Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
ELEKTRAVJLANTIRISHNING KARTOSHKANING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Kuchkorov Nasriddin Samaridinovich, Oblokulov Feruz Abdiraymovich
Kartoshka o‘simligining bo‘yi, asosiy va yon poyalar soni hamda barglar soni kabi biometrik ko‘rsatkichlarining shakllanishiga elektravjlantirishning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasiga koʻra o‘simlik bo‘yi urug‘lik tuganaklari ekish oldidan elektravjlantirilganda o‘simlik bo‘yi …
-
TEXNIK KANNABIS (Cannabis sativa L.) NING KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH CHORALARI
Sharofboyeva Mahliyo, Umurzakov Elmurod
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani agroiqlim sharoitida texnik kannabis (Cannabis sativa L.) agrobiotsenozida uchraydigan asosiy kemiruvchi zararkunanda — Helicoverpa armigera Hübner ning rivojlanish dinamikasi, zararlash xususiyatlari hamda unga qarshi …
-
TAMAKI AGROSENOZIDA ZARARKUNANDA TUNLAMLARNING TURLAR TARKIBI VA ULARGA QARShI BIOLOGIK VA KIMYOVIY KURASH SAMARADORLIGI
Ergashev Shavkat, Bababekov Qalandar, Xursanov Xayrullo, Omonqulov Dilmurod
Samarqand viloyati Urgut tumani sharoitida tamaki ekiniga gʻoʻza tunlamining zarar keltirish darajasi va unga qarshi biologik va kimyoviy kurash usullarining samaradorligi boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot olib borilgan yillarda gʻoʻza tunlami …
-
G‘O‘ZA EKINIDA MINERAL O‘G‘IT ME’YORLARINING HARAKATCHAN FOSFOR MIQDORIGA TA’SIRI
Maxmudova Dilorom, Mashrabov Mansur
Ushbu maqolada g‘o‘za ekini uchun qo‘llanilgan mneral o‘g‘it meyorlarining oshib borishi bilan tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkich N₃₀₀P₂₀₀K₁₅₀ kg/ga qo‘llanilgan variantda …
-
SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA OQBOSH VA GULKARAM EKINLARINING FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Aslamov Dilshod
Ushbu maqolada Samarqand viloyati tipik bo‘z tuproqlar sharoitida oqbosh karam va gulkaram ekinlarining fotosintetik faoliyatiga turli fosforli o‘g‘itlarning ta’siri o‘rganilgan. N180K90 fonida turli fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilganda oqbosh karam va gulkaramning …
-
OQBOSH KARAMNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Aslamov Dilshod
Ushbu maqolada Samarqand viloyati tipik bo‘z tuproqlar sharoitida oqbosh karam yetishtirishda turli fosforli o‘g‘itlarning samaradorligi o‘rganilgan. N180K90 fonida turli fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilganda oqbosh karamning o‘sishi va rivojlanishi yaxshilangan. O‘simlik bo‘yi …
-
KINOA O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATI VA TABOBATDAGI AHAMIYATI
Sultanbekova Raxshana
Ushbu maqolada kinoa (Chenopodium quinoa) o‘simligining dorivorlik xususiyatlari va uning tabobatdagi ahamiyati tahlil qilingan. O‘simlikning kimyoviy tarkibi, xususan oqsillar, vitaminlar, minerallar va biologik faol moddalar miqdori yoritib berilgan. Kinoa oʻsimliginining …
-
POREY PIYOZ NAV NAMUNALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI
Xamdamova Elnura, Maxmudova Muazzam, Sanayev G‘ayrat
Maqolada porey piyozning qimmatli xo‘jalik belgilaridan biri bo‘lgan biometrik ko‘rsatkichlari nav namunalarida aniqlangan, shuningdek, bir tupda barg soni, barg uzunligi, barg eni hamda barg yuzasi kabi ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
-
SABZAVOT MAKKAJO‘XORINI O‘SISHI, RIVOJLANISHINI EKISH MUDDATLARI VA MINERAL O‘G‘ITLASH ME’YORLARIGA BOG‘LIQLIGI
Poyonova Gulsanam, Yuldasheva Hilola, Rizayev Shuxrat
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sabzavot makkajo‘xorini Zamon navi va Megaton F1 duragayini qulay ekish muddatlari va mineral o‘g‘itlash me’yorlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
-
TUPROQ DEGRADATSIYASI MUAMMOLARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
Xoldorova Rayhona
Ushbu maqolada tuproq degradatsiyasi tushunchasi, uning asosiy shakllari va sabablari keng yoritilgan. Tuproqning fizik, kimyoviy va biologik degradatsiyasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga va ekologik muvozanatga qanday ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilingan. …
-
Makkajo'xori o'simligini yetishtirish agro texnologiyasi va zararkunandalarga qarshi biologik kurash samaradorligi
Fayzullayev Burxon, Murodov Inomjon Quvondiq o'g'li, Po'latov Otamurod Aslamovich
-
Urug'lik donining hosil elementlariga kuzgi bug'doy navlarini ildizidan tashqari oziqlantirishning keyingi reproduksiyadagi ta'siri
Toshkentboyeva Feruza Ibragimovna
Qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda tuproq-iqlim sharoitlari, navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olish yuqori sifatli hosil olishni ta'minlaydi. Hosildorlik esa hosil elementlarini shakllanishiga bog'liq. Ushbu maqolada Samarqand viloyatining sug'oriladigan bo'z tuproqlari sharoitida …
-
Begona oʻtlarga samarali kurashish tadbirlari
Djurayev Akbarjon Mominjonovich, Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Rizayev Shuxrat Xudoyberdiyevich, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti agrobiotexnologiya kafedrasi dotsenti, Annotasiya. Maqolada kuzgi bugʻdoy maydonlarida tarqalgan begona oʻtlarga qarshi shudgorlashni 30-35 smda oʻtkazib, gerbitsidlardan Pik 75% -15 g/ga va Aksial 5% ni - 0, Kalit soʻzlar: kuzgi bugʻdoy, don hosili.
-
ENKARZIYA (ENCARSIA FORMOSA GAH.) PARAZITINING OQQANOT ZARARKUNANDASIGA QARSHI SAMARADORLIGI
Poʻlatov Otamurod Aslamovich, Boltaboyeva Muxsina Faxriddin qizi
Maqolada enkarziya parazitini biolaboratoriya sharoitida koʻpaytirish hamda qishloq xoʻjalik ekinlarining ashaddiy zararkunandasi boʻlgan oqqanotga qarshi qoʻllashning samaradorligi toʻgrisida ma'lumot berilgan.
-
G'O'ZANING SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARI – O'SIMLIK SHIRALARIGA (APHIDODEA) QARSHI OLTINKO'Z (CHPYSOPIDAE) ENTOMOFAGINI QO'LLASH SAMARADORLIGINI ANIQLASHGA DOIR ISHLAR
Nishonov Norjigit Turobovich, Juraev Bahriddin Rayxonovich, Juraeva Guzal Shamsiddin qizi
Ushbu maqolada Samarqand viloyati sharoitida laboratoriyalarda oltinko'z entomofagini ko'paytirib, o'simlik shiralariga qarshi qo'llashning maqbul muddatlari va me'yorlarining yuqori samaradorligini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlarining dastlabki natijalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Issiqxona sharoitida oqqanotga qarshi kimyoviy vositalarni samaradorligi
Kimsanboyev X.X , SulaymonovB.A, AnorboyevA.R, RustamovA.A. Entomologiya va fitopotologiya. T-2017., Nishonov Norjigit Turabovich, dotsent, Samiyev Bobur, magistr, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklar himoyasi kafedrasi.
Ushbu maqolada issiqxonalarda uchraydigan oqqanotlarga qarshi kimyoviy preparatlarni qo‘llash, yetish- tirilayotgan hosilni zararkunandalardan saqlab qolish va ularning sonini boshqarishda kimyoviy kurashning ilmiy asoslangan samarali tizimini ishlab chiqarishga qaratilgan. Kalit so‘zlari: …
-
QAYTA ISHLASH SANOATI KORXONALARINI KLASTER TIZIMI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Jabborova Dilafruz Sodiq qizi
Ushbu maqolada qayta ishlash sanoati korxonalarini klaster tizimi asosida rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, klaster tizimini rivojlantirish bo'yicha xorijiy tajribalar, mamlakatimizda klaster tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi islohotlar, muallif tomonidan ishlab chiqilgan tadqiqot …