Urug'lik donining hosil elementlariga kuzgi bug'doy navlarini ildizidan tashqari oziqlantirishning keyingi reproduksiyadagi ta'siri
Abstract
Qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda tuproq-iqlim sharoitlari, navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olish yuqori sifatli hosil olishni ta'minlaydi. Hosildorlik esa hosil elementlarini shakllanishiga bog'liq. Ushbu maqolada Samarqand viloyatining sug'oriladigan bo'z tuproqlari sharoitida mineral o'g'itlarga, ildizidan tashqari karbamid va mikroo'g'itlar bilan oziqlantirishning kuzgi bug'doy navlarining hosil elementlaridan-mahsuldor poyalar soni, boshoqda boshoqchalar va don soniga keyingi reproduksiyadagi ta'siri bo'yicha natijalar keltirilgan. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Davlat reestriga kiritilgan Forboma navidan foydalanildi. Tajribada N180P90K60 kg/ga me'yorda mineral o'g'itlarga karbamidning turli konsentratsiyadagi suspenziyalari bilan oziqlantirilganda mineral o'g'itlar bilan oziqlantirilgan variantga nisbatan mahsuldor poyalar soni 0,1 donaga, boshoqda boshoqchalar soni 0,4-0,9 va don soni 1,1-2,9 donaga yuqori bo'ldi. Kuzgi bug'doyning boshoqlash fazasida ildizidan tashqari karbamid va mikroo'g'itlar bilan oziqlantirish ta'sirida qo'shimcha mahsuldor poyalar 0,3 dona, 1,0-2,8 dona boshoqchalar hamda 2,8-5,2 dona donlar hosil bo'ldi. Bunday natijalar oziqlantirish me'yorlari va usullarini to'g'ri yo'lga qo'yish nafaqat tadbir qo'llanilgan yili balki navlarning urg'lik sifatlariga ta'sir etuvchi omillardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Keywords: Farboma, mineral o'g'itlar, suspenziya, keyingi reproduksiya, hosil elementlari
Аннотация
Учет почвенно-климатических условий и биологических особенностей сортов при выращивании сельскохозяйственных культур обеспечивает получение качественного урожая. Урожайность зависит от формирования элементов урожая. В данной статье в условиях орошаемых сероземов Самаркандской области