Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
PANONYCHUS CITRI (McGregor) POPULYATSIYASINI BIOLOGIK BOSHQARISHDA TABIIY DUSHMANLARNING AHAMIYATI
Raximova Aziza Abduxalimdjanovna
Maqolada sitrus qizil kanasi — Panonychus citri (McGregor) populyatsiyasini biologik boshqarishda tabiiy dushmanlarning o‘rni va ulardan integratsiyalashgan himoya tizimida foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ilmiy adabiyotlar asosida Phytoseiidae oilasiga mansub yirtqich …
-
Ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say parazitini qo‘llashdan oldin pomidor agrobiotsenozida uchraydigan Noctuidae oilasi vakillarining tur tarkibini aniqlash
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Baxodirov Ulug‘bek Zokirjon o‘g‘li
Maqolada ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say parazitini pomidor agrobiotsenozida qo‘llashdan oldin uning asosiy xo‘jayinlari hisoblangan tunlamlar (Noctuidae) oilasi vakillarining tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik darajasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar …
-
PARKENT TUMANI SHAROITIDA SHINGIL BARG O‘ROVCHISI (LOBESIA BOTRANA Den.et Schiff.) RIVOJLANISH FENOLOGIYASI
Ubaydullaev Sardor Ixtiyor o‘g‘li, Saidov Istam Rustamovich
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Parkent tumani sharoitida tokning asosiy zararkunandalaridan biri – shingil barg o‘rovchisi (Lobesia botrana Den. et Schiff.)ning bioekologik xususiyatlari va rivojlanish fenologiyasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqiotlar …
-
XANDON PISTADA QALQANDORLAR – DIASPIDIDAE OILASI VAKILLARINING RIVOJLANISHI VA ZARARI
Ravshanov Davronbek G‘ulom o‘g‘li, Xujayev Otabek Temirovich
Jizzax viloyati iqlim sharoitida qalqandorlar oilasi vakillaridan Pista qalqondori, Binafsha tusli qalqondor va Kaliforniya qalqondor turlari mavjudligi 2023-2025-yillarda aniqlangan. Xandon pistada Pista qalqondori aprel-sentyabr oylarida rivojlanib 2-3 ta avlod, Binafsha …
-
To‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumiga mansub chirildoqlar (Gryllidae) oilasining bioekologik xususiyatlari va ularning zararli turlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari.
Hamroyev Ilyos Amirovich
Maqolada to‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumiga mansub chirildoqlar (Gryllidae) oilasining bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, hayot kechirish sikli va qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari tahlil qilingan. Shuningdek, ularning zararli turlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash …
-
G‘o‘zaning navlararo murakkab duragaylaridan olingan oila va tizmalarida qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi korrelyativ bog‘liqliklar.
Mavlonova Nasiba Umarovna, Madartov Baxrom Kuvandikovich
Mazkur maqolada g‘o‘za genotiplarida tola sifati ko‘rsatkichlari — tola uzunligi (UHML), tola mustahkamligi (Str), tola uzayuvchanligi (Elong) va mikroneyr (Mic) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Pirson korrelyatsiya tahlili asosida baholandi. Tadqiqot natijalariga …
-
BIOLABORATORIYALARDA ENCARSIA PARTENOPEA YETISHTIRISH VA UNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI TA’SIRI
Xolliyev Asamiddin Turaevich, Elmurodov Maqsudjon Ziyodullo o‘g‘li
Ushbu maqolada Aleyrodidae (oq qanotlilar) oilasiga mansub zararkunandalarga qarshi biologik kurashda Encarsia partenopea (Hymenoptera) entomofagidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi biolaboratoriya sharoitida ushbu parazitoidni ko‘paytirishning samarali usullarini ishlab …
-
ФАУНИСТИЧЕСКИЙ, БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЙ И СИСТЕМАТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ВРЕДИТЕЛЕЙ РОЗ В УЗБЕКИСТАНЕ
Юлдашева Шохиста Хусан кизи
В статье представлены результаты фаунистического, биоэкологического и систематического анализа вредителей роз в условиях Узбекистана. Исследования выполнены с использованием современных международных таксономических баз данных (NCBI Taxonomy, Catalogue of Life, GBIF). Установлено, …
-
YONG‘OQ BIOTSENOZIDA TENGSIZ IPAKCHIGA QARSHI QO‘LLANILADIGAN AYRIM INSEKTITSIDLAR HAMDA ULARNING PARAZIT ENTOMOFAGLARGA TA’SIRI
NAZAROV SHAXZOD RUSTAM O‘G‘LI, BOQIEVA MARIYAM BOZOROVNA
Mazkur maqolada Toshkent viloyatining Qibray va Bo‘stonliq tumanlari yong‘oq agrobiotsenozlarida tarqalgan asosiy so‘ruvchi zararkunandalarning tur tarkibi, tarqalishi va mavsumiy rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Insecta va Arachnida sinflariga mansub, Hemiptera …
-
O’YIQ QANOTLI KUYALAR (LEPIDOPTERA: GELECHIIDAE) TURLARI XILMA-XILLIGI VA TAKSONOMIK HOLATI
Axmedova Zuxra, O‘razova Firuza
Maqolada O‘zbekistonda tarqalgan Gelechiidae oilasiga mansub kuyalar xilma-xilligi va ularning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot adabiyotlar sharhiga asoslangan bo‘lib, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu oilaga mansub 14 tur qayd etilgan.
-
SUG‘ORILADIGAN BOSHOQLI DON EKINLARIDA UCHRAYDIGAN QANDALALARNING TURLARI, AREALI VA UCHRASH DARAJASI
Bekchanov Zokirjon, Nurumova Nilufar, Ruzmetov Shaxnazar
Boshoqli don ekinlarida uchraydigan qandalalarning ko‘pgina turlari ma’lum, lekin ular hayot kechirish sharoiti bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrim tur qandalalar faqat boshoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar bilan oziqlansa, boshqalari mavsum davomida …
-
HELIOTROPIUM LASIOCARPUM O‘SIMLIGI EKSTRAKTINI GX-MS USULIDA TAHLILI
Mukarramov Nuridin, Xusenova Nodira, Abdukarimov Azimboy, Olimova Xalima
Boraginaceae oilasiga mansub Heliotropium lasiocarpumo‘simligining kimyoviy tarkibi gaz xromatografiya–mass-spektrometriya (GX–MS) usuli yordamida o‘rganildi. O‘simlik namunalari Sirdaryo viloyatidan yig‘ilib, metanolli ekstraktlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida n-geksadekanoid kislota, 2-gidroksi-2-(1-metoksietil)-butan kislota hamda pirrolizidin …
-
INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE FORMATION OF WHITEFLY (BEMISIA TABACI GENN.) POPULATIONS
Sulaymonov Botirjon, Turdimatova Nodira, Buronov Yusuf, Musurmonqulova Maftuna
Mazkur tadqiqotda Aleyrodidae oilasiga mansub oqkanotlar, xususan issiqxona oqkanoti (Trialeurodes vaporariorum West.) va g‘o‘za oqkanoti (Bemisia tabaci Genn.) populyatsiyalarining sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozlarida shakllanishi hamda rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri …
-
HYMENOPTERAN ENTOMOPHAGES IN VEGETABLE AGROBIOCENOSES OF UZBEKISTAN
Jumaev Rasul, Abdullayev Azizbek, Ergashov Sunnat
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston sabzavot agrobiotsenozlarida tarqalgan Hymenoptera turkumiga mansub parazit entomofaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va trofik munosabatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Lepidoptera turkumiga mansub asosiy zararkunanda turlarning tabiiy kushandalari aniqlanib, …
-
MANZARALI VA MEVALI DARAXTLARNING KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARI BIOEKOLOGIYASI
Usvaliyev Oybek, Abdujabborov O‘ktam
Matnda hasharotlar populyatsiyasi va parazitar nazariya tushuntirilgan. Dunyo o‘rmonchiligida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘rmon zararkunandalari entomofaglaridan 50 mingdan ortig‘i parazit turlar bo‘lib, ularnig asosiylarini Trichogrammatidae, Scelionidae, Ichneumonidae, Braconidae, Ptelomalidae, …
-
DORIVOR RUBIA TINCTORUM L., RUBIA PEREGRINA L., RUBIA CORDIFOLIA L. O‘SIMLIKLARI EKSTRAKTINING RENTGEN TAHLILI
Xonkeldiyeva Muxabbat, Islomov Akmal
Maqolada Rubiaceae oilasiga mansub bo‘lgan dorivor Rubia tinctorum L., Rubia peregrina L., Rubia cordifolia L. o‘simliklari ekstraktining rentgen tahlili bayon qilinadi. Bunda tegishli o‘simliklarning metil, etil spirtidagi ekstrakti olindi. Bu …
-
G‘O‘ZANING GOSSYPIUM BARBADENSE L. TURIGA MANSUB INGICHKA TOLALI “ITPITI-1” NAVINING BIRLAMCHI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Ochildiyev Najmiddin, Choriyeva Yulduz, Xudoynazarov Abdurashid, Mustofoqulov Abror
Ushbu ilmiy maqolada Gossypium barbadense L. turiga mansub ingichka tolali “ITPITI-1” g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘lik ko‘chatzorlarida olib borilgan seleksiya ishlari hamda navning genetik tozaligini saqlash va oshirish …
-
QORAQALPOG‘ISTONNING SHIMOLIY TUMANLARIDA KUZGI BUG‘DOY HOSILDORLIGIGA BEGONA O‘TLARNING TUR TARKIBI VA FITOSANITAR HOLATINING TA’SIRI
Samixov Ajiniyaz, Bakirova Miyirgul, Ajiniyazova Mexriban
Maqolada Shimoliy Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tabiiyiqlim sharoitiga ega bo‘lgan Chimboy tumani misolida kuzgi bug‘doyzorlarning begona o‘tlar bilan ifloslanish holati tahlil qilingan. Hududning tuproq sho‘rlanish darajasi, samarali harorat yig‘indisi va namlik …
-
ПРИМЕНЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИ БЕЗОПАСНЫХ ПРИРОДНЫХ БИОСТИМУЛЯТОРОВ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ УРОЖАЙНОСТИ РИСА
Закиров Салахутдин, Мухидова Зулфия
Ushbu maqolada Asteraceae oilasiga mansub Artemisia turkumi o‘simliklarini ikki turini seskviterpen laktonlarini fitokimyoviy o‘rganish natijalari keltirilgan. Dala sharoitida sholi urug‘ini unib chiqishi va xosildorligiga Artemisia tenuisecta va A. sogdiana o‘simliklaridan …
-
СОСТАВ ПОЧВЕННЫХ ГРИБОВ ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ ГРИБНЫХ БОЛЕЗНЕЙ РАСТЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Камилов Шухрат, Нуралиев Хамра
Ushbu maqolada tuproq zamburug‘larining tur tarkibi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ular 2 oila, 49 turkum va 277 turdan iborat bo‘lib, barchasi anamorf gifali zamburug‘larning rasmiy guruhiga kiradi. Aniqlangan zamburug‘lar turlarining asosiy …