2-maqola

HELIOTROPIUM LASIOCARPUM O‘SIMLIGI EKSTRAKTINI GX-MS USULIDA TAHLILI

Mukarramov Nuridin
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0001-5100-1474
Xusenova Nodira
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0009-9949-3944
Abdukarimov Azimboy
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0002-9159-7545
Olimova Xalima
O‘zR FA akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti
ORCID: 0009-0002-0535-3318

Abstract

Boraginaceae oilasiga mansub Heliotropium lasiocarpumo‘simligining kimyoviy tarkibi gaz xromatografiya–mass-spektrometriya (GX–MS) usuli yordamida o‘rganildi. O‘simlik namunalari Sirdaryo viloyatidan yig‘ilib, metanolli ekstraktlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida n-geksadekanoid kislota, 2-gidroksi-2-(1-metoksietil)-butan kislota hamda pirrolizidin alkaloidi — echimidin (echimidine) aniqlandi. Ayniqsa, echimidinning mazkur o‘simlik tarkibidan ilk bor topilishi muhim ilmiy ahamiyatga ega. Shu bilan birga, asosiy komponentlardan biri identifikatsiya qilinmadi, bu esa qo‘shimcha tadqiqotlar zarurligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar Heliotropium lasiocarpum o‘simligining biologik faol birikmalarga boy ekanligini tasdiqlaydi va uning farmakologik potensialini baholash uchun ilmiy asos yaratadi.

How to cite

GOSTMukarramov N., Xusenova N., Abdukarimov A., Olimova X. HELIOTROPIUM LASIOCARPUM O‘SIMLIGI EKSTRAKTINI GX-MS USULIDA TAHLILI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №5 (120). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/1682/.
APAMukarramov N., Xusenova N., Abdukarimov A., Olimova X. (2026). HELIOTROPIUM LASIOCARPUM O‘SIMLIGI EKSTRAKTINI GX-MS USULIDA TAHLILI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 120(5). https://agrokarantin.uz/articles/1682/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №5 [120], 2026 Published: 22.06.2026