AGRO KIMYO HIMOYA

SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARDA OG‘IR METALLAR TA’SIRIDAGI AGROEKOLOGIK TRANSFORMATSIYALAR

Mirxaydarova Gulmira
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0005-0330-2172
Ro‘zmatova Sevinch
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0008-3217-8985
Mirzag‘ofurova Ozodaxon
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0004-1822-7913

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada sanoat zonalarida joylashgan sug‘oriladigan tuproqlarning morfologik va agroekologik xususiyatlari hamda ularning og‘ir metallar bilan ifloslanish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Piskent tumani hududida olib borilib, tuproq kesmalari asosida morfologik va kimyoviy tahlillar amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, og‘ir metallar tuproqda biologik parchalanmaydi va vaqt o‘tishi bilan to‘planib boradi. Bu esa tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa Cd, Pb, Zn va As elementlarining yuqori konsentratsiyasi aniqlanib, ularning texnogen kelib chiqishi tasdiqlandi. Tuproq profilida zichlanish, karbonatlarning migratsiyasi hamda biologik faollikning pasayishi kuzatildi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №3 [118], 2026 Chop etilgan: 23.04.2026