Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA MIKROBIOLOGIK FAOLLIGI: QORAKO‘L VOHASI MISOLIDA
Ochilova Muyassar, Umarov Otabek
Mazkur maqolada Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan Qorako‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining morfologik xususiyatlari va ularning mikrobiologik faollik bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar dala kesmalari asosida olib borilib, tuproq gorizontlarining rang …
-
BEDA, BUG‘DOY VA G‘O‘ZA EKILGAN MAYDONLARDAGI TUPROQLARDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUG‘LAR
Mamiyev Muxiddin, Hamroyeva Muxlisa, Mirzayeva Sarvinoz, Zuparov Mirakbar
Maqolada Buxoro viloyatining beda, bug‘doy va g‘o‘za ekin maydonlaridan olingan tuproq namunalarida ilmiy kuzatishlar olib borilgan. Barcha ekin maydonlarida zamburug‘ning Aspergillus, Penicillium va Fusarium turkumlari ustuvorlik qilgan. Tuproq chuqurligi bo‘yicha …
-
TUPROQNING INSON SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI
Bazarova Nigora, Mustafayev Husan
Mazkur maqolada tuproq resurslarining inson hayotidagi muhim ahamiyati haqida yoritilgan. Shaharlarda tuproqlarning ekologik holati va asosiy ifloslantiruvchi omillar hamda aholi o‘rtasida kelib chiqayotgan kasalliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, Qarshi shahri hududidagi …
-
СОСТАВ ПОЧВЕННЫХ ГРИБОВ ВЛИЯЮЩИХ НА РАЗВИТИЕ ГРИБНЫХ БОЛЕЗНЕЙ РАСТЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ
Камилов Шухрат, Нуралиев Хамра
Ushbu maqolada tuproq zamburug‘larining tur tarkibi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ular 2 oila, 49 turkum va 277 turdan iborat bo‘lib, barchasi anamorf gifali zamburug‘larning rasmiy guruhiga kiradi. Aniqlangan zamburug‘lar turlarining asosiy …
-
SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA OG‘IR METALLAR TA’SIRIDAGI AGROEKOLOGIK TRANSFORMATSIYALAR
Mirxaydarova Gulmira, Ro‘zmatova Sevinch, Mirzag‘ofurova Ozodaxon
Ushbu maqolada sanoat zonalarida joylashgan sug‘oriladigan tuproqlarning morfologik va agroekologik xususiyatlari hamda ularning og‘ir metallar bilan ifloslanish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Piskent tumani hududida olib borilib, tuproq kesmalari asosida …
-
QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQLARINING SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINDIRILGAN KATIONLAR TARKIBI
Shadiyeva Nilufar, Toshkanova Xulkar, Abidinova Laylo, Majidova Sarvinoz
Maqolada lalmi tipik bo‘z tuproqlarda an’anaviy ishlov berish va No-Till texnologiyasi sharoitida singdirish sig‘imi va singdirilgan kationlar tarkibiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Singdirish sig‘imi 10,5–12,7 mg/ekv/100 g oralig‘ida bo‘lib, No-Till sharoitida …
-
OROLBO‘YI HUDUDI TUPROQLARINING BIOLOGIK FAOLLIGINI GEOAXBOROT TIZIMLARI ASOSIDA TAVSIFLASH
Saidova Munisa, Gulamova Zilola, Salimova Go‘zal
Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududi tuproqlarining biologik holati geoaxborot tizimlari (GAT) asosida tahlil qilinib, baholangan. Tadqiqot jarayonida hudud tuproqlarining biologik faolligi o‘rganilgan. Shuningdek, cho‘l mintaqasi tuproqlarining degradatsiya darajasiga biologik ko‘rsatkichlarning ta’siri …
-
ИННОВАЦИОННЫЕ ПУТИ СМЯГЧЕНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ И СОЦИАЛЬНО- ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ЮЖНОГО ПРИАРАЛЬЯ
Реймов Полат, Мамутов Низаматдин, Худайбергенов Яхшимурад, Статов Виктор, Султашова Оралхан, Мубареков Азамат
Ushbu maqolada atrof-muhit vajanubiy Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. Eng dolzarb masalalardan biri mintaqadagi asosiy muammo tuproqning progressiv sho‘rlanishi bo‘lib, bu an’anaviy qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini pasaytiradi va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi. …
-
SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA O‘SIMLIKLARNING ABIOTIC STRESSLARGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISHDA PGPR VA ENDOFITLARNING ROLI: SCOPUS ASOSIDAGI BIBLIOMETRIK TAHLIL (2016–2025)
Xaydarova Ozoda, Sodiqova Gulchexra, Xo‘janazarova Mo‘tabar, Sanaqulov Suxrob
Ushbu maqola Scopus bazasidagi 2016–2025 yillarga oid maqolalarga asoslanib, o‘simliklarning sho‘rlik, qurg‘oqchilik va boshqa abiotic stresslarga chidamliligini oshirishda Plant Growth Promoting Rhizobacteria (PGPR), endofit bakteriyalar va rizosfera mikrobiomining rolini chuqurlashtirilgan …
-
URUG‘LIK VA QURITILGAN MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN SURINAM UNXO‘RINING ZARARLILIK DARAJASI
Avazov Sanjar, Obidjanov Dilshod
Ushbu maqolada zahiradagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanayotgan quritilgan mevalar (magiz, turshak, olma qoqilari), g‘alla, donlilar, poliz ekini urug‘larda uchraydigan ombor zararkunandalarining tur-tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar davomida respublika boylab zaxira …
-
ISSIQXONALARDA POMIDORNING KULRANG CHIRISH KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLARNI QO‘LLASHDA KICHIK DALA TAJRIBALARI
Atabaeva Umida
Maqolada issiqxonada pomidorning Kulrang chirish kasalligiga biologik va kimyoviy kurash choralarini kichik dala tajribalariolib borilganda Kimyoviy fungitsidlardan boskalid + piraklostrobin (Bellis 380 g/kg s.d.g.) fungitsidi bilan 1,2 kg/ga sarf– me’yorda …
-
SHOLI O‘SIMLIGINI O‘SIB RIVOJLANISHIGA ZIYON KELTIRAYOTGAN GELMINTOSPORIOZ (HELMINTHOSPORIUM SPP) KASALLIGINI ANIQLASH CHORALARI
Abdullaev Mirtemir
Maqolada sholi o’simligida kam uchraydigan lekin saqlash omborlarida don sifatiga va unuvchanligiga kuchli ziyon keltiradigan kasallik turlaridan biri (Helminthosporium spp) haqida yoritilgan, ularni qo‘zg‘atuvchi patogenlari, konidiyalarining tarqalish maydoni, kasallik qo’zg’atuvchi …
-
TOK EKSPLANTLARINI KULTURAGA KIRITISHDA STERILLASH JARAYONLARINING TA’SIRI
Sheripbaev Ne’matulla
Ushbu ilmiy maqolada tok (uzum) o‘simligi eksplantlarini in vitro sharoitida kulturaga kiritishda sterillovchi natriy gipoxlorit (NaOCl) va uning ta’sir davomiyligi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - o‘simlik to‘qimalarining yashovchanligini saqlab …
-
KUZGI BUG‘DOYDA BARGDAN OZIQLANTIRISHDA O‘SIMLIKLARNI RIVOJLANISH DAVRLARIGA UMUMIY NPK MIQDORLARINING O‘ZGARISHI
Djabborov Shavkat, Musurmonova Mukambar
Kuzgi bug‘doyni oziqa moddalarini maqbul o‘zlashtirish va o‘simliklarni rivojlanishiga sarflashi bo‘yicha maqbul ko‘rsatkichlar ildiz orqali N180, P2O5-125, K2O-90 kg/ga va barg orqali karbamid asosidagi suspenziyalar 8,0 kg/ga naychalashda va 12,0 …
-
TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA AFRIKA TARIG‘INING O‘SISHI VA HOSILDORLIGIGA TUPROQDAGI HARAKATCHAN FOSFOR MIQDORINING O‘ZGARISH DINAMIKASI SEZILARLI TA’SIR KO‘RSATADI
Kasimov Botir, Odilova Nilufar
Bugungi kunda jahon miqyosida yetishtirilayotgan donli qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda chorvachilik uchun yashil massa beradigan mahsulotlar bilan bog‘liq bozor muammolarini bartaraf etish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Olib borilgan tajribalarda …
-
BAHORGI BUG‘DOY URUG‘INING UNUVCHANLIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA ANIQLASH
Musayev Mansur, Ravshanov Mirjalol
Ushbu maqolada bahorgi bugʻdoyning Bunyodkor va Kesh-2016 navlari urugʻlarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalari to‘liq yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi urugʻlarning sifat darasini baholash va ularning ekishga yaroqliligini …
-
MAKKAJO‘XORI (ZEA MAYS L.) YETISHTIRISHDA YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TEXNIKASI ELEMENTLARINI HISOBLASH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Xidirov Bobur, To‘rayeva Elmira
Mazkur maqolada tipik bo‘z tuproqlar sharoitida makkajo‘xori (Zea mays L.) yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida yomg‘irlatib sug‘orish texnikasi elementlarini ilmiy asosda hisoblash, sug‘orish parametrlarini aniqlash hamda ularning …
-
SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI VA XOSSALARI (MINGBULOQ TUMANINING GULISTON HUDUDI MISOLIDA)
Abdullayev Abdumajit, Shamsiddinov To’lqin, Xoldorov Shovkat
Mazkur maqolada Namangan viloyati Mingbuloq tumani Guliston massivi hududidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlarining mexanik tarkibi va ularning agroekologik ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi tuproq granulometrik tarkibini aniqlash, ularni tasniflash …
-
EKSTREMAL IQLIM SHAROITIDAGI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALYUVIAL TUPROQLARNING MEXANIK TARKIBI VA SHO‘RLANISH DARAJASI
Do‘saliyev Alijon, Ismonov Abduvahob, Mamajanova O‘ktamxon, Kattayeva Gulnoza
Maqolada sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi va sho‘rlanish tipi va darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi asosan yengil va o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori …
-
LALMIKOR MAYDONLARDA ALMASHLAB EKISH TIZIMINING TO‘Q TUSLI BO‘Z TUPROQLAR KIMYAVIY XOSSALARIGA TA`SIRI
Kurvantayev Raxmon, Geldiyev O, Solieva N
Jizzaz viloyati Baxmal tumani “Muzbuloq” massivi hududida tarqalgan tо‘q tusli bо‘z tuproqlarni tashkil qilib, iqlim о‘zgarishlari va insonlar omili ta’sirida tuproqlarning kimyoviy xossalari о‘zgargan. Bu tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar …