2-maqola

YAYLOVLAR HOLATINI YAXSHILASHDA CHERKEZ TURLARINING AHAMIYATI

Bobayeva Adiba
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0008-0514-9054

Abstract

Ushbu maqolada cho‘l va yarim cho‘l yaylovlari holatini yaxshilashda Rixter cherkezi (Salsola richteri Karel.) va Paleskiy cherkezi (Salsola paletzkiana Litv.) turlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlarda ushbu turlarning laboratoriya va dala sharoitidagi urug‘ unuvchanligi, yashovchanligi, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari hamda xo‘jalikbop ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, Paleskiy cherkezining K-5242 va Rixter cherkezining K-5238 namunalari yuqori unuvchanlik, yashovchanlik va biometrik ko‘rsatkichlarga ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqotlar cherkez turlarining degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash, qum ko‘chishini kamaytirish, tuproqni mustahkamlash hamda chorvachilik uchun barqaror ozuqa bazasini yaratishda muhim fitomeliorativ ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

How to cite

GOSTBobayeva A. YAYLOVLAR HOLATINI YAXSHILASHDA CHERKEZ TURLARINING AHAMIYATI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1687/.
APABobayeva A. (2026). YAYLOVLAR HOLATINI YAXSHILASHDA CHERKEZ TURLARINING AHAMIYATI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1687/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026