM.K. PREPARATINING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Tufliyev Nodirbek, Jalgasov Baxram, Imomova Muqaddas
Ushbu maqolada Chimboy tumani yaylovlari sharoitida Italiya chigirtkasiga (Calliptamus italicus L.) qarshi "Cyperchem 50% em.k." preparatining biologik samaradorligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan dala sinovlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar davomida preparatning 0,1–0,2 l/ga …
-
YAYLOVLARGA OZIQ-OVQAT VA FITOSANITAR XAVFSIZLIGI TALABLARI
Sindarov Shodiyor, Xalilov Ximoil
Maqolada tabiiy yaylovlar holatini yaxshilashda qo‘llaniladigan ozuqabop o‘simliklarning ekin sharoitidagi xo‘jalikbop xususiyatlariga oid tadqiqot natijalari bayon qilingan. Yaylov ozuqabop o‘simliklarining istiqbolli turlaridan madaniy yaylovlar barpo etishda o‘simliklarning zararkunandalarini aniqlash va …
-
YAYLOVLAR HOLATINI YAXSHILASHDA CHERKEZ TURLARINING AHAMIYATI
Bobayeva Adiba
Ushbu maqolada cho‘l va yarim cho‘l yaylovlari holatini yaxshilashda Rixter cherkezi (Salsola richteri Karel.) va Paleskiy cherkezi (Salsola paletzkiana Litv.) turlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlarda ushbu turlarning laboratoriya va dala sharoitidagi …
-
FORISH TUMANI CHO‘L AGROEKOTIZIMLARIDA YAYLOV HOSILDORLIGINING IQLIM OMILLARI TA’SIRIDA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Oʻralova Nilufar
Mazkur tadqiqotda Jizzax viloyati Forish tumani cho‘l agroekotizimlarida o‘simlik qoplami tarkibi va yaylov hosildorligining iqlim omillari ta’sirida shakllanish xususiyatlari baholangan. Transekt va kvadrat namuna olish usullari asosida 3 ta 1 …
-
QANDIM-QUMLI CHO’LLAR UCHUN QIMMATLI YAYLOVBOP O’SIMLIK
Adilov Sobitjon, G‘ulomov G‘ofir
Maqolada qumli cho'llarda tarqalgan yovvoyi hayvonlar va chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadigan qizil qandimning biologiyasi, qimmatli xo'jalikbop xususiyatlari hamda Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog'ining 6 ta bo'limidan yig'ib olingan …
-
GEOBATANIKA ILMIY TADQIQOT ISHLARI BO'YICHA VA DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YAYLOV YERLARNING MONITORINGINI YURITISH (JONDOR TUMANI MISOLIDA)
Rasulova Munisa
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida degradatsiyaga uchragan yaylov yerlarning masofadan zondlash va geobotanik tadqiqotlar orqali monitoring yuritishning normativ-huquqiy asoslari, uslubiy yondashuvlari va natijalariga doir keng qamrovli tahlil keltirilgan. Maqolada 2015–2025 yillar …
-
TOG‘ OLDI MAYDONLARIGA MOS YAYLOVBOP VA PICHANBOP O’SIMLIKLAR
Xalilov Ximail, Adilov Sobitjon
Maqolada chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadigan sharsimon astragal, Xuroson esparseti va cho’l erkak o’tining xo’jalikbop xususiyatlarini tadqiq qilishga oid ma’lumotlar bayon qilingan. Tog’ oldi yaylovlarida astragalli, esparsetli, erkak o’tli …
-
KO‘P YILLIK YAYLOV OZUQABOP O‘TLARI URUG‘LARINING UNUVCHANLIGINI OSHIRISH USULLARI
Xalilov Ximail
Maqolada madaniy yaylovlar va pichanzorlar barpo etishda qo‘llaniladigan istiqbolli ko‘p yillik ozuqabop o‘tlar urug‘larining unuvchanligini oshirish usullari bayon qilingan. Unuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan urug‘larni ekish orqali madaniy yaylovlar va pichanzorlar …
-
LAND USE SUSTAINABILITY AND INTENSITY IN THE SHANGHAI COOPERATION ORGANIZATION: A COMPARATIVE ASSESSMENT
Nilipovskiy Vasiliy
Birinchi marta FAO va milliy statistik xizmatlarning yangilangan ma'lumotlari asosida SHHT yer balansidagi o'zgarishlarning tarkibiy tahlili o'tkazildi. Yerlarning o'zgarishi vektori va agrar tabiatdan foydalanishning keskinlik darajasi bilan ajralib turadigan ishtirokchi …
-
УЗБЕКИСТАН КАК МОДЕЛЬНЫЙ РЕГИОН АРАЛЬСКОГО БАССЕЙНА В УГЛЕРОДНОЙ ПОВЕСТКЕ: ПОЧВЫ, ДЕГРАДАЦИОННЫЕ РИСКИ, MRV И CDR-РЕШЕНИЯ
Юртаев Андрей, Шварцева Ольга, Гафурова Лазиза
Oʻzbekiston Orol havzasining karbon va yer degradatsiyasi kun tartibining asosiy unsurlarini oʻzida mujassamlashtiradi: ikkilamchi shoʿrlanish xavfi yuqori sugʿoriladigan yerlar (60%+), yaylovlar degradatsiyasi, Orolqum tuzchang boʿronlari manbai sifatida, delta va toʿqay …
-
QUMLI-CHOʻL TUPROQLAR MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING AYRIM IMKONIYATLARI
Saidova Munisa, Tursinbayev Mirzabek
Ushbu maqolada Navoiy viloyati Nurota tumani qumli-cho‘l tuproqlarining degradatsiyaga moyilligini tizimli ravishda aniqlash, ushbu tuproqlarning unumdorligini tiklash imkoniyatlarini zamonaviy usullar asosida baholashdan bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Qaysiki, cho‘l …
-
DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YAYLOVLARNI TIKLASHDA CHO‘L OZUQABOP O‘SIMLIKLAR URUG‘CHILIGINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Xamroyeva Gulnoz
Mazkur maqolada degradatsiyaga uchragan yaylov ekotizimlarini tiklashda mahalliy va iqlimlashtirilgan cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirishning ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida cho‘l o‘simliklarning biologik xususiyatlari, urug‘ hosildorligi hamda tuproq unumdorligiga ta’siri baholandi. …
-
MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR UCHUN YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
Tashbayeva Hulkaroy, Jabborov Mansurbek
Mazkur maqolada muhofaza etiladigan hududlar uchun yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishning ahamiyati hamda ularning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, yer tuzish jarayonining hududiy chegaralarni aniqlash, funksional zonalashni amalga oshirish, …
-
YARIM BUTA O‘SIMLIK TURLARINING YANGI O‘SISH SHAROITIDAGI TUP SONI KO‘RSATKICHLARI
Bobaeva Adiba
Maqolada inqirozga uchragan cho‘l yaylovlari holatini yaxshilash, hosildorlikni oshirish maqsadida ozuqabop tur hisoblangan Qarnabcho‘l sharoitida ekib sinalayotgan kamforosma (Camphorosma Lessingii Litv) va sho‘rsevar shuvoq- (Ermon shuvoq-Artemisia Halophila Krasch.) larning introduksiya …
-
CHO‘L YAYLOVLARI TUPROQLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Muallif
-
CHO‘L YAYLOVLARI O‘SIMLIK QOPLAMINI MASOFADAN ZONDLASH MA’LUMOTLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH
Muallif