MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR UCHUN YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

Tashbayeva Hulkaroy
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy - loyihalash instituti
ORCID: 0009-0009-5065-2350
Jabborov Mansurbek
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy - loyihalash instituti
ORCID: 0009-0009-7882-8899

Abstract

Mazkur maqolada muhofaza etiladigan hududlar uchun yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishning ahamiyati hamda ularning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, yer tuzish jarayonining hududiy chegaralarni aniqlash, funksional zonalashni amalga oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish va antropogen bosimni kamaytirishdagi roli tahlil qilingan.Maqolada alohida e’tibor bufer zonalarda yer tuzishni takomillashtirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, ilmiy asoslangan hududiy rejalashtirish, ekologik cheklovlarni kadastr tizimiga integratsiya qilish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yaylov yuklamasini me’yorlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda GIS va raqamli monitoring tizimlarini joriy etish kabi chora-tadbirlar asoslab berilgan.

How to cite

GOSTTashbayeva H., Jabborov M. MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR UCHUN YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №1 (116). – DOI: 10.63241/20261s21akhv.
APATashbayeva H., Jabborov M. (2026). MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR UCHUN YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 116(1). https://doi.org/10.63241/20261s21akhv
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Published: 01.04.2026