Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YOR VA NISBATLARINING G‘O‘ZANI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Yusupova Yulduz
Toshkent viloyatining tuproq unumdorligi past bo‘lgan, sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaga ma’dan o‘g‘itlarni turli me’yor va nisbatlarda qo‘llashning uni o‘sib rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
-
SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDA SHO‘RLANISH JARAYONLARINI GAT TEXNOLOGIYALARI ORQALI BAHOLASH
Zabidullaeva Ranaxan
Mazkur maqolada sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida sho‘rlanish jarayonlarini geoinformatsion texnologiyalar (GAT) asosida baholash masalalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda sho‘rlanishning tabiiy va antropogen omillari, ularning hududiy tarqalishi hamda dinamik o‘zgarishlari …
-
SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARDA MINERAL VA NOANA’NAVIY O‘G‘IT QO‘LLASHDA FERMENTLAR FAOLIYATI
Kaypnazarov Jandos, Ysupova Amangul, Ysupova Amangul, Kurbashov Uzakbergen, Mambetova Miyrigul
Mazkur tadqiqotda sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarda mineral hamda noan’anaviy o‘g‘itlarni qo‘llashning tuproq fermentlari faolligiga ta’siri o‘rganilgan. 2021–2023 yillarda dala sharoitida o‘tkazilgan tajribalar natijasida proteaza, ureaza, katalaza va …
-
GODJI (LYCIUM BARBARUM) O‘SIMLIGINI EKISH USULLARI VA SAMARALI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Nigmanova Laylo, Urmanova Munisa, Qayumov Alimardon
Ushbu maqolada tabiiy holda o’sayotgan dorivor o’simliklarni zahiralari antropogen omillar ta’siri ostida chegaralanib borayotgani, ularni asrash va aholini dorivor o’simliklar mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida O’zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan …
-
QISHLOQ XO‘JALIGIDA AZOTLI VA TEMIR SAQLOVCHI NANOO‘G‘ITLARNI QO‘LLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Bahodirova Mohichehra, Is’xoqova Shoira
So'nggi yillarda nanotexnologiyalarni qishloq xo'jaligida qo'llash, xususan azotli va temirli nanoo'g'itlardan foydalanish, o'simliklarning oziqlanish samaradorligini oshirish va tuproq unumdorligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada azot va temir asosidagi …
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)
Nizamov Sobirjon, Umarov Muhammad, Yusupboyeva Sevinchoy, Saidahmedova Zuhra, Martavaliyeva Sevinch
Mazkur maqolada Toshkent viloyati hududida tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy va ekologik holati tahlil qilingan. Tuproqlarning gumus miqdori, makro va mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sho‘rlanish, degradatsiya jarayonlari hamda ularning …
-
NAVBAHOR TUMANI SUGʻORILADIGAN QISHLOQ XOʻJALIGI YER MAYDONI TUPROQLARINING OZUQA MODDALARI BILAN TA’MINLANISH DARAJASI
Ruziyev Abror, Ibrohimova Sevinch
Maqolada Navbahor tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni tuproqlarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida hudud tuproqlarining agroximik xususiyatlari, fosfor va kaliy elementlari miqdori, shuningdek, gumus …
-
IRRIGATSION EROZIYAGA UCHRAGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLAR UNUMDORLIGINI TIKLASH VA OSHIRISH YO‘LLARI
Maxkamova Aliya, Kamilov Bobir, Turabova Gulxayo
Maqolada irrigatsiya eroziyaga uchragan tipik bo‘z tuproqlarning unumdorligini oshirishda biopreparatlarni, organik o‘g‘itni ma’danli o‘g‘itlar muxitida qo‘llash uning bioximik o‘zgarishlarini, mikrobiologik jarayonlarining jadallashuvini va organik modda miqdorini oshganligi aniqlandi. Bu esa …
-
ВЛАЖНОСТЬ И ТЕПЛОВЫЕ СВОЙСТВА ДЕРНОВО-ПОДЗОЛИСТОЙ ПОЧВЫ ПОД НАСЖДЕНИЯМИ ЗЕМЛЯНИКИ
Холикулов Шоди, Патрушев Владимир
Maqolada qulupnay yetishtirishda chimli-kulrang qumloq tuproqlarning namlik dinamikasi va issiqlik-fizikaviy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ixtiyoriy me’yor bilan tizimsiz sug‘orish tuproq profilining me’yordan ortiq namlanishiga olib keladi va …
-
SHO‘RLANISH SHAROITIDA G‘O‘ZA (GOSSYPIUM HIRSUTUM L.) GENOTIPLARINING MORFO-FIZIOLOGIK VA MOLEKULYAR-GENETIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASH
Shavqiyev Jaloliddin, Azimov Abdulaxat, Mamarasulov O‘rozbek
Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini cheklovchi asosiy ekologik omillardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda g‘o‘za (Gossypium hirsutum L.) genotiplarining sho‘rlanish sharoitida morfo-fiziologik va molekulyar-genetik xususiyatlari baholandi. Genotiplarning sho‘r stressga bardoshliligini …
-
MASOFAVIY ZONDLASH VA DALA TAHLILLARI YORDAMIDA TUPROQ UNUMDORLIGINI BAHOLASHDA O‘G‘ITLASH SAMARADORLIGI
Xakberdiyev Obid, Kuchkarova Nodira, Abdurahmonov Zoirjon
So‘nggi yillarda masofaviy zondlash (MZ) va geografik axborotlar tizimi (GAT) asosida ekin maydonlarining holatini kuzatish, o‘g‘itlash tizimini optimallashtirish hamda hosildorlikni bashorat qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, tuproq unumdorligini …
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z, O‘TLOQI TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY VA KIMYOVIY XOSSALARINING TAVSIFI
Urmanova Munisa, Burxanova Dilnavoza
Maqolada Toshkent viloyati sharoitida tarqalgan tipik bo‘z, o‘tloqi tuproqlarning agrokimyo va kimyoviy xossalari keltirilgan. Natijalarga ko‘ra o‘rganilgan tuproqlarning gumus va oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha sug‘oriladigan tipik bo‘z va …
-
OROLBO‘YI EKOLOGIK INQIROZI TA’SIRIDA YUZAGA KELGAN TEXNOGEN CHO‘L TUPROQLARIGA DALA TADQIQOT ISHLARINI O‘TKAZISH
Perdebaeva Indira, Sultashova Oralxan, Bekbanov Atamurat, Shaudirbaev Nurdaulet
Markaziy Osiyo uchun katta kulfatlardan biri hisoblangan Orol dengizining qurishi yaqin 60-70 yilda qariyib 3,2 mln gektardan oshiq maydonni suvdan bo‘shab qumli cho‘lga aylanishiga olib keldi. Ushbu maqolada qurigan Orol …
-
СОДЕРЖАНИЕ ВИТАМИНОВ В ЭРОДИРОВАННЫХ ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМАХ
Раимбаева Гульзира
Ushbu maqolada turli yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlardagi vitaminlar tarkibi va ularning eroziya jarayonlari ta’sirida o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, vitaminlar - tiamin, riboflavin va biotin miqdori …
-
G‘О‘ZA KО‘SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA VA PAXTA HOSILIGA BAYKAL-EM-1 MIKROBIOLOGIK О‘G‘ITI TA’SIRI
Raximova Gulnora
Ushbu maqolada eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida «Baykal-EM-1» mikrobiologik o‘g‘itining g‘o‘za hosildorligi va rivojlanish dinamikasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mineral o‘g‘itlar fonida mikrobiologik preparatni qo‘llash ko‘saklarning ochilishini jadallashtirishi …
-
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING VERTIKAL ZONALLIK SHAROITIDA MIKROELEMENT TARKIBI VA FERMENTATIV FAOLLIGI (TOSHKENT VILOYATI BO‘STONLIQ TUMANI MISOLIDA)
Xalimov Bekzod, Ummatova Yulduz
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida vertikal zonallik sharoitida mikroelementlar tarkibi, gumus miqdori hamda fermentativ faollik kompleks o‘rganildi. Tadqiqot natijalari tuproqning yuqori qatlamlarida mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar faolligi …
-
БИОУГОЛЬ И ГЛУБОКОЕ БЕЗОТВАЛЬНОЕ РЫХЛЕНИЕ КАК ИНСТРУМЕНТЫ ВОССТАНОВЛЕНИЯ ДЕГРАДИРОВАННЫХ ПАХОТНЫХ ПОЧВ И СЕКВЕСТРАЦИИ УГЛЕРОДА
Шварцева Ольга, Финк Арина, Юртаев Андрей
Maqolada G’arbiy Sibirning o’rmon-dasht zonasidagi dehqonchilik tuproqlarining degradatsiyasi va biocho’g’al qo’llash bilan chuqur haydashsiz yumshatish texnologiyasining samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Agro qora tuproqlar va agro kulrang tuproqlar zichlanishi 1,59 g/sm³ …
-
УЗБЕКИСТАН КАК МОДЕЛЬНЫЙ РЕГИОН АРАЛЬСКОГО БАССЕЙНА В УГЛЕРОДНОЙ ПОВЕСТКЕ: ПОЧВЫ, ДЕГРАДАЦИОННЫЕ РИСКИ, MRV И CDR-РЕШЕНИЯ
Юртаев Андрей, Шварцева Ольга, Гафурова Лазиза
Oʻzbekiston Orol havzasining karbon va yer degradatsiyasi kun tartibining asosiy unsurlarini oʻzida mujassamlashtiradi: ikkilamchi shoʿrlanish xavfi yuqori sugʿoriladigan yerlar (60%+), yaylovlar degradatsiyasi, Orolqum tuzchang boʿronlari manbai sifatida, delta va toʿqay …
-
YER RESURSLARINI BOSHQARISHDA “AQLLI QISHLOQ XO‘JALIGI” KONSEPSIYASIGA ASOSLANGAN RAQAMLI YER MONITORINGINI JORIY ETISH (AYDAR-ARNASOY) HUDUDI MISOLIDA
Shovqiyev Ahad
Mazkur tadqiqotda Aydar–Arnasoy hududida landshaft o‘zgarishlari masofadan zondlash ma’lumotlari va GIS texnologiyalari asosida tahlil qilindi. Landsat va Sentinel-2 tasvirlari yordamida NDVI va EVI indekslari hisoblanib, vegetatsiya holati hamda tuproq degradatsiyasi …
-
MAKKAJO'XORI KO'CHATLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN BIO-ZEOL BIOMINERAL O'G'ITIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Djumaniyazova Gulnara, Kurbonov Abdunosir
Maqolada mualliflar tomonidan yaratilgan yangi BIO-ZEOL biomineral o'g'itining makkajo'xori ko'chatlarining o'sishi va rivojlanishining biometrik ko'rsatkichlariga ta'siri bo'yicha tadqiqot ma'lumotlari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, eng yaxshi tajriba varianti tuproqqa BIO-ZEOL biomineral …