Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
O‘SIMLIK ZAMBURUG‘ KASALLIKLARINI BIOLOGIK NAZORAT QILISHDA TRIXODERMA TURLARINING AHAMIYATI (SHARH)
Mirabidova Dildora, Berdiyeva Feruza
Maqolada o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashda kimyoviy pestitsidlarning salbiy ekologik ta’siri tahlil qilinib, biologik nazorat usullarining afzalliklari yoritilgan. Xususan, Trichoderma turkumiga mansub zamburug‘larning fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlari, ularning antifungal metabolitlar ishlab …
-
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA MEVALI BOG‘ ZARARKUNANDALARI BO‘YICHA MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI
Shukrullayeva Munisa
Iqlim o‘zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalari ekinlar yetishtirish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Odatda moslashuvchan organizmlar sifatida hasharotlar zararkunandalari iqlim o‘zgarishining turli sabablariga turlicha munosabatda bo'lishadi. Ushbu sharhda …
-
MANZARALI VA MEVALI DARAXTLARNING KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARI BIOEKOLOGIYASI
Usvaliyev Oybek, Abdujabborov O‘ktam
Matnda hasharotlar populyatsiyasi va parazitar nazariya tushuntirilgan. Dunyo o‘rmonchiligida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘rmon zararkunandalari entomofaglaridan 50 mingdan ortig‘i parazit turlar bo‘lib, ularnig asosiylarini Trichogrammatidae, Scelionidae, Ichneumonidae, Braconidae, Ptelomalidae, …
-
IQLIMLASHTIRILAYOTGAN REZAVOR MEVALAR ZARARKUNANDALARI BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI UYG‘UNLASHGAN KURASH CHORALARI
Bektursunova Lobar
Maqolada iqlimlashtirilayotgan rezavor mevalar zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va zararini kamaytirish bo'yicha uyg'unlashgan kurash choralari yoritilgan. Agrotexnik, biologik, fizik va kimyoviy usullarni uyg'unlashtirish choralari rezavor mevalar hosildorligi va sifatini …
-
CARBON FOOTPRINT ASSESSMENT AS A FACTOR IN IMPROVING THE ECOLOGICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE: INTERNATIONAL METHODOLOGY AND UZBEKISTAN’S CASE
Halawani Firas, Khamrayeva Komila, Rustamov G‘iyos, Maksudov Khusniddin
Ushbu maqola iqlim o‘zgarishi sharoitida yoshlar orasida ekologik xabardorlikni oshirish va ularning “uglerod izi”ni baholashning ahamiyatini tahlil qiladi. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda yoshlarning kundalik odatlari tabiatga qanday ta’sir qilishi …
-
TREND ANALYSIS OF NITROGEN OXIDE (NO) AND NITROGEN DIOXIDE (NO 2 ) CONCENTRATION IN TASHKENT CITY (BASED ON MANN-KENDALL TEST)
Otamurodov Davlatbek
Ushbu tadqiqotda, 2012-yil yanvaridan 2022-yil dekabrigacha, Toshkent shahri havosidagi azot oksidi (NO) va azot dioksidi (NO2) konsentratsiyasining uzoq muddatli o'rtacha qiymatlari MS Excel dasturi yordamida tahlil qilindi. O'zgarish dinamikasi Mann-Kendall …
-
MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARDA O‘SIMLIKLAR BIOXILMA-XILLIGINI SAQLASHDA EKOTURIZMNING O‘RNI
Mardonova Nilufar
Mazkur maqolada muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda o‘simliklar bioxilma-xilligini saqlashning ahamiyati yoritiladi. Ekotizim barqarorligini ta’minlash, noyob va endemik turlarni asrash hamda antropogen omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish masalalari tahlil qilinadi. Biologik xilma#xillikni …
-
QORAQALPOG‘ISTON AGROIQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASHNING ISTIQBOLLARI
Toreniyazov Elmurat, Rozımova Amangul, Amaniyazov Islambek
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida qishloq xo‘jaligi ekinlarida tarqalgan asosiy zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida entomoakarifaglarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari …
-
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ХРАНЕНИЯ ПИЩЕВОЙ ПРОДУКЦИИ НА ОСНОВЕ ХИТОЗАНОВЫХ БИОПОЛИМЕРОВ
Абдуллаев Фазилжон, Дубовик Татьяна
Mazkur maqolada xitozan biopolimerlari asosidagi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning innovatsion texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ekologik xavfsiz qoplamalardan foydalanishning dolzarbligi asoslab berilgan. Xitozanning saqlash …
-
SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA SHIRALARNING PARAZIT ENTOMOFAGLARI VA ULARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Rustamov Atxam, Ergashev Mirodil, Turdimatova Nodira
Maqolada sabzavot agrobiotsenozlarida uchraydigan o‘simlik shiralari paraziti Lysiphlebus fabarum Marsh ning biologik xususiyatlari, o‘simlik shiralari bilan zararlanish darajasi va yashovchanligi laboratoriya hamda dala sharoitlarida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tabiatdan yig‘ilgan …
-
SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARNING BUG’DOYDAGI ZARARI VA BIOEKOLOGIYASI
Muminova Ra’no, Ro’ziqulov Davlatbek
Ushbu maqolada bug’doyning so‘ruvchi zararkunandalari zarari, hayot kechirishi va qarshi kurash choralari, respublikamiz ga’llazorlarida uchraydigan turlari hamda ushbu zararkunanda hasharotlarni hayot kechirish va qarshi kurash choralari haqida ma’lumotlar berilgan.
-
SOYA AGROBIOTSENOZIDA MAVJUD TABIIY KUSHANDALARNING TURLARI VA TARQALISHI
Xolliyev Asamiddin, Xoliqova Marjona, Imomova Muqaddas
Maqolada soya agrobiotsenozida turli sistematik guruhlarga mansub entomofaglar mavjudligi aniqlangan. Ushbu tabiy kushandalar, qattiqqanotlilar (Coleoptera), yarimqattiqqanotlilar (Hemiptera), pardaqanotlilar (Hymenoptera), ikkiqanotlilar (Diptera) va to‘rqanotlilar (Neuroptera) turkumlariga mansub 10 ga yaqin foydali …
-
APPLE ORCHARD PANONYCHUS ULMI CONTROL APPLYING BIOLOGICAL CONTROL AND DIFFERENT MITICIDES AND INSECTICIDES
Rahmonov Ahliddin
Olma qizil kanasi (Panonychus ulmi) olma bog‘larida tez ko‘payishi va fotosintez faoliyatini pasaytirish, daraxtning umumiy holatini sekinlashtirish orqali iqtisodiy zarar yetkazishi bilan mashhur zararkunandadir. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston sharoitida dalada turli …
-
SOYA EKINIDA UCHRAYDIGAN SHIRALARGA QARSHI PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Xolliyev Asamiddin, Xoliqova Marjona
Ushbu maqolada Toshkent viloyati sharoitida soya ekinida uchraydigan shiralar zararkunandasiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida Mekar, Asetaplan 200 SL va Agroplan neo preparatlarining turli me’yorlarda qo‘llanishi …
-
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA DORIVOR SASSIQ KAVRAK (FERULA ASSA-FOETIDA L.) O‘SIMLIGINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI VA AHAMIYATI
Bekbergenova Zaxira, Beknazarova Perizat, Jangabaeva Aygul
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida tabiiy holda o‘suvchi dorivor sassiq kavrak (Ferula assa-foetida L.) o‘simligida uchraydigan asosiy zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi va zararlilik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida zararkunandalarning turkumlar bo‘yicha …
-
REDISKA VA DAIKON EKINLARIDA BREVICORYNE BRASSICAE VA APHIS GOSSYPII SHIRALARINING UCHRASHI VA ZARARI
Topilova Saodat
Ushbu maqolada rediska va daikon ekinlarida keng tarqalgan Brevicoryne brassicae va Aphis gossypii turlarining bioekologik xususiyatlari, uchrashi va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari Toshkent viloyati sharoitida ushbu zararkunandalar populyatsiyasi …
-
SOYA BIOTSENOZIDA PARAZIT-XO‘JAYIN MUNOSABATINING SHAKLLANISHI
Nasirov Baxtiyor, Irgasheva Nilufar
Ushbu maqolada dala sharoitda brakon parazitini o‘rta va katta yoshdagi g‘o‘za tunlami qurtlariga qarshi turli nisbatlarda qo‘llashga doir tajribalarimiz natijalari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
-
TOL BIOTSENOZIDA ENTOMOFAGLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI SAMARADORLIGI
To‘laboyev Bobir, Shukurov Xushvaqt
Tolzorlar tabiatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tuproq eroziyasini kamaytirish va suv resurslarini saqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. So‘ngi yillarda respublikamizda o‘rmon biotsenozlarida zararkunandalardan himoya qilishda ko‘p hollarda kimyoviy kurash olib borilmoqda. …
-
POLIZ EKINLARI BIOTSENOZIDA UCHRAYDIGAN IKKI QANOTLILAR TURKUMINING TARQALISHI
Xolmurodov Abduxoliq
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati sharoitida poliz ekinlarining asosiy zararkunandalaridan biri qovun pashshasi – Carpomya pardalina Bigot zararkunandasining tarqalishi va bioekologiyasi hamda Qashqadaryo viloyati sharoitida ekilayotgan qovun, tarvuz, qovoq navlari ekilgan …
-
ВИДЫ РОДА EUSCELIS BRULLE` ПОВРЕЖДАЮЩИЕ ЛЮЦЕРНУ В УЗБЕКИСТАНЕ
Кожевникова Алевтина
Maqolada O‘zbekistonda bedani zararlovchi zararkunanda vakillari, ularni tur tarkibini Euscelis Brulle` avlodiga mansub eng xavfli turlarini, ularni ozuqlanish zanjiri, biologik xususiyatlari, zarari,xavfli rivojlanishi bosqichlarini, ularni tabiiy kushandalarini o‘rganish natijalari berilgan.