SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA OQBOSH VA GULKARAM EKINLARINING FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI

Aslamov Dilshod
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0005-4550-8419

Abstract

Ushbu maqolada Samarqand viloyati tipik bo‘z tuproqlar sharoitida oqbosh karam va gulkaram ekinlarining fotosintetik faoliyatiga turli fosforli o‘g‘itlarning ta’siri o‘rganilgan. N180K90 fonida turli fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilganda oqbosh karam va gulkaramning fotosintetik faoliyati nisbatan yaxshilangan. O‘rtacha uch yillik (2021-2023-yillar) tadqiqot natijalariga ko‘ra, oqbosh karamda eng yuqori ko‘rsatkich superfosfat va Ps-agro o‘g‘itlari qo‘llanilgan variantlarda kuzatilgan. Shuningdek, gulkaram ekinida esa fotosintetik potensial va fotosintetik sof mahsuldorlik ko‘rsatkichlarida superfosfat va NKFU hamda Ps-agro va ammofos o‘g‘itlari teng ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.

How to cite

GOSTAslamov D. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA OQBOSH VA GULKARAM EKINLARINING FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №3 (118). – DOI: 10.63241/akhvvol118y2026iss3m30.
APAAslamov D. (2026). SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA OQBOSH VA GULKARAM EKINLARINING FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA TURLI FOSFORLI O‘G‘ITLARNING TA’SIRI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 118(3). https://doi.org/10.63241/akhvvol118y2026iss3m30
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Published: 23.04.2026